O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tranzitor tashuvchilar
- Bakteriya tashuvchilar yashaydigan joylarda o’tkaziladigan chora-tadbirlar
- Yuqumli kasallik manbaiga nisbatan choralar
- Yuqish mexanizmiga qarshi chora-tadbirlar.
- Ich terlama va paratiflar epidemik o’chog’ida bemor bilan muloqotda bo’lganlarga nisbatan chora-tadbirlar.
- Vaksinaprofilaktikaning samaradorligini aniqlash.
- Sanitariya-epidemiologik nazorat.
Surunkali tashuvchilar - 3 oydan ortiq bakteriya ajratadilar, ba’zan umrbod ajratadilar. Ularning ulushi og’rib o’tganlarning 3-5%ga to’g’ri keladi. Paratif V da qorin tifiga qaraganda kamroq bakteriya tashuvchilik yuzaga keladi. Tranzitor tashuvchilar - tashuvchilikning bu xili qorin tifi yoki paratif bakteriyalarining infeksiyaga moyil bo’lmagan kishilar ichagiga har qanday tushishlari oqibatida yoki kam miqdorda tushganda vujudga keladi. Bunda mikroblar qonga yoki ichki organlarga o’ta olmaydi va bir necha kungacha ichakdan tashqariga chiqarilib turishi mumkin. Odatda tranzitor tashuvchilikda qo’zg’atuvchi bir marta najasda aniqlanadi. Bakteriyalarning siydik yoki o’t suyuqligida mavjudligi tranzitor tashuvchilikni bekor qiladi. Surunkali tashuvchi yoki tranzitor tashuvchilikni faqat shifoxona sharoitidagina aniqlash mumkin. Oziq-ovqat korxonalarida ishlovchilar orasida bakteriya tashuvchilar aniqlansa, bunday shaxslar ishga qo’yilmaydilar va tashuvchilik turini aniqlash uchun bakteriologik tekshiruvdan o’tkaziladi. Bakteriya tashuvchilarda 5 marta najas va siydik bakteriologik tekshiriladi, bir marta safro va bir marta qon zardobi sisteinda barqaror antitelolarni aniqlash uchun RPGA qo’yiladi. Bakteriologik tekshiruv natijalari manfiy, biroq, serologik tekshiruv natijalari musbat chiqqan hollarda najas, siydik va safroni yana qaytadan tekshiriladi. Agarda shifoxona sharoitida oziq-ovqat korxonasi ishchilarida tranzitor tashuvchilik aniqlansa, bunday shaxslar ishga qo’yilmadi, keyinchalik 2 yil davomida bunday shaxslarning har chorakda (xuddi o’tkir tashuvchilik aniqlangan hollardek) siydik va najaslari tekshirilib turiladi. Ich terlama va paratif kasalliklari bakteriyalari yana bir marta bo’lsa ham safrodan, siydikdan ajratib olingan shaxslar surunkali tashuvchi deb hisoblanadi. Surunkali tashuvchilik aniqlanganda, Shuningdek oziq-ovqat korxonasi xodimlari shifoxonada tekshirishdan bosh tortsalar, ular ishga qo’yilmaydi, surunkali tashuvchilar kasblarini o’zgartirishlari lozim. Maktab, maktab-internat o’qituvchilari orasida ich terlama va paratif qo’zg’atuvchilarini tashuvchilik aniqlansa, ular o’qishga qo’yiladi, lekin oziq- ovqat mahsulotlarini tayyorlash, transportirovka qilish va tarqatishga doir ishlarga jalb qilinmaydilar. Yasli va bog’chaga boradigan bolalar orasida tashuvchilik aniqlansa, ular bog’cha va yasliga qo’yilmaydi va shifoxonaga tekshirishga yuboriladilar, chunki ularda tashuvchilik qisqa muddatli bo’ladi, agar tashuvchilik davom etaversa, ularni bog’cha yoki yasliga qo’yishni aniq vaziyatni hisobga olgan holda hal qilinadi. Agar oziq-ovqat korxonasi xodimi yoki unga tenglashtirilgan kasb egalari oila a’zolaridan birida surunkali tashuvchilik aniqlansa, ular ishdan chetlashtirilmaydi va mahsus tekshiruvdan o’tmaydi. Tashuvchi yashash joyini o’zgartirsa, u haqidagi ma’lumotlar yangi yashash joyi bo’yicha DSENMga yuboriladi. Har bir surunkali tashuvchida qo’zg’atuvchining fagotipi aniqlanib, 364- shakldagi ro’yxatga yozib qo’yiladi. Bemor va bakteriya tashuvchilar shifoxonadan klinik tuzalgandan so’ng va 3 marta siydik va najasni tekshirilganda manfiy natija 124 bersa, shifoxonadan chiqarilib yuboriladi. Birinchi tekshirish isitma tushgandan keyin 5 kun o’tgach o’tkaziladi, keyinchalik esa 5 kunlik tanaffus bilan o’tkaziladi. Antibiotik olgan rekonvalessentlar normal haroratning 21 kunidan, olmaganlar esa 14-kunidan keyin shifoxonadan chiqariladilar. Shifoxonadan oldingi (chiqarishdan oldingi) tekshirishda bemorda qorin tifi yoki paratif qo’zg’atuvchilarining aniqlanishi, shifoxonadan chiqarishga to’sqinlik qila olmaydi. Dispanser nazorati. Qorin tifi bilan og’rib o’tgan barcha shaxslar kasbidan qat’iy nazar 3 oy davomida dispanser sharoitida nazoratda bo’ladilar. 1-oyda haftada 1 marta, keyingi oylarda 2 haftada harorati o’lchab turiladi. Harorati ko’tarilganda yoki bemorning umumiy ahvoli og’irlashganda yana bir bor tekshiriladi. Oziq-ovqat korxonasi ishchisi bo’lgan rekonvalessentlar 1 oy asosiy ishdan chetlashtirilib, boshqa ishga qo’yiladilar, ko’rsatilgan muddat oxirida ularda najas va siydik 5 marotaba tekshiriladi: a) bir oydan keyin ham bakteriya tarqatsalar, ular oziq-ovqat bilan bog’liq bo’lmagan ishga o’tkaziladilar. 3 oy o’tgach, unday shaxslar chuqur bakteriologik tekshiruvdan o’tadilar. Ularda 1 -2 kunlik oraliq bilan 5 marta najas va siydik, bir marta safro tekshiriladi. Manfiy natija bo’lsa, ishga qo’yiladi. 2 yil davomida bakteriologik tekshiruvdan o’tkazilib turiladi. 2 yil o’tgach ularda sistein bilan passiv gemagglyutinatsiya reaksiyasi qo’yiladi. Agar bunda musbat natija chiqsa, 5 marta najas va siydik, manfiy bo’lsa, najas, siydik 1 marta safro tekshiriladi. Serologik va bakteriologik manfiy natija bergan shaxslar ro’yxatdan o’chirilmaydilar va butun ish faoliyati davomida har yili bir martadan najas va siydiklari tekshiriladi. b) bir oydan keyin o’tkazilgan tekshirishda manfiy natija bergan shaxslar o’z kasblari bo’yicha ishga qo’yiladilar, 2 oy davomida najas va siydik tekshiriladi. Uchinchi oy oxirida bir marta safro tekshiriladi. Qo’zg’atuvchilar qayta ajratib olinmasa u shaxslar 2 yil davomida har chorakda (najas va siydik bir martadan) tekshirib turiladi, keyinchalik yuqorida qayd etilgan sxema bo’yicha o’tkaziladi. Agar 3 oydan keyingi tekshiruvning bittasida bo’lsa ham ich terlama va paratif bakteriyalari ajratib olinsa, unday shaxslar surunkali bakteriya tashuvchi deb tan olinadi va ishdan chetlashtiriladi, ular o’z kasbini o’zgartirishi kerak bo’ladi. Barcha surunkali bakteriya tashuvchilar butun hayoti davomida yashash joylaridagi DSENMlari ro’yxatida turadilar. Rekonvalessent va tashuvchiga shaxsiy gigiyena va dezinfeksiya o’tkazish tadbirlari qatiyligi tuShuntiriladi. Yashash joyi bo’yicha surunkali tashuvchilarni o’zi yoki oila a’zolaridan biri choralarni o’tkazadi. Hamma epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni nazorat qilish DSENM xodimlariga yuklatiladi, yashash joyi bo’yicha bakteriya tashuvchini bir yilda bir marta borib ko’radilar. Bakteriya tashuvchilar yashaydigan joylarda o’tkaziladigan chora-tadbirlar: 1. Sanitariya-oqartuv ishlari. Har bir qorin tifi yoki paratif bilan og’rib o’tgan shaxslarda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, joriy dezinseksiya o’tkazish va boshqalar aks ettirilgan maxsus eslatmalar beriladi. 2. Joriy dezinfeksiya. 3. DSENM xodimlari bakteriya tashuvchilarning yashash joyi bo’yicha bir 125 yilda bir marta qilayotgan chora-tadbirlarni nazorat qilish uchun borib ko’radilar. 4. Bakteriya tashuvchilar o’choqlaridan sut va sut mahsulotlarini topshirish va sotish man etiladi. Yuqumli kasallik manbaiga nisbatan choralar: 1. Isitmasi yuqori bemorlarni aktiv va passiv aniqlash. May oyidan to oktyabr oyigacha bo’lgan davrda medicina xodimlari o’zlariga biriktirilgan har bir xonadonga haftada 1 marta kirib chiqishlari lozim. Isitmasi bor barcha bemorlar birinchi kuniyoq, vrach ko’rigidan o’tishlari lozim, agarda u tif-paratifoz kasalligiga Shubha qilingan bo’lsa, provizor bo’limi yoki palataga yotqiziladi. 2. Barcha provizor bo’limiga yotqizilgan isitmasi bor bemorlar birinchi 24 soat mobaynida gemokulturaga tekshirilishi kerak, bundan tashqari diagnozi aniqlanmagan holda 3 kundan ortiq isitmalab yotgan shaxslar ham gemokulturaga tekshiriladi. 3. Barcha diagnozi aniqlanmagan bemorlar yoki gripp, bronxit, O’RK diagnoz qo’yilgan va isitmasi 3 kundan ortiq ko’tarilgan, hamda ambulatoriya sharoitida davolash uchun uyida qoldirilgan bemorlar qoni gemokulturaga tekshiriladi. 4. Epidemiyaga qarshi choralarning muhim bo’limlaridan biri o’t va siydik yo’llari kasalliklariga chalingan shaxslar, oziq-ovqat korxonasi ishchilari va unga tenglashtirilgan kasb egalari orasida bakteriya tashuvchilarni aniqlashdir. Bahor va kuz oylarida bakteriologik va serologik tekshirishga quyidagilar jalb qilinishlari lozim: shaxsiy tartibda sut va sut mahsulotlarini, oziq-ovqat mahsulotlari, uyda tayyorlangan mahsulotlarini tarqatuvchilar (realizatsiya qiluvchilar), shuningdek bayram va turli tadbirlarda ovqat tayyorlovchilar. Aniqlangan epid.o’choqlarga nisbatan sanitariya-sog’lomlashtirish va epidemiyaga qarshi tadbirlar ishlab chiqiladi. 5. Tif-paratifoz kasalliklar bo’yicha noqulay sharoitli joylarda yashovchi barcha surunkali tashuvchilar yil davomida 4 kunda 1 marta tegishli bakteriofag qabul qilishlari shart. Yuqish mexanizmiga qarshi chora-tadbirlar. Ich terlama epidemik o’chog’ida bemor gospitalizatsiya qilinguncha joriy, gospitalizatsiya qilingach, yakuniy dezinfeksiya qilinadi. Bemorning najasi, kusuq moddalari xlorli ohak sepilib, aralashtirilib yuboriladi, 1 kg chiqindiga 200 g. preparat. Siydik xlorli ohak bilan aralashtiriladi (1l siydikka 10 g preparat). Chiqindilar bo’lgan idishlar dezinfeksiyalovchi eritma bilan zararsizlantiriladi (1% li xloramin eritmasi - 1 soatga). Bemorning idish-tovog’i ovqat qoldig’idan tozalanib, 1 soatga dezinfeksiyalovchi eritmaga bo’ktiriladi (1% li xloramin eritmasi). Ovqat qoldiqlari qaynashidan boshlab 15 daqiqa davomida qaynatiladi yoki xlorli ohak bilan aralashtirilib yuboriladi. Kiyimlar 2%li sodali eritmada 15 daqiqa qaynatiladi yoki 60 daqiqa davomida 0,2%li xloramin eritmasiga bo’ktirib qo’yiladi, keyin yuviladi. Hovlidagi axlatlarni, hojatxona, axlat quvurlari 10% li xlorli ohak eritmasida zararsizlantiriladi. Surunkali bakteriya tashuvchilar uylarida dezinfeksiya o’tkaziladi. Dezinfeksiya yil davomida 1 haftada 1 martadan o’tkaziladi. Dezinseksiya - apreldan to oktyabrgacha 1 haftada 1 marta o’tkaziladi. Dezinfeksiya va dezinseksiya aholi tomonidan amalga oshiriladi. DSENM tegishli 126 preparatlar bilan ta’minlaydi. Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash, vodoprovod yo’q joylarda har kuni toza ichimlik suvini tashib keltirish tashkil etiladi, dala joylarda suvni qaynatish tashkil etiladi. Ochiq suv havzalarining ifloslanishining oldini olish (suv havzalari yaqinida joylashgan hojatxonalarni yo’qotish), chiqindilar tashlanadigan joylarni yo’qotish, chorvachilik fermalari chiqindilarini suvlarga tushishining oldini olish. Maxsus ajratilgan joylarga chiqindilarni yig’ish va zararsizlantirish. Surunkali tashuvchilar yashaydigan joylarda markazlashtirilgan vodoprovod suvlaridan, ochiq suv havzalaridan, umumiy ovqatlanish korxonalaridan, maktabgacha bolalar muassasalaridan, maktablardan, uylardagi suv tarmoqlaridan suv olib har 10 kunda laboratoriya tekshiruvini o’tkazish. Mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda aniq dalillarni keltirib, aholi orasida gigiyenik tarbiya va sanitariya bilimlarini targ’ibot qilish. Barcha og’rib o’tganlar va surunkali tashuvchilar o’zlarini qanday tutishlari haqidagi eslatma bilan ta’minlanishlari zarur. Ich terlama va paratiflar epidemik o’chog’ida bemor bilan muloqotda bo’lganlarga nisbatan chora-tadbirlar. Muloqotda bo’lganlar bemor gospitalizatsiya qilinganidan boshlab ich terlamada 21 kun davomida tibbiyot xodimlari nazoratida bo’ladilar. Paratif bemorlari bilan muloqatda bo’lganlar esa 14 kun davomida tibbiy kuzatuvda bo’lishadi. Har kuni ularning tana harorati o’lchanadi, sog’ligi kuzatib turiladi. Muloqotda bo’lganlarni 1 marta najas bakteriologik va zardob sistein bilan RPGAda serologik tekshiriladi. Agar qo’zg’atuvchi najasdan bir marta ajratilib olinsa, tashuvchilik turini aniqlash uchun safro, siydik va najas qaytadan tekshiriladi. Serologik reaksiya musbat chiqsa, bir martadan najas, siydik va safro tekshiriladi. Muloqotda bo’lganlarga bakteriofag beriladi. Bakteriofag berishning birinchi qismi bemor gospitalizatsiya qilinganidan so’ng, ikkinchi qismi uyga qaytishdan oldin o’tkaziladi (3 kunda 1 marta bakteriofag qabul qili-nadi). Suv yoki oziq-ovqat orqali kasallik birdan epidemik avj olsa, muloqotda bo’lganlardan tashqari o’sha hududda yashovchi aholiga ham bakteriofag beriladi. Bakteriofag och qoringa ovqatlanishdan 2 soat oldin qabul qilinadi. 6 oydan-3 yoshgacha bo’lgan bolalarga 1 tabletka, 3 yoshdan kattalarga 2 tabletka beriladi. 0,5 % li sodali suv ichib yuboriladi. Bakteriofaglarni qo’llanishiga qarshi ko’rsatmalar yo’q. Ich terlama va paratif kasalliklari bo’yicha yuqori kasallik ko’rsatkichiga ega bo’lgan hududlarda mavsumiy ko’tarilishlar davrida surunkali bakteriya tashuvchilar orasida ham ularning epidemiologik jihatdan xavfini kamaytirish uchun faglashni o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Maxsus profilaktika. Rejali ravishda emlashga kasallanish bo’yicha noqulay tabaqalar jalb qilinadilar, bularga kasallanish bo’yicha noqulay ahvoldagi joylarga ko’chib kelganlar kiradi. Ular ko’chib kelishdan oldin o’z joylarida yoki ko’chib kelganlaridan so’ng yangi joylarida darhol emlanishlari lozim. Bunda albatta yangi ko’chib kelgan joydagi kasallanishning mavsumiy ko’tarilish vaqtini e’tiborga olish kerak. Profilaktik emlashga, shuningdek, qurilish ishchilari va ulariing 127 oilalari xam yangi qurilish ob’ektlariga toza suv berilishini ta’minlangunga qadar jalb qilinadilar. Agarda ma’lum bir tabaqaga tegishli aholi ich terlama va paratif kasalliklari bo’yicha kasallanish yuqori darajadagi joylarga mavsumiy ishlarga ketayotgan bo’lsalar, ularga xam profilaktik emlash o’tkaziladi. Rejali ravishda emlash kanalizatsiya tarmoqlari va aholi yashaydigan joylarda tozalash ishlarini olib boruvchi ishchilarga, yuqumli shifoxonalar tibbiyot xodimlariga, bakteriologik laboratoriya ishchilariga, shaharlararo suv transportida ishlovchi xodimlarga, umumiy ovqatlanish korxonalaridagi ishchilarga, ularning atrofida surunkali tashuvchilar bo’lgan hollarda o’tkaziladi. Sanitariya epidemiologik jihatdan uzoq muddat nosog’lom vaziyatda bo’lgan aholi punktlarida barcha aholiga emlash o’tkaziladi (epidemik xavflilik darajasi 16 balldan yuqori). Yuqori kasallanish xavfi yuzaga kelgan hollarda har qanday hududlarda epidemiologik ko’rsatmalarga binoan aholi orasida aktiv emlash ishlarini tashkil etish va o’tkazish zarur. Masalan: tabiiy ofatlar yuz berganda epidemik avj olishlar yuz berishi mumkin. Agarda ich terlamaning avj olishi yuz bergan bo’lsa, vaksinatsiya o’tkazish maqsadga muvofiq emas. Immunitetning hosil bo’lish vaqtini hisobga olgan holda emlash ishlarini mavsumiy ko’tarilishdan 3-4 hafta oldin boshlash maqsadga muvofiq. Barcha emlanganlar 063/x shaklga va 064/x shaklga hisobga olinadilar, bunda albatta emlanish vaqti, dozasi ko’rsatilishi kerak. Ich terlamaga qarshi emlash uchun hozirgi vaqtda ikki xil vaksina preparati qo’llaniladi: kimyoviy sorbitlangan ich terlama vaksinasi (katta yoshdagilarni emlash uchun) va Vi- antigen bilan boyitilgan spirtli ich terlama vaksinasi (kichik yosh dagilarni emlash uchun). Revaksinatsiya 1 yildan keyin o’tkaziladi, biroq epid.ko’rsatmalarga binoan bir necha oylardan keyin ham o’tkazilishi mumkin. Fagoprofilaktika. Ich-terlama va paratifga qarshi quyidagi hollarda yoppasiga bakteriofag beriladi: 1) suv orqali tarqaladigan surunkali ich terlama va paratif epidemiyalarida; 2) sut va sut mahsulotlari orqali kasallik o’tkir epidemik avj olganda; 3) suv va kanalizatsiya tarmoqlarida avariya bo’lganda. Bu hollarda bakteriofag 3-4 kunda bir marta beriladi, 1 maydan to 1 - noyabrgacha. Bakteriofaglar yoppasiga qo’llanilishi kerak bo’lgan aholi tabaqasini epidemiolog-vrach epidemiologik vaziyatni, infeksiyaning tarqalganlik darajasini va qo’zg’atuvchining aktivligini, vaqtini hisobga olgan holda belgilaydi. Surunkali suv epidemiyalarida faglashni kasallanishning ko’tarilishi davrida o’tkazilishi tavsiya qilinadi. Ich terlama kasallanishi bo’yicha doimiy yuqori ko’rsatkichlarda saqlanib kelayotgan hududlarda kasallanish ko’tarilishi davrida surunkali bakteriya tashuvchilarga, ularning epidemiologik xavfliligini kamaytirish maqsadida faglash o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Sanitariya-gigiyena qoidalari qoniqarsiz ahvolda bo’lgan nosog’lom epid.holatli alohida muassasalarga yoki jamoa orasida kasallanish hollarining oldini olish maqsadida yoppasiga faglash o’tkazish tavsiya qilinadi. Bakteriofaglarni qo’llashga qarshi ko’rsatmalar yo’q. Bakteriofaglarning har bir seriyasi ularning faolligini aniqlash maqsadida (lizis) shu joydan ajratib olingan qo’zg’atuvchilar kulturasi bilan tekshirib ko’riladi. 128 Vaksinaprofilaktikaning samaradorligini aniqlash. Ich terlamada vaksina profilaktikaning samaradorligini aniqlashda quyidagilar zarur: 1) emlanganlar va emlanmaganlar orasida kasallanishni aniqlash; 2) emlash ishlari yoki boshqa choralar natijasida aholi orasida kasallanish hollari kamayganligi yoki yo’qligini aniqlash; 3) kasallanishning kamayganligi yoki o’sganligidan qatiy nazar emlash ich terlamani bir qismining oldini olganligi yoki yo’qligini tekshirish; 4) vaksinani profilaktik samaradorligining yo’qligi emlash ishlarini noto’g’ri rejalashtirish va amalga oshirish bilan yoki boshqa biron bir sabab bilan bog’liq ekanligini aniqlash. Sanitariya-epidemiologik nazorat. Malakali o’tkazilgan sanitariya- epidemiologik tahlil vaksinaprofilaktikaning samaradorligi va o’tkazilgan epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni baholashning ajralmas sharti bo’lib hisoblanadi, bu tahlil o’zida ayrim kichik uchastkalarda, ayniqsa kasallanish bo’yicha ahvol yaxshi bo’lmaganida, suv ta’minoti, kanalizatsiya va aholi yashash joylarini chiqindilardan tozalash haqidagi amaldagi ko’rsatmalarni yig’ish va qayta ishlashni nazarda tutadi. Ich terlama, paratif A va V bo’yicha oxirgi besh yil ichidagi kasallanishlar alohida-alohida tahlil qilinadi va kasallanganlarning yoshi, jinsi, kasbi, mavsumiylik ko’rsatkichlarini hamda infeksiya manbai va yuqtirish omillarini o’z ichiga oladi. Har bir o’choq epidemiolog-vrach tomonidan tekshiriladi. REA natijasida aniqlangan xavfli guruhlar o’rtasida (suv omili, oziq-ovqat omillari) immunologik nazorat tekshiruvlari o’tkazish mumkin. Yuzaga kelgan avj olish hollarida yoki aniqlangan kasallanishlar ko’rsatkichlarining sezilarli ko’tarilishlarida infeksiyaning turli xildagi omillar orqali yuqishini baholash lozim, bunda har bir omil ta’sir etishining qay darajada uchrashi aniqlanadi, daryolar, ariqlar suvidan iste’mol qiluvchilar miqdori (% hisobida), turli taomlarni iste’mol qilish va tegishli ravishda kasallanmaganlarning guruhi. Yuqish omillarini aniqlashda infeksiya manbaini topish va bemorlardan ajralayotgan qo’zg’atuvchi fagotipini aniqlash zarur. Ich terlama bilan kasallanishning kamayishida chora-tadbirlarni epidemik jarayonning barcha zvenolariga nisbatan olib borish muhim rol o’ynaydi. Eng asosiy chora-tadbirlarga aholini toza, sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash va sanitariya-gigiyenik choralar kiradi. 129 MAVZU 12. SALMONELLYOZLARNING EPIDEMIOLOGIYASI, PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI 1. Mashg’ulotning maqsadi: Salmonellyozlar epidemiologiyasi, profilaktikasi va epidemiologik nazorati bilan tanishtirish. 2.O’qish joyi va vaqti: 4 soat amaliy mashg’ulot, 2 soat mustaqil ish. Mashg’ulot epidemiologiya kafedrasida o’tkaziladi. 3.Ushbu mavzuni o’tgach talaba quyidagilarni bilishi kerak: 3.1. Aholining yuqumli kasalliklar bilan kasallanishida salmonellyozlarning o’rni. 3.2. Salmonella tifimurium gospital shtammining o’ziga xos xususiyatlari va salmonellyozlar qo’zg’atuvchilarining turlari. 3.3. Salmonellyozlarning sporadik va guruh-guruh bo’lib kasallanishida epidemik jarayon rivojlanishi mexanizmi va namoyon bo’lishining o’ziga xos xususiyatlari. 3.4. Salmonellyozlarning antroponoz va zooantroponoz shaklda tarqalishi va ularda epidemik jarayonning o’ziga xos xususiyatlari. 3.5. Salmonellyozlarning yosh bolalar orasida tarqalishida epidemik jarayonning o’ziga xos xususiyatlari. 3.6. Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarning samaradorligi. 3.7. Epidemiologik nazoratni tashkil etish. 4. Talaba mashg’ulot davrida quyidagilarni o’rganishi kerak: 4.1. Salmonellyozlarning sporadik va guruh-guruh bo’lib kasallanishida epidemik jarayon rivojlanishini baholash, uning rivojlanish shart-sharoitlarini ocha bilish. 4.2. Salmonellyozlarning epidemik o’choqlarida epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni tashkil etish va o’tkazish. 5. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi. 5.1. Kirish, mashg’ulot maqsadini tuShuntirish va mavzu ma’nosini anglab olish. 5.2. Talabalarning Shu mavzu yuzasidan bazis bilimini aniqlash. 5.3. Salmonellyozlarning epidemiologiyasiga taalluqli savollarni muhokama qilish. 5.4. Salmonellyozlar tarqalishida hayvonlarning va odamlarning epidemiologik ahamiyati. 5.5. Salmonellyozlarning yuqish yo’llari va mexanizmi, oziq-ovqat va maishiy-muloqot yuqish yo’llarini tavsifi. 5.6. Salmonellyozlar bilan kasallanishning ko’p yillik va bir yillik dinamikasining o’ziga xos xususiyatlari, salmonellyozlar bilan kasallanishning aholi guruhlari orasida tarqalganligi. 5.7. Salmonellyozlarda epidemiyaga qarshi va profilaktik chora-tadbirlar. 5.8. Salmonellyozlarda epidemiologik nazoratning mazmuni. 5.9. Holatiy masalalarni yechish. 5.10. O’tkazilgan mashg’ulotning o’zlashtirilganligini tekshirish. 5.11. Keyingi mashg’ulotga vazifa berish. 130 6. Talabalarning mustaqil ishi. 6.1. Mavzu bo’yicha tavsiya qilingan adabiyotlarni o’rganish. 6.2. Axborot uchun materiallarini o’rganish. 6.3. Mavzuga tegishli masalalarni yechish. 6.4.Salmonellyozlarning epidemiologik nazorati sxemasini tuzish. 7. Tavsiya etilgan adabiyotlar: 7.1. Belyakov V.D., Yafaev R.X. Epidemiologiya M. 1989 y. 382-386 bet. 7.2. Salmonellyoz pod.red. Pokrovskogo V.I., Kilesso V.D. i dr. Toshkent 1989 y. 7.3. Salmonellyoz Usmanov M.K., Mirtazaev O.M. Toshkent 1991 y. 7.4. O.M.Mirtazaev. "Salmonellyozlar va ularning oldini olish". Toshkent 1993. Ibn Sino nashriyoti. 7.5. Ma’ruza "Salmonellyozlarning epidemiologiyasi va profilaktikasi". 7.6. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi 1993y. 06.10. 491- buyrug’i "O’zbekiston Respublikasida salmonellyoz kasalliklarini oldini olish chora-tadbirlari haqida". 7.7. SanPiN 0005-95 "Sanitarno-protivoepidemicheskie pravila ispolzueme v epidemiologicheskom nadzore za salmonellyozami". Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling