О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

62
 J


40-rasm. Limfa sistemasi: 1 -boshdagi limfa tomirlari,
- venalar, 3 - ichki organlar limfa tomirlari4 -  limfa 
tugmlari, 5 -  qo‘l limfa kapillarlari, 6 - oyoq limfa 
kapillarlari.
kunduzda 1200-1500 ml limfa suyuqligi limfa tomir- 
laridan vena qon tomirlariga quyiladi. Buning o‘rniga 
to‘qimalardagi suyuqlikdan limfa hosil bo‘lib turadi.
Limfa sistemasi limfa suyuqligining limfa tomirlari bo‘y- 
lab oqishi va to‘qimalardan ortiqcha suyuqlikning olib 
chiqib ketilishini ta’minlaydi. Limfa sistemasi to'qima­
lar suyuqligida joylashgan bir uchi berk limfa kapillar- 
laridan boshlanadi (40-rasm). To'qima suyuqligi limfa 
kapillarlariga o‘tib, limfa suyuqligiga aylanadi. Limfa 
kapillarlari o‘zaro birlashib, yirik limfa tomirlarini hosil 
qiladi. Bu tomirlar barcha organlar orqali o‘tadi. Lim­
fa tomirlarining ichki devorida joylashgan klapanlar
limfaning teskari tomonga oqishiga yo‘l bermaydi. Klapanlar tufayli limfa faqat 
oldinga qarab oqadi. Limfa tomirlari bo‘ylab limfa tugunlari joylashgan (41-rasm). 
Tugunlar mikroorganizmlarni tutib qoluvchi filtr hisoblanadi. Limfa tugunlarida 
ko‘plab hosil boladigan limfotsit hujayralar organizmning immun reaksiyalarida 
faol ishtirok etadi. Limfa tugunlari qoltiqosti, bo‘ym, tirsak va tizza bo‘g‘im- 
lari, ko'krak va qorin bo‘shlig‘ida ayniqsa ko‘p boladi.
Limfa qon, to‘qima suyuqligi bilan birgalikda organizm 
ichki muhitini hosil qiladi. Barcha limfa tomirlari o‘zaro 
birlashib, limfa oqimlarini hosil qiladi. Limfa oqimlari 
esa yirik venalarga kelib quyilib, tomirlarda qon bilan 
aralashib ketadi. Ana shu tariqa to‘qima suyuqligi qon 
oqimiga qaytib keladi.
41-rasm. Limfa va qon aylanish sistemasi o'rtasidagi bog‘- 
lanish: 1 -  limfa tugunlari, 2 -  limfa kapillarlari, 3 -  arteriya 
qoni, 4 -  yurak, 5 -  vena qoni, 6 -  limfa tomirlari.


Taloq 
qorin bo‘shlig‘i chap tomonining yuqori qismida, ya’ni chap qovurg'alar 
ostida joylashgan. Uning massasi katta odamda 140 200 g.
Taloqda limfotsitlar hosil bo'ladi va ular limfa tomirlariga chiqarib turiladi. 
Limfotsitlar odam organizmining immunitet xususiyatini ta’minlashda ishtirok 
etadi. Demak, taloq organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilish (immunitet) 
vazifasmi bajarishda ishtirok etadi. Bundan tashqari, taloqda qonning ortiqcha 
qismi zaxira holda to‘planadi va u qon deposi vazifasini bajaradi. Shu bilan birga 
taloqda qonning yashash muddatini o‘tagan shaklli elementlari (eritrotsitlar va 
leykotsitlar) parchalanadi.
Jismoniy mehnat va sport bilan shug‘ullanganda taloqda limfotsitlar hosil 
bo‘lishi ko‘payadi. Demak, bunda odam organizmining immuniteti kuchayadi.
Tepshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko‘ring:
1. Turli xil holatlar va ularga mos keladigan qon bosimini juftlab ko‘rsating: A - yurak 
muskullari bo‘shashganda, В - kapillarlarda, D - yurak muskullari qisqarganida; 
1 - 1 5 mm, 2 - 110-120 cm, 3 - 70-80 mm.
2. Qon aylanish. sistemasining turli qismlari va ularga mos keladigan qonning oqish 
tezligini juftlab ko‘rsating: A - kapillarlarda, В - aortada, D - venalarda; 1 -

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling