O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Xo’jayin organizmining epidemik jarayondagi xususiyatlari


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/27
Sana29.05.2020
Hajmi1.67 Mb.
#111467
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.


Xo’jayin organizmining epidemik jarayondagi xususiyatlari 
Kasallanishga  moyillik  xo’jayin  organizmning  parazitlar  uchun  yashash 
muhiti  bo’la  olish  va  ularning  parazitlik  qilib  yashashiga  javoban  patologik  va 
immunologik  reaksiyalar  bilan  javob  qila  olish  xususiyatidir.  Ma’lum  turdagi 
kasallik  qo’zg’atuvchilariga  nisbatan  aholi  orasidagi  moyillik  har  xildir.  Bundan 
tashqari  kasallikning  kechishi  va  og’ir-engilligi  ham  turlicha  bo’ladi  (engil, 
o’rtacha, og’ir). Kasallik qo’zg’atuvchisini tashuvchilik ham, kasallikning yashirin 
davri  ham  turlicha  bo’ladi.  Odamlar  populyatsiyasi  kasallikka  moyilliklari 
bo’yicha  geterogendirlar  (turlichadir).  Ular  kasallikka  nisbatan  chidamliligi 
jihatdan  genotipik  xarakterga  ega  bo’ladi.  Bir  turdagi  kasallikka  juda  moyil 
bo’lgan odam boshqa turdagi kasallikni yuqtirmasligi mumkin. 
Har bir ma’lum turdagi kasallik qo’zg’atuvchilari organizmning ma’lum a’zo 
va to’qimalarida yashashlaridan tashqari bir populyatsiyadagi odamlardan ma’lum 
kishilargagina  yuqadi.  Bu  xususiyat  odamlarda  interferon  hosil  bo’lishiga,  qon 
zardobi  tarkibidagi  immunoglobulinlarga,  qon  guruhiga  va  boshqa  omillarga 
bog’liqdir. 
Immunitet  -  organizmning  hayoti  davomida  hosil  qiladigan  kasallik 
yuqtirmaslik  xususiyatidir.  Bu  xususiyat  irsiyat  qonunlari  bilan  bog’liq  bo’ladi. 
Ba’zi organizmlarda immunitet kuchli va uzoq davom etadigan bo’lsa, ba’zilarida 
kuchsiz va qisqa muddatli bo’ladi. Xo’jayin organizmi populyatsiyasining moyillik 
darajasi  bo’yicha  genotipik  va  fenotipik  geterogenligi,  shu  populyatsiyalarda 
parazitlik  qiluvchi  kasallik  qo’zg’atuvchilarning  turli  sharoitlarda  yashashiga  va 
turli xususiyatlar kasb etishiga olib keladi. Ishlab chiqarish usuliga bog’liq bo’lgan 
ijtimoiy  munosabatlar  yig’indisi  va  bundan  kelib  chiqadigan  ma’lum  ijtimoiy 
elementlar  epidemik  jarayon  rivojlanishida  ishtirok  etuvchi  va  sharoitga  qarab  bu 
jarayonni tezlashtirishga yoki pasaytirishga ta’sir qiluvchi omil ijtimoiy omil deb 
ataladi. 
Ijtimoiy omilning epidemik jarayonga ta’siri to’g’risidagi ta’limotga birinchi 
bo’lib L. V. Gromashevskiy asos soldi. 
Bu  ta’limotga  asosan,  epidemik  jarayonning  rivojlanishdagi  sifat  va  miqdor 

 
14 
o’zgarishlari  bu  jarayonni  harakatga  keltiruvchi  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  tabiiy 
omillarning  ko’p  yoki  kamligiga  bog’liq  bo’ladi.  Ya’ni  epidemiya  xususiyatlari 
bo’yicha  o’zgarmas  bo’lgan  kasallik  qo’zgatuvchilarining  zararlangan 
organizmdan zararlanmagan organizmga o’tishini kuchaytiruvchi ijtimoiy va tabiiy 
omillar ta’siri ostida rivojlanadi. 
Ijtimoiy  va  tabiiy  omillar  epidemik  jarayonga  faqatgina  tezlashtiruvchi  yoki 
susaytiruvchi  ta’sir  qilib  qolmay,  balki  bu  jarayonning  ichidan  o’z-o’zini 
boshqarishini ham ta’minlaydi. 
Tabiiy omil - tashqi muhitdagi abiotik va biotik elementlarning uzluksiz yoki 
biron-bir  ijtimoiy  muhit  orqali  epidemik  jarayonga  tezlashtiruvchi  yoki 
susaytiruvchi sifatidagi ta’siridir. 
Shunday  qilib,  biologik,  ijtimoiy  va  tabiiy  omillar  epidemik  jarayonni 
harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi. 
Epidemik  jarayon to’g’risidagi ta’limotning ikkinchi qismi  uning  rivojlanish 
mexanizmidir. Ya’ni epidemik jarayon qanday rivojlanadi? 
 
Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmi 
Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmi, ya’ni o’zgaruvchan ijtimoiy va 
tabiiy muhitda xo’jayin va parazitlar populyatsiyasi munosabatlarining rivojlanishi 
uchta  nazariya  asosida:  yuqish  mexanizmi,  kasallikning  tabiiy  o’choklilik  va 
epidemik  jarayonning  o’z-o’zini  boshqarishi  to’g’risidagi  nazariyalar  asosida 
o’rganiladi. 
Infeksiyaning  yuqish  mexanizmi  -  bu  kasallik  qo’zg’atuvchilarning 
evolyutsiya  jarayonida  yuzaga  kelgan  bir  organizmdan  ikkinchi  organizmga  o’ta 
olishi  va  shu  bilan  qo’zg’atuvchining  tur  sifatida  saqlanib  qolishini  ta’minlovchi 
xususiyatlaridir. 
Shuning uchun  zoonoz  kasalliklarda  "kasallikning  yuqish  mexanizmi"  degan 
tushunchani  kasallik  chaqiruvchilarning  hayvonlar  orasida  aylanib  yurish 
jarayonigagina 
qo’llash 
to’g’ri 
bo’ladi. 
Bunday 
hollarda 
kasallik 
qo’zg’atuvchilarning  aylanib  yurish  jarayoniga  odamlar  ham  kirib  qolganda 
kasallikning yuqish mexanizmi to’g’risida gapiriladi. 
Yuqish mexanizmining 3 davri tafovut qilinadi: 
a) Qo’zg’atuvchining zararlangan organizmdan ajralib chiqishi. 
b) Qo’zg’atuvchining tashqi muhitda bo’lish davri. 
v) Qo’zg’atuvchining sog’lom organizmga kirish davri. 
Bu  davrlarning  birinchi  va  ikkinchisida  yuqtirish  omillari  kasallikning  bir 
organizmdan  ikkinchisiga  o’tishida  ishtirok  etadigan  tashqi  muhit  elementlari 
hisoblanadi.  Evolyutsiya  jarayonida  ba’zi  kasallik  qo’zg’atuvchilari  ma’lum 
o’tkazish  omillariga  moslashishgan.  Bu  omillar  ular  uchun  maxsus  muhit 
hisoblanadi.  Yuqish  mexanizmining  birinchi  davrida  kasallik  qo’zg’atuvchilari 
tushib  qolgan  tashqi  muhit  elementlari  birlamchi  omil  hisoblanadi.  Kasallik 
qo’zg’atuvchilarini  navbatdagi  organizmga  o’tkazuvchi  omil  yakunlovchi  omil 
hisoblanadi.  Agar  yuqish  mexanizmida  ishtirok  etuvchi  birlamchi  omil 
qo’zg’atuvchini oxirigacha etkaza olmasa, u holda birlamchi va yakunlovchi omil 

 
15 
o’rtasida oraliq omil ham ishtirok etadi. 
Epidemik  jarayonning  ma’lum  hollarida  kasallik  qo’zg’atuvchilarining  bir 
organizmdan ikkinchi organizmga o’tishini ta’minlovchi tashqi muhit elementlari 
yoki  ularning  yig’indisi  yuqish  yo’lini  belgilaydi.  Yuqish  mexanizmi  va  kasallik 
qo’zg’atuvchilarining  odam  organizmida  asosiy  joylanishi  bir-biri  bilan  uzviy 
bog’liqdir. 
L.V.Gromashevskiy 
barcha 
yuqumli 
kasalliklarni 
kasallik 
qo’zg’atuvchilarining  odam  organizmida  joylashgan  asosiy  o’rniga  va  yuqish 
mexanizmiga  binoan  4  guruhga  bo’lgan.  Yuqori  nafas  yo’llari  shilliq  qavatida 
joylashgan  kasallik  qo’zg’atuvchilarining  yuqish  mexanizmini  "havo-tomchi" 
orqali  yuqish  mexanizmi  deb  ataladi.  Haqiqatda  esa  odam  organizmining  turli 
organlarida  joylashgan  kasallik  qo’zg’atuvchilari  aerozolning  uchala  fazalari: 
tomchi, yadrocha va chang orqali ham o’tishi mumkin. 
Kasallik  qo’zg’atuvchilari  yuqish  mexanizmining  birinchi  bosqichida 
gaplashish, nafas chiqarish, yo’talish va aksirish jarayonida tashqi muhitga havoga 
ajralib chiqadi. 
Yuqish  mexanizmining  ikkinchi  bosqichi  aerozolning  tomchi,  tomchi-
yadrocha  va  chang  fazalari  orqali  amalga  oshadi.  Kasallik  qo’zg’atuvchilarining 
yangi sog’lom organizmga o’tishi nafas olish jarayonida yuz beradi. 
Yuqish  mexanizmining  fekal-oral  turida  kasallik  qo’zg’atuvchilarning  tashqi 
muhitga ajralib chiqishi (1-bosqich) defekatsiya akti bilan bog’liq bo’ladi. Kasallik 
qo’zg’atuvchilarining  yangi  sog’lom  organizmga  tushishi  (3-bosqich)  infeksiya 
bilan zararlangan ovqat yoki suvni is’temol qilganda ro’y beradi. Birlamchi omillar 
bemorning yoki bakteriya tashuvchisining ifloslangan qo’li, uy-ro’zg’or buyumlari 
bo’lishi mumkin. 
Asosiy yakunlovchi omillar bo’lib suv, oziq-ovqat mahsulotlari, yosh bolalar 
qo’li  va  uy-ro’zg’or  buyumlari  hisoblanadi.  Oraliq  omillar  bo’lib  pashshalar, 
ifloslangan qo’l, tuproq hisoblanadi. Yuqish mexanizmining bu turida yuqish suv 
orqali, oziq-ovqat mahsulotlari orqali amalga oshadi. 
Kasallik  qo’zg’atuvchilarining  qonda  joylashishini  yuqish  mexanizmining 
transmissiv  turi  belgilaydi.  Bu  yerda  birinchi  bosqich  qon  so’ruvchi 
hashoratlarning  odamni  chaqishida,  bemor  qonini  so’rishida  amalga  oshadi.  Bu 
hashoratlar  organizmida  kasallik  ko’zg’atuvchilarining  maxsus  ko’payish, 
rivojlanish jarayoni o’tadi (2-bosqich). 
Kasallik  qo’zg’atuvchilarining  teri  va  tashqi  shilliq  qavatida  joylashishida 
ba’zan  qo’zgatuvchilar  bemor  kishidan  sog’lom  kishiga  to’g’ridan-to’g’ri  yuqadi 
(tanosil  kasalliklar).  Bunday  holda  yuqish  mexanizmi  (kontakt)  bevosita  muloqot 
orqali yuqish deb ataladi. Hozirgi vaqtda vertikal yuqish mexanizmi mavjud bo’lib, 
bunda  kasallik  qo’zg’atuvchilari  onadan  tug’ilayotgan  bolaga  yo’ldosh  orqali 
yuqadi. 
Zoonoz  yuqumli  kasalliklarda  epidemik  jarayonning  qanday  rivojlanishini 
o’rganish uchun kasalliklarning  tabiiy  o’choqlilik to’g’risidagi  nazariyasini bilish 
kerak  bo’ladi.  E.  N.  Pavlovskiyning  ushbu  nazariyasi  hayvonlar  orasida  aylanib 
yurgan  kasallik  qo’zg’atuvchilari  odamlar  organizmiga  o’tib  qolganda  epidemik 

 
16 
jarayon qanday rivojlanishini ochib beradi. 
Kasallikning tabiiy o’chog’i  - areali kasallik qo’zg’atuvchilar uchun haqiqiy 
xo’jayin organizm hisoblangan hayvonlar arealiga to’g’ri keladi. 
Kasallikning  tabiiy  o’chog’i  deb  yirtqich  hayvonlar,  kemiruvchilar  orasida 
kasallik ko’zg’atuvchilari yashashi uchun ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo’lgan 
er kurrasining ayrim hududlariga aytiladi. 
Kasallikning  tabiiy  o’chog’i  bilan  bir  qatorda  sinantrop  va  antropurgik 
o’choqlar ham mavjud. Sinantrop kasallik o’chog’i deb - kasallik qo’zg’atuvchilari 
sinantrop  (xonaki)  hayvonlar  orasida  aylanib  yuradigan  hududga,  antropurgik 
o’choq deb esa odamlarda uchraydigan kasallik o’choqlariga aytiladi. Sinantrop va 
antropurgik o’choqlar orasida aniq bir chegara yo’q. 
Epidemik 
jarayoninig 
rivojlanishini  to’liq  tushunish  uchun  L.V. 
Gromashevskiyning yuqish mexanizmi va E. N. Pavlovskiyning tabiiy o’choklilik 
to’g’risidagi ta’limotlari bilan bir qatorda, 1975 yilda V. D. Belyakov tomonidan 
yaratilgan epidemik jarayonning o’z-o’zini boshqarishi to’g’risidagi ta’limoti ham 
muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Yuqumli  kasalliklar  bilan  og’rigan  bemorlarni 
mikrobiologik 
tekshirish 
natijasida 
aniqlangan 
mikroorganizmlar 
populyatsiyasining bir xilga o’xshab ko’rinishi, tekshirilayotgan mikroorganizmlar 
sonining  ko’pligidan  ularning  tekshirilayotgan  belgilarining  geterogenligini 
(xilma-xil ekanligini) aniqladi. 
Kasallik  qo’zg’atuvchilar  populyatsiyasi  tarkibining  tahlil  qilinayotgan 
belgilar  bo’yicha  doimiy  o’zgarish  mavjudligi  epidemik  jarayon  rivojlanishining 
ichki populyatsiyalari yuzaga chiqishidir. 
Kasallik  qo’zg’atuvchilarining  antigenlik  variantlarining  o’zgarishi  aholi 
immunologik qatlamining o’zgarishi bilan tushuntiriladi. Antibiotiklarga chidamli 
shtammlar  antibiotiklarni  qo’llash  natijasida  to’planib  boradi.  Xo’jayin 
populyatsiyasining  parazitlarga  moyillik  darajasi  genotip  bilan  bog’liq  holda 
geterogen  bo’ladi.  Shuning  uchun  bir  xil  sharoitda  ba’zi  bir  kishilar  kasallanib, 
boshqalari  esa  kasallanmasliklari  mumkin,  kasallik  esa  har  xil  kishilarda  klinik 
ko’rinishlari bilan turlicha kechadi. 
Xo’jayin  populyatsiyasi  immunitet  hosil  qilish  va  saqlash  xususiyatlari 
bo’yicha  ham  har  xildir.  Kasallikka  moyillik  belgisi  bo’yicha  jamoadagi 
odamlarning o’zgarishi, Shu jamoadagi odamlarning yoshiga, moyillikning vaqtga 
qarab  o’zgarishiga,  migratsiyaga  va  organizmning  chidamliligini  (qarshiligini) 
pasaytiruvchi boshqa muhit ta’sirlariga bog’liq. 
Kasallik qo’zg’atuvchilarining o’z-o’zini boshqarish jarayonidagi rezervatsiya 
va  epidemik  tarqalish  fazalarining  almashib  turishi,  epidemik  jarayonning 
borishida  tuzilishi,  har  xil  va  o’zgaruvchan  bo’lgan  parazitlar  va  xo’jayin 
populyatsiyalarining o’zaro munosabatlari bilan tushuntiriladi. 
Kasallik  qo’zg’atuvchilarining  rezervatsiya  fazasida  bo’lishi  o’ziga  xos 
immunologik  gomeostazi  bo’lgan  odamlar  orasida  tashuvchilikning  har  xil 
ko’rinishi hisobiga hamda kasallikning subklinik, belgisiz turlari hisobiga bo’ladi. 
Epidemik  shtammning  yuzaga  kelishi  va  rezervatsiya  fazasidan  epidemik 
tarqalish  fazasiga  o’tishi  odamlar  moyilligining  ma’lum  chegarasidan  o’tgandan 

 
17 
so’ng boshlanadi. 
Epidemik  fazasi  parazit  va  xo’jayin  organizmining  o’zaro  munosabatlarida 
qo’zg’atuvchilar  virulentligining  oshishi  hisobiga  kasallikning  manifest 
ko’rinishlari yuqori darajada bo’lishi bilan tushuntiriladi. 
Bunday  holat  kasallikning  tarqalish  imkonini  beradi  (yangi  joylarni 
"egallash").  Boshlang’ich  va  potensial  geterogenliklari  esa  ularga  yashash 
sharoitining  o’zgarish  jarayonida  o’z  faoliyatini  yana  qayta  o’zgartirish  imkonini 
beradi. 
Epidemik  jarayonning  o’z-o’zini  boshqarishi,  har  qanday  tirik  jonzot 
faoliyatining  ichki  mexanizmi  hisobiga  o’zaro  ta’sir  qiluvchi  elementlarni  ular 
yashab  turgan  sharoitning  o’zgarishiga  qarab  moslashishi  hisobiga  amalga 
oshiradi. 
Epidemik  jarayon  rivojlanishining  hududlar  bo’yicha,  aholining  turli 
guruhlari  orasida  va  vaqt  mobaynida  turli  xil  taqsimlanishi  bilan  ifodalanuvchi 
miqdor va sifat o’zgarishlari  o’zgarib turuvchi  ijtimoiy, tabiiy  sharoitlar, biologik 
omillar ichki mexanizmi ta’siri natijasidir. 
Har  xil  yuqumli  kasalliklarda  epidemik  jarayon  rivojlanishi  uchun  zarur 
bo’lgan ijtimoiy va tabiiy muhit elementlari o’zgaruvchan va nisbatan turlichadir. 
Bu kasallik qo’zg’atuvchining organizm bilan o’zaro ta’siri ma’lum ko’rinishlarda 
bo’lishiga, har qaysi kasallik qo’zg’atuvchilar genofondiga va ekologik saqlanish 
joyiga bog’liq bo’ladi. Kasallikning alohida nozologik turida epidemik jarayonning 
o’z-o’zini boshqarishi va uning rivojlanishi uchun zarur bo’lgan ijtimoiy va tabiiy 
sharoitlar ko’lami kasallik profilaktikasidagi yo’nalishni belgilaydi. Oxiri borib bu 
yo’nalish  zanjirning  eng  "kuchsiz  halqasini"  topish  va  bilimlarni  hozirgi  zamon 
darajasida  ishlab  chiqilgan  chora-tadbirlarni  qo’llashga  olib  keladi.  Epidemik 
jarayon  to’g’risidagi  ta’limotning  2  ta  o’zaro  bog’liq  bo’lgan  qismini:  bu 
jarayonning omillari va rivojlanish mexanizmini, ya’ni yuzaga kelish va rivojlanish 
sababi va sharoitlarini ko’rib chiqdik. Epidemik jarayonning 3 qismi uning qanday 
namoyon bo’lishidir. 
 
                     Epidemik jarayonning namoyon bo’lishi 
 
Epidemik  jarayon  yuqumli  kasalliklar  bilan  kasallanish  ko’rinishlarida 
namoyon bo’ladi. Kasallanish turli darajada va hududlar bo’yicha, aholining turli 
guruhlari va vaqt mobaynida taqsimlanishining o’ziga xosligi bilan ifodalanadi. 
Yuqumli  kasalliklar  bilan  kasallanish  darajasini  baholashda  epidemik  va 
ekzotik  kasallanish  degan  tushunchalar  ham  qo’llaniladi.  Yuqumli  kasalliklarning 
vaqt  bo’yicha  taqsimlanishida  ko’p  yillik  va  yil  mobaynida  o’zgarishlari  hisobga 
olinadi. 
Kasallanishning  bir  qator  yillar  davomida  raqamlar  bilan  ifodalanishi  ko’p 
yillik  o’zgarish  deb  ataladi.  Kasallanish  darajasining  ko’p  yillik  o’zgarishi  uchta 
guruh sabablar ta’siri ostida bo’ladi. Birinchi guruhga epidemik jarayonga doimiy 
ta’sir  o’tkazuvchi  sabablar  kiritilgan  bo’lib,  bu  ta’sir  natijasida  ko’p  yillik 
epidemik tendensiya shakllanadi. Bu tendensiya o’sish, pasayish va bir xilda turish 

 
18 
tarzida namoyon bo’ladi. 
Ikkinchi guruhga davriy ravishda ta’sir o’tkazuvchi va epidemik jarayonning 
doimiy ravishda takrorlanib turuvchi tebranishini ta’minlovchi sabablar kiradi. 
Uchinchi  guruh  sabablar  epidemik  jarayonning  tasodifan  o’zgarishini 
ta’minlovchi  tasodifiy  sabablardir.  Yuqumli  kasalliklarning  bir  yil  mobaynida 
ifodalanishi  kasallikning  yil  mobaynida  o’zgarishi  deyiladi.  Kasallikning  yil 
mobaynida ko’p yillik o’zgarishi kabi tebranib turishi doimiy faol ta’sir qiluvchi: 
davriy faollashib turishi, epizotik ta’sir qiluvchi sabablar tufayli sodir bo’ladi. Yil 
mobaynida  doimiy  ta’sir  qiluvchi  sabablar  yil  mobaynidagi  kasallikni  keltirib 
chiqaradi.  Yilning  aynan  bir  faslida  davriy  ravishda  ta’sir  qiluvchi  sabablar 
mavsumiy  kasallanishni  keltirib  chiqaradi.  Tasodifan  ta’sir  qiluvchi  sabablar 
kasallikning birdan ko’payib ketishiga sabab bo’ladi. Kasallik aynan bir hududda, 
aholining  turli  guruhlari  orasida  bir  xil  tarqalmaydi.  Har  xil  yoshdagi  va  har  xil 
kasbdagi kishilar orasida kasallanish ko’rsatkichlari har xil bo’ladi. 
Bu  aholining  turli  guruhlari  orasida  kasallanish  xavfining  turli  darajada 
bo’lishi, ya’ni kasallikka moyillikning turli darajada bo’lishi bilan ifodalanadi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
19 
MAVZU 2. EPIDEMIOLOGIYA FANINING TEKSHIRUV USULLARI
EPIDEMIOLOGIK USUL HAQIDA TUSHUNCHA VA BU USULNING 
MOHIYATI, EPIDEMIOLOGIK DIAGNOZ HAQIDA UMUMIY 
TUSHUNCHALAR 
 
1.  Mashg’ulotning  mohiyati.  Aholi  orasida  tarqaladigan  yuqumli 
kasalliklarning oldini olish uchun, epidemiyaga qarshi kurashish choralarini tashkil 
etishda asosiy qonun-qoidalaridan biri, profilaktik va epidemiyaga qarshi kurashish 
chora-tadbirlarning  boshlang’ich,  ya’ni  asosiy  yo’nalishini  aniqlashdir,  yuqumli 
kasalliklarga  qarshi  kurashish  chora-tadbirlarini  rejalashtirish  va  epidemiyaga 
qarshi  kurashni  tashkil  etishning  asosiy  va  boshlang’ich  yo’nalishini  aniqlash 
epidemiologik  tekshiruv  usullarini  qo’llash  tufayli  amalga  oshiriladi. 
Epidemiologiya  sohasida  ishlaydigan  bo’lajak  mutaxassislar,  epidemiologiya 
fanining tekshiruv usullarini, bu usullarning mohiyatini yaxshi bilishlari kerak. 
Yuqumli  kasalliklarga  qarshi  kurashish  chora-tadbirlarining  maqsadga 
muvofiq  bo’ladigan  rejalarini  ishlab  chiqishda  epidemiologik  diagnoz 
xulosalaridan foydalanish ham katta ahamiyat kasb etadi. 
2.  Maqsad:  Talabalarni  kasalliklarning  epidemiologiyasini  o’rganishda 
qo’llaniladigan  epidemiologik  tekshiruv  usullari  bilan  tanishtirish.  Talabalarni 
epidemiologik hodisalar o’rtasidagi sababiy bog’lanishlarni aniqlash usullari bilan 
tanishtirish,  ularga  epidemiologik  tekshiruv  usullarining  mohiyatini  tushuntirish, 
jumladan  tasviriy  baholash  usuli,  analitik  (tahliliy)  epidemiologiya  usuli, 
eksperimental 
(ilmiy 
tajribaga 
asoslangan) 
epidemiologiya 
usullari 
va 
epidemiologik  prognoz  (kasalliklarning  tarqalish  darajasini  oldindan  aniqlab 
berish) usullari bilan tanishtirish. 
O’quvchilarni  kasallik  o’chog’ida  olib  boriladigan  epidemiologik 
tekshiruvning o’ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish, ularga kasallik o’chog’ida 
epidemiologik tekshiruv olib borish usulini o’rgatish. 
O’quvchilarga  yuqumli  kasalliklarning  epidemiologik  diagnozi,  shu 
diagnozning  mohiyati,  asosiy  bo’limlari  va  bosqichlari,  epidemiologik  diagnoz 
uchun  qo’llaniladigan  hujjatlar  to’g’risida  tuShuncha  berish.  Epidemiologik  va 
klinik diagnozlarning o’xshashligi va ular o’rtasidagi tafovutlarni o’rgatish. 
Nihoyat  o’quvchilarga,  retrospektiv  (o’tmishga  asoslanib  qilinadigan)  va 
operativ  (tezkorlik  bilan  qilinadigan)  tahlil  to’g’risida  umumiy  tushuncha 
berishdir. 
3.  Mashg’ulotni  o’tkazish  uchun  dasturga  binoan  5  soat  vaqt  ajratilgan, 
Shundan 3 soati amaliy mashg’ulotga, 2 soati mustaqil ishga mo’ljallangan. 
4. Mashg’ulotni o’tkazish tartibi. 
4.1.  Kirish  so’zi,  mashg’ulotni  mavzusini,  mohiyatini,  maqsadini  va  uning 
mazmunini talabalarga tuShuntirish. 
4.2. Talabalardagi ushbu mavzu to’g’risidagi boshlang’ich bilim saviyalarini 
aniqlab olish. 
4.3.  Epidemiologik  usul,  bu  usulning  mazmuni,  mohiyati  va  qo’llanilishi 
haqidagi savollarni muhokama qilish. 

 
20 
4.4. Yuqumli kasalliklar o’choqlarida o’tkaziladigan epidemiologik tekshirish 
usullarini muhokama qilish. 
4.5.  Epidemiologik  diagnoz,  epidemiologik  diagnoz  qo’yish  usullari,  bu 
diagnozning  turlari,  o’tkazilish  bosqichlari  va  epidemiologik  diagnoz  uchun 
qo’llaniladigan hujjatlarni muhokama qilish. 
4.6.  Talabalarning  muhokama  qilingan  materiallarni  o’zlashtirganliklarini 
tekshirish. 
4.7.  O’tilgan  mashg’ulotga  yakun  yasash  va  keyingi  mashg’ulot  uchun 
topshiriq berish. 
5. Mashg’ulotni o’zlashtirganligini aniqlash maqsadida beriladigan savollar. 
5.1. Epidemiologik tekshirish usullari haqida tushuncha. 
5.2.  Epidemiologik  hodisalarning  kelib  chiqishidagi  sababiy  bog’lanishlarni, 
shu  sabablar  tufayli  kelib  chiqadigan  oqibatlarni  aniqlash  uchun  ishlatiladigan 
usullar. 
5.3.  Diskriptiv  (tasviriy-baholash),  analitik  va  eksperimental  (ilmiy  tajribaga 
asoslangan) epidemiologiyada hamda kasallik tarqalish jarayonini oldindan aniqlab 
berish (prognoz qilish) uchun qo’llaniladigan usullar va ularning ta’rifi. 
5.4.  Kasallik  o’choqlarida  qo’llaniladigan  epidemiologik  tekshiruv  usullari 
yagona kasal  uchraydigan va bir talay  kasallar uchraydigan kasallik  o’choqlarida 
epidemiologik tekshiruv o’tkazishning o’ziga xos xususiyatlari. 
5.5. Epidemiologik diagnoz haqida tushuncha. 
5.6. Epidemiologik diagnoz qo’yish uchun ishlatiladigan usullar. 
5.7. Epidemiologik tahlilning turlari (retrospektiv, operativ, prognostik). 
5.8.  Epidemiologik  diagnozning  yuqumli  kasalliklarning  oldini  olishdagi 
ahamiyati. 
5.9. Epidemiologik diagnoz qo’yish uchun qo’llaniladigan hujjatlar. 
6. Talabalar bilishi lozim bo’lgan savollar. 
6.1. Epidemiologik usulning o’ziga xos xususiyatlari. 
6.2.  Yuqumli  kasallik  o’choqlarida  olib  boriladigan  epidemiologik  tekshiruv 
usulining, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishdagi ahamiyati. 
6.3.  Epidemiologik  diagnoz  haqida  tuShuncha  (epidemiologik  diagnozning 
asosiy turlari va o’tkazish bosqichlari). 
6.4. Tezkorlik bilan qilinadigan (operativ) va o’tmishga asoslanib qilinadigan 
(retrospektiv) epidemiologik tahlil. 
7. Talabalar o’rganishi lozim bo’lgan amaliy malaka. 
7.1.  Yuqumli  kasallik  o’choqlarida  epidemiologik  tekshiruv  o’tkazishni 
bilish. 
7.2. Guruhli kasallanish hollarida uning sabablarini aniqlay bilish. 
7.3. Kasalliklarning qaysi darajada tarqalganligini aniqlashda qo’llaniladigan 
ko’rsatkichlarni (mutloq son, nisbiy, intensiv, ekstensiv) amalda qo’llash. 
7.4.  Yuqumli  kasalliklar  strukturasini,  tarqalish  darajasini  va  dinamikasini 
tahlil qilishni o’rganish. 
Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling