О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov
Kichik qon aylanish doirasi
Download 6.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Biologiya 8
Kichik qon aylanish doirasi o‘ng qorinchadan chiqadi
gan o‘pka arteriyasidan boshlanadi. Yurak qisqarganida o‘ng qorinchadagi qon o‘pka arteriyasiga chiqariladi. 0 ‘pka arteriyasi ikkiga tarmoqlanib, chap va o‘ng o‘pkalarga boradi. 0 ‘pkalarda arteriyalar kapillarlarga tarmoqlanadi. Kapillarlar o‘pkadagi mayda havo pufakchalari - alveolalami o‘rab oladi, Qon kapillarlar orqali oqib o'tayotganida undagi karbonat angidrid alveolalarga, kislorod alveolalar havosidan qonga o‘tadi. Kislorodga to'yingan qon arteriya qoni deyiladi. Kapillarlar o‘zaro ketma-ket birlashib, to'rtta o‘pka venasini hosil qiladi. Bu venalar orqali arteriya qoni yurakning chap bo‘lmasiga oqib keladi. Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib W ring: 1. Qon tomirlari va ularga xos belgilar bilan birga juftlab yozing: A - arteriyalar, В - aorta, D - venalar, E - kapillarlar; 1 - organlarga qon olib boradi, 2 - devori qalin va elastik, 3 - devori uch qavatli, ynpqa, 4 - devori bir qavat hujayralardan iborat. 2. Katta qon aylanish doirasi boylab qon o'tadigan organlami tartib bilan joylashtiring: A - oldingi va keyingi kovak venalar, В - kapillarlar, D - arteriolalar, E - chap yurak qorinchasi, F o‘ng yurak bo‘lmasi, G aorta, H arteriyalar. 60 3. Kichik qon aylanish doirasi bo'ylab qon o‘tadigan organlami yurakdan boshlab tartib bilan jpylashtiring: A - o'pka kapillarlari, В - chap yurak bo‘lmasi, D - o‘ng yurak qorinchasi, E - o‘pka arteriyalari, F - o‘pka venalari. 0 ‘ylab javob bering: 1. Yurak kishi hayoti davomida charchamasdan to‘xtovsiz ishlab turadigan nasos hisoblanadi. Nima sababdan yurak charchamaydi? 2. Yurakning chap qorincha va chap bo'lmasida kislorodga to‘yingan qon boladi. Lekin yurakni yurak toj arteriyalari kislorod va oziq moddalar bilan ta’minlaydi. Nima uchun yurak o‘z kameralaridagi qondan fpydalanmaydi? Download 6.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling