О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

0 ‘ylab javob bering:
1. Issiq havoda suv ter bezlari orqali bug'lanib, tana haroratining oshib ketishiga yo‘l 
qo‘ymaydi. Ana shu sababdan yozning issiq kunlarida ko‘p suv ichiladi. Nima 
sababdan toza suv chanqoqni tez qondirmaydi, mineral suvlar esa qondiradi?
2. Organizmda biror modda yetishmaganda bu modda boshqa moddalar hisobidan hosil 
bolishi mumkin. Nima sababdan non yoki shirinlik ko‘p iste’mol qiladigan odam 
tez semirib ketadi?
3. Ovqat hazm qilish bezlarining faoliyatiga ko'rsatiladigan gumoral ta’sirlar nimalaidan 
iborat?
^ 9 9


32-§. Vitaminlar va ularning ahamiyati
Vitam inlar. Vitaminlar (lot. Vila -  hayot va amin, hayot aminlari) - tirik 
organizmda juda muhim biokimyoviy va fiziologik funksiyalarni bajaradigan 
yuqori molekulali birikmalar. Vitaminlar lotin alifbosidagi А, В, C, D, E va 
boshqa bosh harflar orqali ifodalanadi.
Vitaminlarni o‘rganishga rus olimi N.I. Lunin asos solgan. Bu terminni 
1912-yilda polyak olimi K. Funk taklif etgan. Organizmda vitamin yetishmasligi 
avitaminoz deyiladi. Vitaminlar organizmda sodir bo‘ladigan kimyoviy reaksiya- 
lami kuchaytiradi va oziq moddalar o‘zlashtirilishiga ta’sir ko'rsatadi. Fermentlar 
tarkibiga kirib, ularning normal funksiyasi va faolligini ta’minlaydi. Organizmda 
vitamin yetishmaganida moddalar almashinuvi izdan chiqib, odamning mehnat 
qobiliyati, yuqumli kasalliklarga chidamliligi pasayadi. Vitaminlar organizmga 
juda kam miqdorda (sutkada bir necha mkg dan bir necha mg gacha) kerak. 
Ular organizmda sintezlanmaydi yoki juda kam sintezlanadi. Odam organizmi 
vitaminlarni, asosan, o‘simlik va hayvon mahsulotlaridan oladi. Organizmda 
ayrim vitaminlaming hosil boMishida ichakda yashovchi mikroorganizmlar katta 
ahamiyatga ega. O'simliklarda vitamin hosil qiluvchi moddalar - provitaminlar 
(masalan, karotinoidlar) bor. Odam va hayvonlar organizmida ulardan vitaminlar 
hosil bo'ladi.
A vitam ini, asosan, baliq yog‘i: sariyog‘, sut, tuxum sarig‘i, baliq ikrasi va 
boshqa hayvon mahsulotlarida mavjud. 0 ‘simliklardan sabzi, ismaloq, pomidor, 
o‘rik va qizil garmdorida bu vitaminni hosil qiladigan karotin moddasi bo'ladi. 
A vitamini organizmning o‘sishi va rivojlanishiga ta’sir ko'rsatadi. Bu vitamin 
yetishmaganida ko‘pincha shabko‘rlik paydo bo'ladi. Bolalar ovqatida A vitamini 
yetishmaganida ularning bo'yi va sochlari yaxshi o'smaydi, tishlarining shakllanishi 
buziladi. 0 ‘pka va ichakning jarohatlanishi kuzatiladi. Odam har kuni 1 g ga yaqin 
A vitamini iste’mol qilishi lozim.
С vitam ini oqsillar va karbonsuvlar almashinuviga ta’sir qiladi. Bu vitamin 
na’matak, qora smorodina, limon, apelsin. piyoz, sarimsoq, ko‘pchilik o‘simliklar 
mevasi va o‘simliklarning у ash i I qismi, ayniqsa novdasida hamda ko‘katlarda 
mavjud. Organizmda С vitamini yetishmaganida singa kasalligi paydo bo'ladi. 
Bu kasallikda odamning tish milklari qonaydi, og‘zining shilliq pardasiga mayda 
yaralar toshadi. tishlari tushib ketadi va bo‘g‘imlari og‘riydi. Kamqonlik paydo 
bo'ladi hamda immuniteti keskin pasayib ketadi.
100



Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling