O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Neytrallangan kalsiy gipoxlorid (NKG)
- Dixlorizatsiyanur kislotaning natriyli tuzi
- Vodorod peroksidi (pergidrol)
- Dezinfeksiyaning kimyoviy usuli.
- Dezinfeksiyaning biologik usuli.
- Dezinfeksiya kameralari, ularning tiplari va qo’llash qoidalari.
- Dezinfeksiya kameralarining turlari
- Kameralarda zararsizlantirish tartibi
- Dezinfeksiya kameralarining tuzilishi
73 MAVZU 6. DEZINFEKSIYA, DEZINSEKSIYA VA DERATIZATSIYA. DEZINFEKSIYA QILISH USULLARI VA VOSITALARI, ULARNING QO’LLANISHI. DEZINFEKSIYA KAMERALARI 1. Mashg’ulotning maqsadi: Dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya uchun ishlatiladigan muhim kimyoviy vositalar, ularning turlari, qo’llash usullari. Yuqumli kasalliklarning oldini olishda va kasallik o’choqlarini zararsizlantirishda dezinfeksiyaning ahamiyati, dezinfeksiya qilish uchun ishlatiladigan asbob-uskunalar va dezinfeksiya kameralarini bo’lajak mutaxassislarga o’rgatish. 2. Mashg’ulot uchun ajratilgan vaqt - 5 soat. 3. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi: 3.1. So’z boshi va ushbu mavzu yuzasidan talabalarning dastlabki bilimlarini tekshirib ko’rish. 3.2. Dezinfeksiya ishi bilan tanishish. Dezinfeksiya qilish uchun qo’llaniladigan kimyoviy moddalarning kasallikni qo’zg’atuvchi mikroblarga ta’sir ko’rsatish mexanizmlari bilan tanishish. 3.3. Dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya qilish uchun qo’llaniladigan eng muhim kimyoviy vositalar va ularni qo’llash usullari bilan tanishtirish. 3.4. Dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya uchun ishlatiladigan asbob- uskunalar, ularning tuzilishi va ishlatish qoidalari. 3.5. Dezinfeksiya kameralarining turlari va tuzilishi. 3.6. Turli guruhdagi yuqumli kasalliklarga nisbatan o’tkaziladigan dezinfeksiyalar. 4. Mashg’ulotda o’rganiladigan savollar: 4.1. Dezinfeksiya ishi to’g’risida asosiy tuShuncha. Dezinfeksiya qilish usullari (mexanik, kimyoviy, biologik, fizik). Profilaktik va yuqumli kasalliklar o’choqlarida o’tkaziladigan dezinfeksiya (joriy va yakunlovchi dezinfeksiya). 4.2. Dezinfeksiya qilish uchun qo’llaniladigan eng muhim kimyoviy vositalar. 4.2.1. Oksidlovchilar: xlorli ohak, tarkibida faol xlorni saqlashi, ularning dezinfeksiya uchun ishlatiladigan suvli eritmalarini tayyorlash. Aktivlangan eritmalar, tinitilgan eritmalardan foydalanish, xlor-ohakli sut, quruq xlor ohagi. Xlorli ohakning bakteriya, viruslar chaqiradigan yuqumli ichak kasalliklarida, qo’zg’atuvchilari sporali mikroblar bo’lgan kuydirgi, zamburug’lar chaqiradigan kasalliklar o’choqlarida va profilaktik dezinfeksiya vositasi sifatida qo’llanishi. Xlor ohakning suvdagi eritmasi va uning xlor ohagidan afzalligi. 4.2.2. Kalsiy gipoxloridning ikki asosli tuzi (DTSGK). 4.2.3. Neytral kalsiy gipoxloridi (NKG). Bu moddaning xlor ohagidan afzalligi. 4.2.4. Xloramin. Tarkibida xlor tutgan noorganik dezinfeksiyalash moddalaridan xloraminning afzalligi. 4.2.5. Dixlorizatsiyanur kislotaning natriyli tuzi (DXCK) va uning xlorli ohagidan afzalligi. 4.2.6. Sulfoxlorantin va uning xloramindan afzalligi. 74 4.2.7. Vodorod peroksidi (pergidrol) sterilizatsiya uchun qo’llanilishi. Yuvuvchi vositalar bilan birga ishlatish mumkinligi. 4.2.8. Dezokson - I. Mikroblarga ta’sir qiluvchi moddasi. Eritmalar tayyorlashda o’ziga xos xususiyatlari, sterilizatsiya va dezinfeksiya uchun bu preparatning keng qo’llanilmasligining sabablari. 4.2.9. Fenollar, lizol, formaldegid va boshqa aldegidlar guruhlariga umumiy tavsif. Formaldegidning kamerali dezinfeksiyada qo’llanilishi. 4.2.10. Nitran va amfolon, sirtqi-faol moddalar guruhining xususiyati va ularning davolash profilaktika muassasalarida, shifoxonalarda tarqaladigan yuqumli kasalliklarning oldini olishda ishlatilishi. 4.2.11. Etil va butil spirtlar. Davolash va profilaktika muassasalarida, jarroh qo’llarini va boshqa asbob-uskunalarni zararsizlantirish uchun qo’llanilishi. 4.3. Turli guruh yuqumli kasalliklarida dezinfeksiya qilishning o’ziga xos xususiyatlari. 4.4. Dezinfeksiya sifatini nazorat qilish. 4.5. Dezinfeksiya qilish uchun qo’llaniladigan texnik vositalar. 4.6. DDU, DDA-2, DDA-66 dezinfeksiya kameralari. Bu kameralarning tuzilishi, ishlash tartibi. Kamerali dezinfeksiya usullari. Kamerali dezinfeksiya sifatini nazorat qilish. 5. Ushbu mavzu bo’yicha talabalar quyidagilarni bilishlari shart: 5.1. Dezinfeksiyaning epidemiyaga qarshi chora-tadbir sifatida qo’llanilishi va uning yuqumli kasalliklarni kamaytirishdagi ahamiyati. 5.2. Dezinfeksiya qilish usullari. 5.3. Dezinfeksiya qilish vositalari, ularning asosiy xossalari, ta’sir qilish mexanizmi va qo’llash usullari. 5.4. Dezinfeksiya preparatlarining odamga va hayvonlarga zaharli ta’siri. 5.5. Dezinfeksiya qilish uchun qo’llaniladigan texnik vositalar. 6. Talabalar o’rganishlari lozim bo’lgan amaliy malakalar: 6.1. Dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya uchun ishlatiladigan vositalar va preparatlar, ularni amalda qo’llay bilish. 6.2. Dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya sifatini nazorat qilishni bilish. 6.3. Dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiyaning yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda va bu kasalliklarni kamaytirishdagi ahamiyatini baholay bilish. 7. Talabalarning mustaqil ishi: 7.1. Ko’p qo’llaniladigan dezinfeksiya preparatlarining tashqi ko’rinishi, rangi, hidi va boshqa xususiyatlari bilan tanishish. 7.2. Dezinfeksiya uchun qo’llaniladigan ishchi eritmalarini tayyorlash usullarini o’zlashtirish. 7.3. Dezinfeksiya apparatlarining tuzilishini, ish uslubini o’rganish va ularni ishlata bilish, suyuqlik purkagich, poroshok changlatkichlar va gidropultlarni ochib, yana yig’a bilish. 75 Axborot uchun ma’lumot Xlorli ohak yoki oqartirgich ohak issiqqa chidamli, uzoq saqlanuvchi modda. Agar quruq muhitda saqlansa, xlorning faolligi 8 yil ichida atigi 7-9 % kamayishi mumkin. Neytrallangan kalsiy gipoxlorid (NKG) - oq rangli, xlor hidli poroshok. Tarkibida 50-70 % faol xlor saqlaydigan I, II, III navlari ishlab chiqiladi. Bu modda ancha turg’un bo’lib, undagi xlor faolligini 8 yilgacha saqlaydi. Preparat tindirilgan va tindirilmagan eritma holida yoki quruq holda odam yashamaydigan xonalarni, hovli, hojatxonalarni dezinfeksiya qilish uchun ishlatiladi. Tindirilgan eritma tindirilmagan eritmani 2 soat davomida tindirib tayyorlanadi. Dixlorizatsiyanur kislotaning natriyli tuzi - suvda yaxshi eruvchan, xlor hidli, oq kristall poroshok. Tarkibida 55— 60 % aktiv xlor saqlaydi. Saqlaganda uzoq turadi. Tuzning suvdagi eritmasi o’z faolligini uch kechayu-kunduzgacha saqlab, bakteriotsid, sporotsid va fungitsid ta’siriga ega. Preparat yuvuvchi, dezinfeksiyalovchi vositalar tarkibida bo’lib, profilaktik va o’choqli dezinfeksiya uchun qo’llaniladi. Dixlorizatsiyanur kislotaning natriyli va kaliyli tuzining suvli eritmasi hayvonlarga unchalik ta’sir qilmaydi. Ammo 0,2 % va undan ortiq faol modda saqlaydigan eritmalari odam og’iz bo’shlig’ini hamda ko’zni achishtiradi. Shuning uchun dezinfeksiya qilishdan ilgari xonalar odamlardan bo’shatiladi, ishlovdan so’ng xonalar shamollatiladi. Dixlorizatsiyanur kislotaning natriyli va kaliyli tuzlari, ularning yuvuvchi vositalar bilan aralashmasi bakteriyalar yoki viruslar chaqirgan ichak va nafas yo’li infeksiyalari o’choqlarida kiyim-kechak, idish-tovoq, o’yinchoqlar va boshqa buyumlarni dezinfeksiya qilishda qo’llaniladi. Sulfaxlorantin - dixlormetingidratin asosida sanoatda ishlab chiqiladi, tarkibida 15 % faol xlor saqlaydi. Preparat uzoq saqlanib, xloraminga nisbatan 10 barobar faol bo’lib, bakteritsid, tuberkulitsid, virusotsid, fungitsid ta’sirlariga ega. Uning 0,1 - 0,2 % eritmasi ichak va nafas yo’li infeksiyalari o’choqlarida dezinfeksiya qilish uchun qo’llaniladi. Xlorsin - tarkibida dixlorizotsianur kislotaning 20% kaliyli, 30 % natriyli tuzi hamda sirti aktiv modda saqlaydi, xlor hidli oq poroshok (kukun). Tarkibida 11 - 15 % aktiv xlor saqlaydi, suvda yaxshi eriydi. Bakteriya va viruslar chaqirgan infeksiyalarda profilaktik va o’choqli dezinfeksiya uchun mo’ljallangan. Xlordezin - tarkibida dixlorizotsianur kislotaning tuzlari hamda sirti aktiv modda saqlaydigan, suvda eruvchan, ozgina xlor hidli oq kukundir. Tarkibida 11- 15 % faol xlor bor. Eritmalari tiniq (rangsiz) bo’lib, ishlov berilgan predmetlarning o’ziga va ularning ko’rinishiga ta’sir qilmaydi, o’ta bakteriotsidlik xossaga ega. Vodorod peroksidi (pergidrol) - rangsiz, hidsiz, 30-33% suvli eritma, undan 3%, 6% li eritmalar tayyorlanadi. Bunday eritmalar odamlar va hayvonlar uchun zararsizdir. Vodorod peroksidi uy sharoitida yopiq idishda 1 oy mobaynida saqlansa, pergidrolni 0,5 - 0,7% ga yo’qotadi. Uning 1-3% li eritmasi bakteritsid, 3-6% li eritmasi esa sporotsid ta’sirga ega. Vodorod peroksidi ko’pincha yuvuvchi 76 vositalar ("Sulfanol", "Profess", "Lotos", "Astra", "Ayna") tarkibida qo’llaniladi. Vodorod peroksidini 1-6% li yuvuvchi vosita "Sulfanol", "Progress" eritmasi - tiniq, sariqroq ishlov beriladigan predmetlarni buzmaydigan, metallarni zanglantirmaydigai eritmadir. Vodorod peroksidning yuvuvchi vositalar bilan birga qo’llanishi uning dezinfeksiyalash ta’sirini kuchaytiradi. Vodorod peroksidi va yuvuvchi vositalar quyidagi hollarda ishlatiladi: a) yuqumli kasalliklar shifoxonasi va bo’limlarda joriy va yakunlovchi dezinfeksiya qilish uchun; b) tug’ruqxonalar profilaktik zararsizlantirish maqsadida yopilganda (yiliga kamida ikki marta) ularni yangidan ochish uchun dezinfeksiya qilish; v) bolalar muassasalarida profilaktik va yakunlovchi dezinfeksiya qilish uchun; g) tibbiyot mahsulotlarini ishlab chiqaradigan zavodlarda dezinfeksiya va sterilizatsiya qilish uchun. Yuqorida ko’rsatilgan hollarda vodorod peroksidning yuvuvchi vositalar bilan aralashmasi quyidagi ob’ektlarni dezinseksiya qilishda qo’llaniladi. a) xonalar yuza sathini yuvish va zararsizlantirish (pol, devor, shift) uchun; b) kiyim-kechaklarni va choyshablarni ivitib qo’yish va yuvish yo’li bilan zararsizlantirish; v) idish-tovoqlarni zararsizlantirish uchun. Tarkibida 0,5% li N 2 O 2 va 0,5% li sintetik yuvish vositasi "Lotos" saqlagan aralashmalar asboblarni sterilizatsiya qilishdan oldin yuvish uchun qo’llaniladi. Polimer material, rezina, oyna, zanglamaydigan metallarni kimyoviy dezinfeksiya qilishda 6% li vodorod peroksid qo’llaniladi. Dezakson-1 - o’ziga xos uksus hidli, rangsiz suyuqlik bo’lib, tarkibida 8 - 5% li naduksus kislotasi tutadi, suvda, spirtda va boshqa erituvchilarda yaxshi eriydi. Dezakson eritma holida aktivligini tez yo’qotish sababli suvli eritmasi tayyorlanishi bilanoq ishlatiladi. Bakteritsid, virusotsid va sporotsid xossaga ega. Profilaktik va o’choqli dezinfeksiya uchun hamda plastmassali, zanglamaydigan metallarni sterilizatsiya qilish uchun tavsiya etiladi. Shisha va polietilen idishda 30° dan yuqori bo’lmagan haroratda 6 oygacha saqlanadi. Gibitan - rangsiz 20 % suvli eritma, suv bilan yaxshi aralashadi, qisman zaharli, uzoq saqlanadi. Davolash muassasalarida bakteriyalar chaqirgan infeksiya hollarida joriy va yakunlovchi dezinfeksiya uchun, 0,01 dan 0,5 gacha bo’lgan eritmalari jarrohlik asboblari, jarroh qo’llarini zararsizlantirish uchun qo’llaniladi. Natriy metasilikati - suvda yaxshi eruvchan, oq kristall modda. Uning suvdagi eritmasi yuvuvchi va zararsizlantiruvchi va oqartiruvchi xossaga ega. Ammo u matolarning rangini o’zgartiradi, shishalarda yuvilmaydigan dog’ qoldiradi. Shuning uchun dag’alroq yuza sathini zararsizlantirish uchun tavsiya etiladi. Dezinfeksiya turlari Dezinfeksiyaning ikkita turi: o’choqli (epidemiyaga qarshi) va profilaktik dezinfeksiya farq qiladi. 77 O’choqli dezinfeksiya yuqumli kasallik paydo bo’lganda joylarda, ya’ni infeksiya o’choqlarida o’tkaziladi. O’choqli dezinfeksiyaning ikkita turi: joriy va yakunlovchi dezinfeksiya farq qilinadi. Infeksiya o’chog’ida infeksiya manbai mavjud bo’lgan vaqt mobaynida va binobarin, ko’p marta o’tkaziladigan dezinfeksiya joriy dezinfeksiya deyiladi. Joriy dezinfeksiyani tibbiyot xodimlari yoki bemorga qarovchilar va uning oila a’zolari o’tkazishlari mumkin. Bemorni shifoxonaga yotqizilgandan keyin, infeksiya o’chog’idagi hamma narsalarni qunt bilan o’z vaqtida zararsizlantirish, ya’ni yuqumli kasalliklarni qo’zg’atuvchi mikroblarni boshlang’ich paytidayoq yo’qotish bu yakunlovchi dezinfeksiya deyiladi. Yakuniy dezinfeksiya, maxsus dezinfeksiya stansiyalari xodimlari yordamida o’tkaziladi. Profilaktik dezinfekiiya aniqlangan infeksiya manbai bo’lmaganda o’tkaziladi. Profilaktik dezinfeksiya yordamida yuqumli kasalliklarning tarqalish ehtimolining oldini oladi. Dezinfeksiya usullari Dezinfeksiyaning asosan to’rtta usullari bor: mexanik, fizikaviy, kimyoviy va biologik. Amaliyotda ularning har biridan alohida yoki bir necha usuldan birgalikda foydalaniladi. Dezinfeksiyaning fizikaviy usuli. Bu usulda zararsizlantirish uchun yuqori haroratning har xil turlaridan (olov, issiq havo, qaynatish va suv bug’i) Shuningdek quyosh nurlari, ultrabinafsha nurlari va radiatsiyaning boshqa vositalaridan foydalaniladi. Fizikaviy usul Shuningdek mikroblarni o’ldirmay, zararsizlantirish, ya’ni ularni yo’qotadigan barcha mexanik usullarni ham o’z ichiga oladi. Masalan: xonalarni shamollatish, tozalash va boshqalar. Dezinfeksiyaning kimyoviy usuli. Bu usul dezinfeksiya uchun har xil kimyoviy moddalarni qo’llashdan iborat. Turli xil dezinfeksiyalovchi moddalarni mikroblarga har xil yo’l bilan ta’sir qilish xususiyatiga ega. Dezinfeksiya uchun ishlatiladigan eng muhim kimyoviy vositalar: kislotalar, ishqorlar, sovunlar, fenol va uning unumlari, krezollar va uning unumlari, lizol, naftalizol, og’ir metallar va ularning turlari (simob II xlorid-sulema), xlor va xlor saqlovchi preparatlar, quruq xlorli ohak, xloraminlar va boshqalar. Kimyoviy dezinfeksiyalovchi moddalarni qo’llash uchun zarur bo’lgan sharoitlar: 1. Kimyoviy dezinfeksiya uchun qo’llaniladigan vositalarni asosan suvda eritilgan yoki emulsiyalar, aralashmalar holda qo’llash lozim. 2. Dezinfeksiya uchun ishlatiladigan moddalarning zarur konsentratsiyalariga rioya qilish. 3. Dezinfeksiya qilinadigan vositalar va zararsizlantiriladigan buyumlar orasida yetarlicha muloqot vaqt bo’lishini taminlash. 4. Dezinfeksiya qiladigan moddalarning ta’sir qilish muddatlariga rioya qilish (ekspozitsiya). Dezinfeksiyaning kimyoviy usulini qo’llashninig eng muhim sharti 78 dezinfeksiya qiladigan vosita bilan patogen mikroblar o’rtasidagi zarur muloqotni ta’minlash hisoblanadi. Shu maqsadda har qanday dezinfeksiya usulida (sepish, bo’ktirish va boshqalar) dezinfeksiya qiladigan suyuqliklar yoki gazsimon moddalarni yetarlicha miqdorda sarflash zarur. Dezinfeksiyaning biologik usuli. Infeksiya qo’zg’atuvchilarini biologik vositalar bilan yo’qotishning o’ziga xos vazifasi bor. Bunday usul o’choqli dezinfeksiyada ishlatilmaydi. Biologik usulga suvlarni tuproq va shag’al-toshlar orqali sizdirilib, o’tkazilishi natijasida tozalash yoki go’ng va chiqindilarni yerga ko’mib tuproqda chiritish natijasida mikroblarni o’ldirish kabilar misol bo’ladi. Dezinfeksiya kameralari, ularning tiplari va qo’llash qoidalari. Ip gazlama, jun, movut, charm va mo’ynali kiyimlarni, to’shak, yostiq, hayvon mahsulotlarining ba’zi turlari (teri, jun, ot qili, to’ngiz qili va boshqalarni, eski- latta va boshqalarni), kitoblarni zararsizlantirishda kamera usullarini qo’llash maqsadga muvofiqdir, buning uchun maxsus qurilmalar va turli xil dezinfeksiya kameralari mavjuddir. Boshqa usullarga nisbatan kamera usullarining katta afzalligi bor, chunki mikroblarning vegetativ va spora hosil qiluvchi turlari bilan zararlanganda yuqorida ko’rsatib o’tilgan buyumlarni ishonchli ravishda zararsizlantirib ularni dezinfeksiya qiladi. Dezinfeksiya kameralarining turlari Mikroblarga ta’sir etuvchi vositalarning xususiyatiga ko’ra dezinfeksiya kameralarining uchta asosiy tipi farqlanadi: 1. Issiq havoli kameralar, bunda 80-105° haroratgacha isitilgan issiq havo ta’sir etuvchi vosita hisoblanadi. 2. Bug’ kameralari, bularda normal atmosfera bosimidan yuqori 0,5 -1 atm. bosim ostidagi bug’ (bug’ning harorati 110-180°) ta’sir ko’rsatadi. 3. Bug’-formalinli kameralar, bunda normal bosim sharoitida bug’-havo aralashmasi va kamerada formalin bug’lantirilganda yoki changlantirilganda hosil bo’lgan formaldegid bug’larining birgalikdagi ta’siridan foydalaniladi. Vakuum- bug’ formalin kameralarida suv bug’lari va formaldegid ta’sir ko’rsatadi, biroq bunday dezinfeksiya siyrak havo sharoitlarida va 55 - 60°S atrofdagi haroratda boradi (18-jadval). 18-jadval Kameralarda zararsizlantirish tartibi Zarasizlantirish turlari Zararsizlantirish uslublari Bug’ kameralari Bug’ formalinli kameralar Harorat °S Ta’sir etish vaqti, minut Harorat Forma lin Davomi ligi. Soat- daqiqa 79 Dezinseksiya 80-85 5-7 57-58 - 0-30 Turli xil mikroblar bilan zararlangan (ifloslangan) kiyim- kechaklarni dezinfeksiya qilish: Vegetativ turdagi mikroblar 80-85 12-15 57-58 80 0-45 Sporali mikroblar 98 45 57-58 250 2-45 Ko’rsatib o’tilgan tipdaga dezinfeksiya qiluvchi kameralar tuzilishiga ko’ra ko’chmas (turg’un) va ko’chib yuruvchi kameralarga bo’linadi. Ko’chmas kameralar shifoxonalar, dezinfeksiya muassasalari va shunga o’xshash joylarda ishlatiladi. Ko’chib yuruvchi kameralardan infeksiya o’choqlarini dezinfeksiya qilish uchun kameralarni infeksiya o’choqlari joylashgan yerlariga olib kelib foydalaniladi, dala sharoitlarida, ba’zan esa shifoxona, hammom va shunga o’xshash yerlarda ko’chmas kameralar o’rnida ham foydalaniladi. Ko’chib yuruvchi kameralarda dush qurilmalari ham montaj qilinishi mumkin. Dezinfeksiya kameralarining tuzilishi Har qanday tipdaga dezinfeksiya kameralari asosan buyumlar solinadigan asli kameradan, issiqlik manbalaridan (olov yoqiladigan o’choq, elektr asboblari va bug’ qozon) va nazorat qiluvchi o’lchov asboblaridan (termometrlar, monometrlar) iborat bo’ladi. Deyarli hamma tipdagi kameralarda ishga soladigan moslama (bug’ enjektori, motorli shamol haydagich bo’lgan yoki bunday moslama bo’lmagan) sof havoni kiritib, eskisini chiqaradigan shamol haydagich mavjud. Bu moslama kamera ichida haroratni boshqarishga, undagi bug’ni chiqarib yuborishga, Shuningdek zararsizlantirish tugagandan keyin buyumlarni sovutishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, kameralarda dezinfeksiya qiluvchi kimyoviy moddalarni (formalin, ammiak va boshqalar) kiritish uchun forsunka, lotok va boshqa moslamalar shaklidagi maxsus asboblar ham bo’lishi mumkin. Asli kameralarning ichki va tashqi hajmi kamera tipiga, dezinfeksiyalanayotgan buyumlarning oz-ko’pligiga va ularning kameralarda qanday joylashishiga ko’ra turlichadir. Bug’ kameralari odatda yassi-yumaloq shaklda yasaladi, joylarda quriladigan kameralar esa to’rt burchak shaklida bo’lib hajmi va sig’imi yuqorida ko’rsatib o’tilganlardan tashqari, ba’zan kamera uchun mo’ljallangan xonaning hajmiga bog’liq bo’ladi. Issiqlik manbalari kameralar tipiga ko’ra har xil bo’ladi. Kamera haroratini kuzatib turish uchun burchakli yoki to’g’ri texnik termometrdan foydalaniladi. Namlik maromi psixrometrlar yordamida o’lchab boriladi. Vakuum-kameralardagi siyraklashgan havoni bosimini mono-vakuummetrlar yordamida o’lchanadi. Kamera binosining yuk tushiradigan 80 (toza) qismi tomonida kameraning nazorat o’lchov asboblari o’rnatiladi. Xavfsizlikni taminlash maqsadida kameralarda ortiqcha bug’ni chiqarib yuborib, bosimni pasaytiruvchi ehtiyot ochib - yopqichlar o’rnatilgan. Mustaqil ish uchun vazifa: Talaba masala echishi shart. Masala yozma ravishda yechilib, o’qituvchiga baholash uchun topshiriladi I — masala. Epidemiolog-vrach ich terlama kasalligi o’chog’ida yakuniy dezinfeksiyani nazorat kilib, quyidagi kamchiliklarni aniqladi: a) dezinfeksiya qilinishi lozim bo’lgan quyidagi narsalar: idish-tovoq, tuvak, kasalning kiyim-kechaklari dezinfeksiya qilinmagan; b) kiyim-kechaklarni, choyshablarni dezinfeksiya qilish usuli noto’g’ri olib borilgan, ya’ni ular faqatgina yuvilgan; 1. Dezinfeksiya qilinishi lozim bo’lgan narsalarni aniqlab, ularni dezinfeksiya qilish tartibini ko’rsatib bering. 2. Dezinfeksiya qilish usullariga tavsif bering. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling