O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Yuqumli kasallik manbaiga nisbatan choralar


Download 1.27 Mb.
bet71/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Yuqumli kasallik manbaiga nisbatan choralar:
- Bemorlarni, tashuvchilarni aniqlash maqsadida profilaktik tekshiruvdan quyidagi shaxslar o’tkaziladi: oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi, saqlovchi, transportirovka qiluvchi, oziq-ovqat tayyorlash korxonalarga birinchi marta ishga qabul qilinayotganlar, sog’lomlashtirish, davolash va bolalar muassasalariga aholining dam olishi bilan bog’liq bo’lgan ishlarga kiruvchilar, bolalar tarbiyalovchilarini tayyorlovchi o’quv muassasalariga kiruvchilar.
- Bemor va bakteriya tashuvchilarni erta aniqlash uchun diagnozi aniqlanmagan holda 3 kundan ortiq isitmalab yotgan shaxslar gemokulturaga tekshiriladi. Bunda birinchi haftada 5,0 ml qon olinib 50,0 ml safroli bulyonga, ikkinchi haftada 10,0 ml qon 100,0 ml bulyonga, 3-haftada 15,0 ml qon 150,0 ml bulyonga ekiladi. Bakteriologik tekshiruv DSENM laboratoriyalarida o’tkaziladi.
- Bakteriya tashuvchilarni aniqlash uchun axlat, siydik, safro tekshiriladi.
Immunologik usul - bu qon zardobida passiv gemagglyutinatsiya reaksiyasi yordamida (RPGA) sisteinga chidamli antitelolarni aniqlash (qon barmoq yoki venadan olinadi).
- oziq-ovqat korxonalariga yoki ularga tenglashtirilgan muassasalarga ishga kiruvchilar orasida bakteriya tashuvchilarni aniqlash.
Yuqorida ko’rsatilgan muassasalarga ishga kiruvchilarga tekshiruv o’tkazish serologik usul (sisteinli passiv gemagglyutinatsiya (RPGA)) va bir paytning o’zida najas, siydik va safro suyuqligini bir marotabalik bakteriologik tekshirish o’tkazish bilan boshlanadi. Tekshirish natijalari manfiy chiqqan shaxslar ishga qo’yiladi. Natija musbat bo’lganlar ishga qo’yilmaydi, tashuvchilik turini aniqlash uchun qo’shimcha tekshirish o’tkaziladi.
Qorin tifi va paratiflar bilan og’rib o’tganlar bakteriologik yoki serologik tekshirishlardan so’ng yana musbat natija bersalar (3 oylik nazoratdan keyin ham), surunkali tashuvchilar deb baholanadilar va ro’yxatga olinadilar, ishga esa qo’yilmaydilar.
Tekshirish haqidagi barcha ma’lumotlar shaxsiy tibbiyot daftarchasiga va ambulatoriya kartasiga yozib qo’yiladi. Bemor aniqlanganda 058/u shakldagi shoshilinch xabarnoma to’ldiriladi va DSENMga jo’natiladi. Kasallik o’chog’i epidemiologik tekshiriladi. 100% hamma bemorlar gospitalizatsiya qilinishlari shart.
Shoshilinch xabarnoma (058/u) olingach DSENMda infeksion kasalliklarni ro’yxatga olish 060 shakldagi daftarga ma’lumotlar qayd etiladi. Shifoxonalarda ham xuddi shu shakldagi 060-shaklga qayd etish daftari mavjud.
O’choqda bemor bilan muloqotda bo’lgan barcha kishilar najasini bir marta bakteriologik, qon zardobini esa RPGAda tekshiriladi. Manfiy natija chiqsa, tekshirish to’xtatiladi. Bakteriologik tekshirishda musbat natija chiqqanda tashuvchilik xarakterini aniqlash uchun bakteriya tashuvchilar gospitalizatsiya qilinadilar (5 marta najas va siydik, safro 1 marta, cisteinli passiv gemagglyutinatsiya reaksiyasi). Barcha aniqlangan tashuvchilar (qorin tifi va paratif tashuvchilari) kasbidan qatiy nazar DSENMda doimiy ro’yxatga olinadilar (364/x. sh.).
Tashuvchilar yuqorida ko’rsatib o’tilganidek shartli ravishda 3 ta tabaqaga bo’linadilar:

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling