O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Yuqumli kasalliklar kabinetining hujjatlari


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/27
Sana29.05.2020
Hajmi1.67 Mb.
#111467
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.


Yuqumli kasalliklar kabinetining hujjatlari: 

Tibbiy pasport.     

Yuqumli kasalliklarning oldini olish rejalari. 

Profilaktikaninig maxsus usullarini o’tkazish rejalari. 

Konsultatsiyaga va yordamchi kabinetlarga yo’llanma.    

Shifoxona tibbiy varaqasidan ko’chirma. 

Ambulator bemorning tibbiyot varaqasi. 

Zudlik bilan yuboriluvchi xabarnoma. 

Yuqumli kasalliklarni hisobga oluvchi daftar. 

Dispanser nazorati kartasi.        
10  Profilaktik emlash kartasi. 
11  Emlashni hisobga oluvchi jurnal.        
12  Yuqumli kasalliklar haqidagi hisobot 
13  Profilaktik emlash to’g’risidagi hisobot. 
14  Profilaktik tadbirlar to’g’risidagi axborot. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
56 
 
MAVZU 4. YUQUMLI KASALLIKLAR TARQALISHIDA 
HAYVONLARNING VA KEMIRUVCHILARNING EPIDEMIOLOGIK 
AHAMIYATI. RODENTICIDLAR VA ULARNI QO’LLASH USULLARI. 
DERATIZATSIYA VA SANITARIYA-VETERINARIYA TADBIRLARINI 
TASHKIL QILISH 
1. Mashg’ulotning maqsadi: 
1.1.  Epidemiologik  ahamiyatga  ega  bo’lgan  hayvonlar  ekologiyasi  va 
biologiyasini o’rganish. 
a) kemiruvchilar kasalliklar qo’zg’atuvchilarining manbaidir; 
b) kasallik qo’zg’atuvchilarining (quturish, salmonellyozlar va ornitozlar) tabiatda 
tarqalishida yovvoyi, uy hayvonlari va parrandalarning ahamiyati. 
1.2.  Deratizatsiya  va  sanitariya-veterinariya  choralarini  tashkil  etishda 
kimyoviy usullar va texnik vositalarni qo’llanishini o’zlashtirish. 
2. Mashg’ulot uchun ajratilgan vaqt - 4 soat. 
3. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi: 
3.1.  Kirish  so’zi.  O’tiladigan  mazkur  mavzuning  mohiyatini  va  uning 
mazmunini tuShuntirish. 
3.2. Talabalarning boshlang’ich bilim darajalarini aniqlash. 
3.3. Mashg’ulot savollarini muqokama qilish. 
3.3.1.  Kemiruvchilarning  -  kasallik  qo’zg’atuvchi  manbai  sifatida  umumiy 
tavsifi. 
3.3.2.Kemiruvchilarning  kalamush,  sichqon,  dalasichqon,  qumsichqon, 
yumronqoziq va sug’ur kabi turlari haqida ma’lumot. 
3.3.3. Ornitoz va salmonellyozlarda kasallik tarqalishi tizmasini o’zlashtirish. 
3.3.4.  Kemiruvchilarga  qarshi  kurashda  qo’llaniladigan  ikki  usulning 
muhokamasi. 
a) profilaktik deratizatsiya. 
b) kasallik o’choqlarida deratizatsiya. 
3.3.5.  Kemiruvchilarga  qirg’in  keltiruvchi  mexanik,  kimyoviy  va  biologik 
usullar bilan tanishtirish. 
3.3.6.  Asta-sekin  kumulyativ  ta’sirli  rodentitsidlar  tavsifi.  Zookumarin.  Uy 
kalamushi va sichqonlarga qarshi qo’llash usullari, qo’llashdagi ehtiyot choralari. 
3.3.7.  Keskin  ta’sir  qiluvchi  rodentitsidlarning  tavsifi  va  qo’llash  ehtiyoji. 
Rux fosfidi. Uy sichqonlari va kalamushlarga qarshi dala sharoitida o’tkaziladigan 
deratizatsiyada  ishlatish  imkoniyatlari.  Krisid.  Kul  rang  kalamushlarni  qirishda 
ishlatish imkoniyatlari va qo’llash usullari. Qo’llashdagi cheklanishlar tafsiloti. 
3.3.8. Kemiruvchilarning har xil guruhlariga qo’llaniladigan deratizatsiya. 
a)  Sinantrop  kemiruvchilar-uy  sichqoni,  kulrang  va  qora  kalamushlar.  Profilaktik 
choralarning muhim ahamiyati. Qo’llash usullari va tadbirlari. 
b)  Yarim  sinantrop  kemiruvchilar  (oddiy  dalasichqon).  Agrotexnik  choralar, 
ularning  mazmuni  va  profilaktik  ahamiyati.  Kemiruvchilarga  qirg’in  keltirish 
usullari: 
kemiruvchilarda 
kasallik 
qo’zg’atuvchi 
bakteriyalarni  qo’llash 
imkoniyatlari.  Deratizatsiya  o’tkazishda  kemiruvchilarning  yashash  tarzini 

 
57 
mavsumiyligini hisobga olish. 
v)  Yovvoyi  kemiruvchilar  (qumsichqon,  yumronqoziq,  sug’ur).  Qirg’in 
keltirish  choralarini  o’tkazish  shartlari.  Kemiruvchilar  inlariga  gazsimon 
rodenticidlar bilan ishlov berish. Boshqa rodenticidlarning qo’llanilishi. 
3.3.9. Deratizatsiyaning texnik vositalari. Kemiruvchilarni tutish vositalari. 
4. Muhokama uchun savollar: 
4.1. Epizootik jarayon. 
4.2. Epizootik o’choq tuShunchasi. 
4.3.  Infeksiyalarning  asosiy  maibai  hisoblangan  kemiruvchilar  (katta 
qumsichqon) ning qisqacha ta’rifi. 
4.4.  Hayvonlar  va  parrandalarning  yuqumli  kasallik  qo’zg’atuvchilarining 
maibai  sifatidaga  ahamiyati.  Ularning  quturish,  salmonellyozlar  hamda  ornitoz 
kasalliklari epidemiologayasidagi ahamiyati. 
4.5.  Kumulyativ  (sekin)  ta’sirli  rodentitsidlarning  va  keskin  ta’sirli 
rodentitsidlarning qo’llanilish imkoni va shartlari. 
4.6.  Kemiruvchilarning  ekologik  va  biologik  xususiyatlari  asosida 
deratizatsiya o’tkazish usullari: 
a) sinantrop kemiruvchilar   
b) yarim-sinantrop kemiruvchilar 
v) yovvoyi kemiruvchilar. 
4.7.  Tanlab  va  yoppasiga  o’tkaziladigan  deratizatsiya  (muntazam  va  bir 
marotaba o’tkaziladigan). 
4.8. Deratizatsiya moddalarining zaharli ta’siri. 
4.9. Deratizatsiyaning texnik vositalari. Kemiruvchilarni tutish qurollari. 
4.10.  Deratizatsiya  choralarining  samaradorligini  aniqlash  usullari  va 
ko’rsatkichlari. 
4.11.  Veterinariya-sanitariya  choralari  (quturish,  o’latda,  tuyalar  manba 
hisoblanganda, salmonellyozda, ornitozlarda). 
4.12. Epidemiologik nazorat tuShunchasi (ikki asosiy qismi). 
 5. Ushbu mavzu bo’yicha talabalar quyidagilarni bilishlari shart: 
5.1. Epidemiologik xavfli va zoonoz infeksiya o’chog’ining hududini tashkil 
qiluvchi epizootik jarayonning umumiy tavsifi. 
5.2.  Odamlarga  yuqish  mexanizmi,  shart-sharoitlari  va  epidemik  jarayon 
tavsifi. 
5.3. Deratizatsiya usullari. 
5.4.  Deratizatsiya  moddalarining  asosiy  xususiyatlari,  ta’siri  va  qo’llanish 
usullari. 
5.5.  Deratizatsiya  preparatlarining  insonlarga, issiq-qonli  hayvonlarga  zararli 
ta’siri. 
5.6. Deratizatsiyaning texnik vositalari. 
6. Talabalar o’rganishlari lozim bo’lgan amaliy ko’nikmalar: 
6.1.  Muayyan  epidemik  vaziyat  hamda  infeksiyalarning  epidemiologik 
xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlangan deratizatsiya choralarini asoslash. 
6.2. Deratizatsiya o’tkazish uchun preparatlarni va texnik vositalarni tanlash 

 
58 
6.3: Deratizatsiya samaradorligini aniqlash. 
7. Mustaqil ish.  
7.1. Dars oxirida quyidagi jadvalni ma’lumotlar bilan to’ldiring. 
 
 
 
Kemiruvchining 
turi 
 
Yashas
h joyi 
 
Tarqalish yo’llari 
va yuqish omillari 
 
Ushbu kemiruvchi 
asosiy manba 
hisoblanadigan 
kasalliklar 

Kalamush  
 
 
 

Sichqon  
 
 
 

Dalasichqon  
 
 
 

Qumsichqon  
 
 
 

Yumronqoziq  
 
 
 

Sug’ur  
 
 
 
 
 
 
Axborot uchun ma’lumot 
Epizootik    jarayon  bu  qo’zg’atuvchi  -  parazit  va  hayvon  organizmi 
muloqotining  populyatsion  darajadagi    o’zaro  ta’sirining  mahsuli  bo’lib, 
hayvonlarda  uchraydigan  yakka  yoki  ko’plab  hamda  yaqqolmas  shaklda 
kuzatiladigan  yuqumli  kasalliklar  sifatida  namoyon  bo’ladi.  Uy  hayvonlaridagi 
epizootik  jarayon  uchun  ijtimoiy  va  tabiiy  sharoitlarning  mavjudligi  zarur  bo’lsa, 
yovvoyi  xayvonlardagi  epizootik  jarayon  uchun  tabiiy  sharoitlar  asosiy  rol 
o’ynaydi. 
Epizootik jarayon quyidagi  3 tarkibiy qismdan iborat: 
1.   Epizootik jarayonning biologik, ekologik, tabiiy omillar: 
2. Zoonoz kasalliklarda epizootik jarayonning rivojlanish mexanizmi, kasallik 
manbai,  yuqish mexanizmi, moyil organizm.: 
3. Epizootik jarayonning namoyon bo’lishi.  
Zoonozlarning  qo’zg’atuvchilari  tabiatda  hayvonlar  orasida  muttasil  passaj 
etilishi hisobiga, ya’ni epizootik jarayon tufayli saqlanib turadi. Epidemik jarayon 
esa  zoonoz  kasalliklar  qo’zg’atuvchilarining  inson    organizmiga  yuqishi  orqali 
vujudga keladi. Shunga ko’ra zoonozlarda epidemik jarayon odamlarga kasallikni 
hayvonlardan  yuqtirishining  uzluksiz  zanjiri  natijasi  bo’lmay,  odamlarga 
hayvonlardan infeksiyani sharoit tug’ilganda yuqishi hosilasidir. 
Zoonoz      kasalliklarda      infeksiya      odatda      bemor    odamdan      sog’lom 
odamga  yuqmaydi.  Ammo,  ayrim  zoonozlar  bundan    mustasnodirlar.  Masalan, 
o’lat  (o’pka  o’lati)  qo’zg’atuvchilari  bemordan  sog’lom  odamga  yuqadi.  Bunday 
tarqalish  hamisha  muvaqqat  hisoblanadi.  Fakultativ  parazitlar  sabab  bo’lgan 
zoonozlarning  epidemik  jarayonlari  boshqacha  tavsifga  ega.  Bu  hollarda  odam 
organizmiga  tabiatda  parazitlik  va  saprofitlik  xususiyatlari  hisobiga  saqlanib 
kelayotgan qo’zg’atuvchilari tushadi. Misol uchun qoqsholda, og’iz orqali yuqish 

 
59 
patogen bo’lmagan, jarohat orqali tushganda patogen qo’zg’atuvchi hisobiga sodir 
bo’ladi. 
 
Zoonoz kasalliklar qo’zg’atuvchilarining manbai 
 
Asosiy  xo’jayin  hisoblangan  hayvonlarda  zoonoz  infeksiyalar  ko’pincha 
yaqqolmas yoki surunkali shaklda kechadi. Infeksiyalarning o’tkir shakllari asosan 
oraliq xo’jayin hisoblangan hayvonlar organizmida namoyon bo’ladi. 
Epidemiologik  nuqtai-nazardan  zoonozlarda  inson  uchun  kasallik  manbai 
hisoblanadigan  hayvonlarni  uch  guruhga  bo’lish  maqsadga  muvo-fiqdir  (14-
jadval). 
14-jadval 
Hayvonlardan yuqadigan epidemiologik ahamiyatga ega bo’lgan 
yuqumli kasalliklar guruhi 
 
Qo’zg’atuvchilar manbai 
Kasalliklar 
Uy hayvonlari va parrandalar 
 
Qora   oqsoq,   manqa,   oqsim,   hayvon 
sili, Ku-isitma, ornitoz 
Sinantrop kemiruvchilar 
Toun, leptospiroz, o’lat 
Yirtqich hayvonlar 
Virusli ensefalitlar, kana rikketsiozlari 
o’lat, quturish 
Tuproq 
Psevdotuberkulyoz, melioidoz, 
legionellez, klostridiozlar 
 
 
1.  Uy  hayvonlari,  2.  sinantrop  kemiruvchilar,  3.  yovvoyi  hayvonlar. 
Zooantroponozlarda  kasallikning  asosiy  manbai  odatda  bir  guruhga  mansub 
bo’lgan  hayvonlar  hisoblanadi.  Qo’shimcha  manba  bo’lib,  (mazkur  infeksiyada) 
qayd  qilingan  boshqa  guruh  hayvonlar  vakillari  xizmat  qilishi  mumkin.  Asosiy 
infeksiya manbai vazifasini yovvoyi hayvonlar bajargan hollarda sodir bo’ladigan 
zooantroponoz  infeksiyalar  tabiiy-o’choqli  infeksiyalar  deb  ataladi.  Uy  yoki 
sinantrop hayvonlar (kemiruvchilar) asosiy manba hisoblangan kasallik o’choqlari 
antropurgik o’choqlar deb yuritiladi. 
Tabiiy va antropurgik o’choqlar o’rtasida keskin chegara bo’lmaydi. Masalan, 
yovvoyi  hayvonlar  o’rtasida  salmonellyozlar  tarqalganda  salmonellyozlarning 
antropurgik  o’choqlari  vujudga  keladi.  Zoonozlarning  qo’zg’atuvchilari  ko’p 
hollarda  hayvonlar  qonida  bo’ladi.  Qo’zg’atuvchilar  hayvonlar  ichagida,  terisida 
joylashganligi yoki urg’ochi hayvonlar homilaoldi suyuqligi va suti orqali ajralishi 
kuzatiladi.  Qo’zg’atuvchilarning  hayvonlar  nafas  a’zolarida  joylashishi  katta 
epidemiologik ahamiyatga ega emas. 
Ayrim  zoonozlar  qo’zg’atuvchilari  homila  hujayralari  (kanalar,  qushlar)da 
bo’lishi katta ahamiyatga egadir. Bu xususiyat epizootik jarayonning rivojlanishini 
va hayvonlarning odamlarga yuqumliligini ta’minlaydi. 
Hayvonlarning  kasallik  manbai  sifatida  yuqumlilik  muddatlari  har  bir 

 
60 
infeksiyaning  patogenetik  xususiyatlariga  bog’liq.  Ayrim  kasalliklarda  infeksiya 
manbai hisoblangan hayvon organizmidan qo’zg’atuvchilarning ajralishi qo’zilash 
davrida avjga chiqadi. 
Qishda  uxlovchi  hayvonlarda  infeksiyaning  xuruji  qo’zg’atuvchining  qonda 
tarqalishiga  bog’liq  holda  bedor  paytiga  to’g’ri  keladi.  Hayvonlarda  kechadigan 
ba’zi infeksiyalarning surunkali ko’rinishda bo’lganligi tufayli ularning yuqumlilik 
davrining uzoq davom etishiga sabab bo’ladi. 
Qo’zg’atuvchilarning  yuqish  mexanizmi  mazkur  ko’zg’atuvchilarning 
biologik  tur  sifatida  saqlanishini  ta’minlovchi  omil  bo’lib,  u  tarixiy-taraqqiyot 
davomida shakllangan bo’ladi hamda epizootik jarayon paytidagina uning turlarini 
aniqlash mumkin. 
Ba’zi  zoonozlarning  qo’zg’atuvchilari  asosiy  xo’jayin  qonida  joylashganligi 
tufayli  bu  kasalliklarga  asosan  transmissiv  yo’l  bilan  tarqalishi  xosdir.  Aksariyat 
hollarda tabiiy sharoitda transmissiv tarqalish yagona yo’l bo’lib qolishi mumkin 
(obligat-transmissiv  tarqalish  mexanizmi).  Insonga  ham  mazkur  qo’zgatuvchilar 
transmissiv yo’l bilan yuqadi. 
Ayrim  zoonoz  infeksiyalarning  qo’zg’atuvchilarini  transmissiv  va 
notransmissiv  tarqalish  yo’llari  tabiatda  mavjuddir  (fakultativ-transmissiv  yo’l). 
Odamlarga bu qo’zg’atuvchilar notransmissiv yo’l orqali yuqadi. 
Zoonoz 
infeksiyalarda 
qo’zg’atuvchilarning 
organizmda 
joylanishi 
xususiyatlariga ko’ra ularda notransmissiv yuqishini ikki xil yuqish deb hisoblash 
mumkin. U najas-og’iz hamda muloqot mexanizmlarida namoyon bo’ladi. Aerozol 
yo’l bilan yuqish hayvonlar o’rtasida katta ahamiyat kasb etmaydi. Odamlarga bu 
hollarda  qo’zg’atuvchilarning  epidemiologiyaga  ma’lum  bo’lgan  barcha  mavjud 
yo’llar hatto aerozol yo’l (ornitoz) orqali yuqishi mumkin. 
Infeksiyaga  moyillik  -  ma’lum  turlarga  xos  bo’lgan  xususiyat  bo’lib 
qo’zg’atuvchi va xo’jayin orasidagi o’zaro munosabatlarining evolyutsiyasi tufayli 
yuzaga  kelgan  hodisadir.  Moyillik  darajasi  nospetsifik  (chidamlilik)  va  spetsifik 
(immunitet) kabi himoya omillari bilan o’lchanadigan hodisa bo’lib, organizmning 
o’ziga  xos  ta’sirchanligi  bilan  qo’zg’atuvchining  miqdori  va  virulentlik 
xususiyatiga bog’liqdir. Ushbu omillar ta’siri tufayli infeksion jarayonning u yoki 
bu kechishi shakli namoyon bo’ladi. 
E.  N.  Pavlovskiy  ta’limoti  bo’yicha  tabiiy  o’choq  -  bu  shunday  hududki, 
aynan  shu  erda  donordan  retsipientga  qo’zg’atuvchi  yuqadi.  Populyatsiya  nuqtai-
nazaridan  tahlil  qilinganda  tabiiy  o’choq  bu  tashqi  muhitning  o’ziga  xos 
sharoitlari,  kasallik  qo’zg’atuvchisini  tarqatuvchi  hashoratlar  tufayli  mavjudligi 
saqlanayotgan qo’zg’atuvchining populyatsiyasidir. 
Parazitar  tizim  mavjud  bo’lishi  uchun  mazkur  hudud  zarur  bo’lgan  atrof-
muhit rolini o’ynaydi. Epizootik o’choqni (tabiiy o’choq) bo’lishini tashqi va ichki 
omillar ta’minlaydi (15-jadval). 
 
 
 
 

 
61 
15-jadval  
Tabiiy mintaqalar va ularda uchraydigan zooantroponoz kasalliklar 
 
Tabiiy mintaqalar 
Kasalliklar 
Tundra, o’rmontundra 
Toun, lentospiroz (bular boshqa mintaqalarda 
ham uchraydi) 
Tayga, aralash 
o’rmonlar, uzoq sharq 
o’rmonlari 
Kana ensefaliti, buyrak gemorragik isitmasi 
O’rmon dasht 
Kana rikketsiozi, gemorragik isitmalarning har 
xil turlari 
Cho’l 
O’lat, kanali rikketsioz, Ku-isitmasi 
Yarimdasht, mo’tadil va 
subtropik mintaqa dashti 
O’lat, kana spiroxetozi, teri leyshmaniozi, Ku-
isitmasi 
O’rta er dengizi 
mintaqasi 
Kalamush-burga rikketsiozi, 
Marsel isitmasi, Qrim gemorragik isitmasi 
 
Kemiruvchilar misolida insonga bog’liq bo’lmagan kasallik qo’zg’atuvchilari 
rezervuarlaridan birini ko’rib chiqamiz. 
Kemiruvchilar  -  sut  emizuvchilar  sinfiga  mansub  turkumdir. Er  yuzida  800 
ga  yaqin  turi  uchraydi.  Tabiatda  o’lchami  5  sm  gacha  bo’lgan  sichqonlardan  to 
bo’yi 1 m keladigan ulkan kemiruvchilar mavjud. 
Kemiruvchilar  bosh  suyagining  tuzilishiga  va  tishining  tuzilishiga  qarab 
farqlanadilar  (oziq  tish  bo’lmasligi,  kuraktishlar  yoysimon  iskanaga  o’xshash 
bo’lib,  ikki  juftdan  bo’lishi  mumkin).  Bu  tishlarning  birlashgan  ildizi  bo’lmaydi, 
ammo  kemiruvchining  butun  umri  davomida  o’sish  qobiliyatiga  ega  bo’lganligi 
tufayli  dag’al  ovqatlar  iste’mol  qilinganda  yoki  erni  kavlaganda  emiriladigan 
tishlar  o’rni  to’ldirilib  boradi.  Kurak  va  ildiz  tishlari  o’rtasida  tishsiz  oraliq 
(diastema)  mavjud.  Ildiz  tishlar  uqalanib,  o’simlik  oziqlarni  parchalashni 
osonlashtirishga moslashgan. 
Sobiq  ittifoq  hududida  140  tur,  ya’ni  barcha  mavjud  sut  emizuvchilarning 
yarmini  kemiruvchilar  tashkil  etadi.  Har  bir  tabiiy  mintaqada  shu  yerning  o’ziga 
xos  kemiruvchilar  vakili  bor:  dashtlarda  -qumsichqon,  qo’shoyoq,  o’rmonlik 
mintaqada  -  olmaxon,  o’rmon  sichqoni  va  dalasichqoni,  cho’llarda  -  dalasichqoni 
va  yumronqoziq,  daryolar  atrofidagi  vodiylarda  -  ondatra,  suv  kalamushi, 
qunduzlar ko’proq uchraydi. 
Kemiruvchilarda  sharoitga  moslashuv  xususiyati  yaqqol  ko’zga  tashlanadi. 
Olmaxon,  o’rmon  sichqoni,  dalasichqonlar  daraxtlarga  tirmashib  chiqish 
qobiliyatiga  ega.  Cho’llardagi  kemiruvchilarning  vakillari  bo’lmish  dalasichqon, 
sug’ur,  yumronqoziqlar  yer  osti  inlarda  yashab,  yer  yuzida  oziqlanishga 
moslashgandirlar. 
Osiyo  dashtlarining  vakili  bo’lgan  yirik  qumsichqonlar  ko’p  sonli  yer  osti 
yo’llaridan va o’nlab, ba’zan yuzlab  yer yuziga chiqadigan teshiklari bo’lgan  yer 
osti  inlar  (boshpanalar)  da  yashashadi.  Odatda  shunga  o’xshagan  murakkab 

 
62 
inshootlarda  qishga  oziq  g’amlab  qo’yish  uchun  bir  nechta  inxujra  va 
omborxonalar  bo’ladi.  Yirik  qumsichqonlarning  yer  osti  inlarining  chuqurligi  2  - 
2,5  metrgacha  bo’lib,  unda  2  dan  6  gacha  yoki  undan  ham  ko’proq  qumsichqon 
yashaydi. 
Suv havzalarida yashovchi kemiruvchilar organizmi suzishga moslashgandir. 
Barmoqlar  orasidagi  pardalar,  qunduzda  esa  bulardan  tashqari  eshkaksimon  dum 
bo’lishi shu fikrning dalili bo’la oladi. 
Kemiruvchilarning  inshootlarda  (yerosti  inlari  va  uyalari)  yuqumli 
kasalliklarni  tarqatuvchi  ektoparazitlarning  yashashi,  ko’payishi  hamda  hayvonlar 
o’rtasida  tarqalishi imkoniyati  yaxshi  bo’lganligi  tufayli  ham  kemiruvchilar  katta 
epidemiologik  ahamiyatga  egadirlar.  Iqsod,  gamaz  va  qiziltanachali  kanalar, 
burgalar  inson  va  hayvonlar  kasalliklarini  qo’zg’atuvchilarini  tarqatuvchi  hamda 
o’zida  saqlovchi  boshqa  bo’g’imoyoqlilar  kemiruvchilarga  boqimanda 
hisoblanadilar. 
Ko’pgina  kemiruvchilar  o’simlik  mahsulotlari  bilan  oziqlanadilar.  Ularning 
katta guruhi  (sug’ur,  yumronqoziq,  qo’shoyoq)  noqulay  iqlim  sharoit  tug’ilganda 
(yozgi qurg’oqchilik, qish) uyquga (karaxtlik) ketadilar. Sariq yumronqoziq kabilar 
esa yil davomida 9 oy uxlashlari mumkin. 
Kasallik  qo’zg’atuvchilarini  yuqtirib  olgan  yumronqoziq  va  sug’urlar 
organizmida  uyqu  davomida  kasallik  yaqqol  namoyon  bo’lmay,  latent  (yashirin 
holda)  kechadi,  ammo  bedorlik  boshlanishi  bilan  yaqqolmas  infeksiya  (misol 
uchun  o’lat)  yaqqol  ko’rinishiga  o’tib  kemiruvchini  halok  etishi  mumkin.  Ushbu 
holat  kasallik  qo’zg’atuvchilarini  tashuvchi  kemiruvchilar  hisobiga  epizootiyalar 
davrida qo’zg’atuvchilarning tabiatda uzluksiz saqlanishiga imkon yaratadi. 
Yirik  qumsichqonlar  karaxtlikka  o’tmay,  yil  davomida  faol  bo’lishadi.  Ular 
kunduz faol hayvonlar. Ko’payishi erta bahor (mart)da boshlanib butun yoz davom 
etadi.  Urg’ochi  qumsichqon  bir  yilda  3  marta  bolalashi  va  har  safar  5-6  tagacha 
bola tug’ishi mumkin. 
Kemiruvchilarning  ko’payishi  va  ularning  soni  tashqi  muhit  sharoitlariga 
bog’liqdir.  Masalan,  o’nlab,  ba’zan  yuzlab  kilometr  keladigan  masofaga  ko’chib 
yuruvchi  (olmaxon)  kemiruvchilar  sustroq  ko’payadilar.  Kemiruvchilar  inson  va 
uy  hayvonlari  hayoti  uchun  katta  xavf  soluvchi  yuqumli  kasalliklarning 
qo’zg’atuvchilarini  o’z  organizmida  saqlaydilar  va  tarqatadilar.  Ular  tasmasimon 
va chuvalchangsimon parazitlarning ayrim turlari uchun oraliq xo’jayin vazifasini 
o’tashi mumkin. 
Yirik qumsichqon o’tkir nekroz bilan kechadigan teri leyshmaniozi kasalligi 
qo’zg’atuvchisining  manbai  hisoblanadi.  Leyshmanioz  qo’zgatuvchisining  asosiy 
tarqatuvchisi  mayda  iskabtopar  chivindir  (Rh.  papparatasi),  Surxondaryo, 
Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari aholisi o’rtasida o’tkir nekrozli teri leyshmaniozi 
kasalligi  uchrab  turadi.  Shuningdek,  bu  kasallik  1960  yildan  boshlab  Sirdaryo 
viloyatida, 1967 yildan esa Qoraqalpog’istonda ham qayd etilmoqda. 
Surxondaryo  va  Qorasuv  daryolari  oralig’ida  uchraydigan  uysichqon, 
Mirzacho’l  o’chog’idagi  choshgoh  qumsichqon  va  ingichkaoyoq  yumronqozig’i, 
juftoyoq  va  shalpangquloq  tipratikon  leyshmaniozda  qo’shimcha  manba  bo’lib 

 
63 
xizmat  qiladilar.  Kemiruvchilar  tabiiy  o’choqlarda  katta  rol  o’ynaydi. 
Kemiruvchilar  orasida  topilgan  infeksiyalar  haqidagi  ma’lumot  16-jadvalda 
berilgan. 
 
 
16-jadval 
Kemiruvchilarda topilgan yuqumli kasalliklar 
 
 
 
Toun 
 
Lentospiroz  
 
O’lat  
 
Teri 
leyshmaniozi 
Yirik qumsichqon 
 
 


Qizildumli qumsichqon 
 
 


Choshgoh qumsichqon 
 
 

 
Qo’ng’ir qumsichqon 

 

 
Oq quyon 

 
 
 
Kulrang quyon 

 
 
 
Uy sichqon 

 
 
 
Dalasichqon 
 

 
 
Ondatra 
 
 
 

Yirik dalasichqon 
 

 
 
Suv kalamush 



 
Tarabagan sug’uri 
 
 

 
Mayda yumronqoziq 
 
 
 
 
 
O’lat  qo’zg’atuvchilari  manbai  sifatidagi  kemiruvchilarning  rolini 
adabiyotlarda to’laroq yoritilgan. 
O’lat - zoonoz guruhiga kiruvchi o’ta yuqumli kasallik bo’lib, bezli (bubon) 
septik va o’pka shakllarida kechadi. O’pka shakli havo orqali yuqadi. O’lat chala 
yoki  kechikib  o’tkazilgan  chora-tadbirlar  holatida  katta  o’lim  berishi  hamda 
epidemiya,  hatto  pandemiyaga  aylanishi  mumkin.  O’ta  xavfli  (o’ta  yuqumli)  deb 
ataluvchi karantin infeksiyalar guruhiga kiradi. 
Dastavval  kalamush,  so’ngra  tarbagan  sug’uri,  yumronqoziq,  qumsichqon 
hamda  boshqa  kemiruvchilar  o’latning  manbai  ekanligi  isbotlangan.  Uy 
hayvonlaridan tuyalar va muShuklarning o’lat bilan kasallanishi aniqlangan. 
Tabiiy  o’choqlarda  o’lat  qo’zg’atuvchilarining  tarqatuvchilari  (burgalar)  va 
kasallik  manbai  oralarida  o’zaro  bog’liqlik  munosabati  vujudga  keladi.  O’lat 
enzootiyasi  tabiiy  o’choqlarda  muntazam  kechadigan  kemiruvchilar  epizootiyasi 
va  uning  tarqalishi  hisobiga  mavjuddir.  Mavsum  oraliq  davrida  infeksiya  asosan 
qish uyqusiga ketuvchi kemiruvchilar burgalar organizmida saqlanib turadi. 
Infeksiyaning asosiy manbai bo’lib, insonning uy hamda xo’jalik faoliyatiga 
aloqador bo’lgan kemiruvchilarning turlari xizmat kiladi. Kalamushlar to’plangan 
joyda o’lat epizootiyasi vujudga kelsa, insonlar yashash joyida qam o’lat tarqaladi. 
Insonlar 
kalamush 
burgalarining 
chaqishi 
natijasida 
kasallanadilar. 

 
64 
Qo’zg’atuvchilarning  ko’zga  ko’rinmas  teri  orqali  o’ta  olishi  xususiyati  tufayli 
o’latning  bezli  shakli  insonga  infeksiyaning  manbai  bilan  muloqoti  orqali  ham 
yuqishi  mumkin.  Bu  holat,  ya’ni  ushbu  mexanizm  asosan  kemiruvchilarni 
(yumronqoziq,  sug’urlar)  ov  qiluvchilar,  ularning  terilarini  qayta  ishlovchilar, 
kosiblar  yoki  qishloq  xo’jalik  ekinlari  zararkunandalari  sifatida  qirg’in  qilish 
paytlarida yuzaga keladi. 
O’lat  bilan  kasallangan  tuya  so’yilganda,  terisi  shilinganda,  go’shti 
nimtalanganda ham bevosita muloqot yo’li bilan odamlarga o’tishi mumkin. Bunda 
ifloslangan  qo’l  orqali  infeksiya  konyuktivaga,  og’iz  va  burun  shilliq  pardasiga 
kirishi  sodir  bo’ladi.  Shunday  qilib,  teri  (bubon)  o’lati  yuqishining  asosiy 
mexanizmi - zararlangan burganing chaqishi hisoblanadi. 
O’latning profilaktikasida asosan tabiiy o’choqlarda odamlarga infeksiyaning 
yuqishiga  yo’l  qo’ymaslik  hamda  chet  mamlakatlardan  infeksiyani  olib 
kelinmasligiga erishish lozim. 
 
Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling