О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8



d
42-rasm.
Chekish ta’sirida qon tomirlarining torayishi 
(qo'lning teplovizor orqali olingan surati): 

 chekishgacha, 
b, d
 bitta sigareta 
chekilgandan so‘ng (
b


va 
(d)
17 
minut o‘tgach.

-
Biologiya (Odam va uning salomalligi), 8-sinf
65


Yurak-qon tomir sistemasiga, ayniqsa, alkogol va tamaki zahari — nikotin 
katta ta’sir ko'rsatadi. Alkogol yurak muskullari qisqarish kuchini pasaytirib, 
nafas olishni qiyinlashtiradi. Chekish qon tomirlari devori qalinlashib, mo‘rtlashib 
qolishiga sabab bo‘ladi. Yetarli kislorod va oziq moddalar bilan ta’minlanmagan 
yurak muskullari kuchsizlanib qoladi. Yurak ishining buzilib, organlarning qon 
bilan ta’minlanishining izdan chiqishi organizmning immun sistemasini ham 
kuchsizlantiradi. Tekshirishlarning ko'rsatishicha, har bir chekilgan sigaretadan 
so‘ng qon tomiri 30 minut davomida siqilgan holatda turadi (42-rasm). Shu 
sababdan kashandalar qon tomiri doimo toraygan holatda bo'ladi. Qon tomirlarining 
siqilib qolishi oqsoqlanish va yurganda qattiq og‘riq paydo boHishiga, oqibatda 
nogironlikka olib keladi.
Yurak va qon tomirlari kasalliklarining oldini olishda yuqorida ko‘rsatilgan 
zararli odatlarni bartaraf etish bilan birga jismoniy mehnat, mashq qilish va 
sport bilan shug'ullanish orqali yurakni chiniqtirish ham katta ahamiyatga ega. 
Muttasil jismoniy mashqlar (yurish, yugurish, gimnastika va boshqalar) yurak 
muskullariga qon oqib kelishini kuchaytirib, ularni kislorod va oziq moddalar 
bilan ta’minlanishini yaxshilaydi.
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko‘ring:
1. Yurak ishini boshqaradigan omillar va ularning funksiyasini juftlab ko‘rsating: A -
simpatik nervlar, В - parasimpatik nervlar, D - adrenalin, kalsiy tuzlari, E - kaliy 
tuzlari; 1 - yurak qisqarishini kuchaytiradi, 2 - yurak qisqarishi tezligi va kuchini 
kamaytiradi, 3 - yurak qisqarishi kuchi va tezligini oshiradi, 4 - yurak qisqarish 
kuchini kamaytiradi.
2. Jismoniy ish bajarilayotganda yurak ishining boshqarilishi jarayonini tartib bilan 
ko'rsating: A - yurakning qisqarish kuchi va qisqarish tezligi oshadi, В - buyrakusti 
bezining adrenalin ishlab chiqarishi kuchayadi, D - muskullar kislorod va oziq 
moddalar bilan ko'proq ta’minlanadi, E - simpatik nervlar orqali nerv impulslari 
yurakka boradi, F - qon tomirlariga ko‘proq qon haydaladi.
0 ‘ylab javob bering:
Nima sababdan yurak o‘qtin-o‘qtin qisqarib qonni haydashiga qaramasdan, tomirlarda 
qon uzluksiz oqib turadi?


Qon ketishining organizmga ta’siri. 
Odam tomirlari bo‘ylab 5 litrga yaqin 
qon oqib turadi. Qon tomirlari jarohatlanib, ko‘p qon yo‘qotilganida qon bosimi 
pasayib ketadi. Miya, yurak va barcha organlarning kislorod bilan ta’minlanishi 
izdan chiqib, odam hayoti uchun jiddiy xavf tug‘iladi. Odam 2-2,5 litrdan 
ko‘proq qon yo‘qotganida halok bo'ladi. Ayniqsa, arteriyalar va yirik venalardan 
qon ketishi juda xavfli ho‘lib, o‘z vaqtida chora 
ko‘rilmaganida o‘limga olib kelishi mumkin.
Kapillarlardan qon ketishi. 
Kapillardan qon 
ketishi nisbatan ko‘p uchrab turadi (43-rasm). Te­
rming kuchsiz jarohat olishi kapillarlardan qon 
ketishiga sabab bo‘ladi. Jarohatlangan kapillar­
lardan qon sekin oqib turadi. Shuning uchun qon 
ketishini to'xtatish uncha qiyinchilik tug'dirmaydi.
Kapillardan qon ketganida shikastlangan joy yuvi- 
lib, yod eritmasi bilan zararsizlantiriladi. So‘ngra 
toza bint bilan bog‘lab qo‘yiladi.
Ba’zan burun devoridagi mayda kapillarlar 
jarohatlanib, burundan asta-sekin qon keta bosh- 
laydi. Bunday hollarda burun ehtiyotlik bilan 
sovuq suvda bir necha m arta chayiladi. Bemor- 
ning burni ustiga sovuq suvda ho‘llangan sochiq qo‘yiladi- Sovuq suv kapillarlar 
nayini toraytirih, qon oqishini sekinlashtiradi. Burundan qon ketishi sababini 
aniqlash uchun shifokorga murojaat qilish lozim.
Venalardan qon ketishi. 
Ko‘pchilik venalardagi qon bosimi va qonning oqish 
tezligi kapillardagiga nisbatan birmuncha yuqori bo'ladi. Qon ketishi kapillarlarga 
nisbatan qon oqishi kuchliroq bo‘lgan venalarda sodir bo‘ladi. Shu sababdan shi­
kastlangan joyda qon ivishidan hosil bo‘ladigan qon laxtasi yuvilib ketib, odam 
qisqa vaqt ichida ko‘p qon yo‘qotishi mumkin. Kichikroq venalar shikastlanganida 
shikastlangan tomir siqib bog'lanib, bemor shifoxonaga jo‘natiladi. Yirik venalar 
shikastlanganida ham arteriyalar shikastlanganida ko‘riladigan tadbirlar qo‘llaniladi.
Arteriyalardan qon ketishi. 
Arteriyalarda bosim yuqori bo‘lganidan qon 
jarohatlangan tomirdan faw ora bo‘lib otilib chiqa boshlaydi. Shuning uchun 
arteriyalardan qon ketishi hayot uchun juda katta xavf tug‘diradi. Arteriyalardan

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling