О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

0,1 cm/sek, 2 - 0,3-0,5 cm/sek, 3 - 4 0 cm/sek.
0 ‘ylab javob bering:
Yurak qorinchasi devori muskullarining qisqarishi va arteriyalar devorining 
elastikligi qonni qon tomirlarida oqishini tarninlaydi. Lekin venalar devori elastik 
emas, muskullari esa rivojlanmagan. U holda qonni vena tomirlari orqali yurakka 
oqib kelishi qaysi omillar bilan bog'liq?
21-§. Qon aylanish organlari ishining boshqarilishi
Yurak ishining boshqarilishi. 
Odam tanasidagi organlar va to‘qimalarning 
qon bilan ta’minlanishi yurak qisqarishining soni va kuchiga bog‘liq. Yurakning 
ishi nerv va gumoral yo‘l bilan boshqariladi. Yurakka markaziy nerv sistemasidan 
simpatik va parasimpatik nervlar keladi. Simpatik nervlar yurakning qisqarish 
kuchini va tezligini oshiradi. Parasimpatik nervlar, aksineha, yurak qisqarishini 
kuchsizlantiradi va sekinlashtiradi. Yurak ishining gumoral boshqarilishi buyrak-
64


usti bezi gormoni adrenalin, kalsiy va kaliy tuzlari bilan bog'liq Adrenalin 
va kalsiy tuzlari yurak qisqarishini kuchaytiradi, kaliy yurak ishiga aks ta’sir 
ko‘rsatadi.
Nerv va gumoral boshqarilish tufayli yurakning ishi boshqa organlar fao- 
liyatiga muvofiqlashadi. Masalan, odam jismoniy ish bajarayotganida simpatik 
nervlar orqali nerv impulslari yurakka boradi. Buyrakusti bezining adrenalin ishlab 
chiqarishi kuchayib, yurakning qisqarish kuchi va qisqarish tezligi oshadi. Qon 
tomirlariga ko‘proq qon haydaladi. Natijada muskullar kislorod va oziq moddalar 
bilan ko‘proq ta’minlanadi.
Organizmda qonning qayta taqsimlanishi. 
Organlar faoliyatining kuchayishi 
yoki pasayishi bilan ularning kislorod va oziq moddalarga talabi ham ortadi yoki 
kamayadi. Bu esa qonning organizmda qayta taqsimlanishiga olib keladi. Simpatik 
nervlar ta’sinda qon tomirlari torayib, qon oqishi kamayadi. Buyrakusti bezimng 
adrenalin gormoni ham simpatik nervlar singari ta’sir ko‘rsatadi. Parasimpatik 
nervlar esa qon tomirlarini kengaytirib, qon oqishini ko‘paytiradi.
Yurak va qon tomirlari kasalliklari. 
Yurak va qon tomirlari kasalliklaridan 
miokard infarkti (qon aylanishining ishdan chiqishi tufayli yurak muskullarining 
yemirilishi), gipertoniya (arteriyalarda qon bosimining oshib ketishi), insult (bosh 
miyaga qon quyilishi), ateroskleroz (qon tomiri devorining qalinlashib, uning 
nayining torayib qolishi), insult (bosh miyaga qon quyilishi) ko‘proq uchraydi. 
Kasalliklarining kelib chiqishi kam harakatlanish, ortiqcha semirish, chekish, 
spirtli ichimliklar iste’mol qilish va psixik zo‘riqish bilan bog‘liq.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling