О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

В vitaminlari guruhi. Bu guruhga Bp B2, B6, B12 kabi bir qancha vitaminlar 
kiradi. B: vitamini uglevodlar almashinuviga ta’sir qiladi. Shuning uchun bu 
vitamin yetishmaganida karbonsuvlar jadal almashinadigan organ va to'qimalar 
(yurak, nerv sistemasi, muskullar) ishi buziladi.
Bj vitamini boshoqli va dukkakli ekinlar donida va tuxum sarig'ida, oz 
miqdorda ayrim sabzavot va mevalarda, ya’ni ismaloq, sabzi, karam, piyoz va 
olma mevasida bo'ladi. Ovqatda B] vitamini yetishmaganida beri-beri kasalligi 
kelib chiqadi. Bu kasallikda tomir tortishib, ko‘krak qafasi, diafragma va qo‘l-oyoq 
muskullari shol bo‘lib qoladi. Ilgari bu kasallik Tinch okean orollarida yashovchi
ko‘p guruch iste’mol qiladigan xalqlar orasida keng tarqalgan edi.
B12 vitamini biologik o'ta faol modda. Metionin aminokislotasi, nuklein 
kislotalar sintezi, qon hosil bo'lishida ishtirok etadi. Bu vitamin tanqisligi, odatda, 
oshqozon-ichak kasalliklari ta’sirida umng ichak orqali so'rilishining buzilishi 
natijasida kelib chiqadi. B12 vitamini, asosan hayvon mahsulotlari bilan organizmga 
tushadi, bakteriyalar ishtirokida odam ichagida ham oz miqdorda sintezlanadi. 
Bu vitamindan tibbiyot, chorvachilik va parrandachilikda keng foydalaniladi. B12 
vitamini yetishmasa kamqonlik paydo bo'ladi.
D vitamini. Bu vitamin organizmda kalsiy va fosfor almashinuvi, umuman 
suyaklanish jarayonida katta ahamiyatga ega. Bu vitamin yetishmaganida, orga­
nizmda kalsiy va fosfor almashinuvi buzilishi oqibatida bolalarda raxit kasalligi 
paydo bo'ladi. Raxit bilan og'rigan bolaning suyaklari to'g'ri shakllanmaydi
oyoqlari qiyshiq o'sadi, qorni kattalashadi. Baliq yog‘i, jigar, sariyog', baliq ikrasi, 
tuxum D vitaminiga boy bo'ladi. Quyosh nuri ta’sirida odam terisida D vitamini 
sintezlanadi. Shuning uchun yosh bolalarni ertalab va kechqurunlari ochiq havoda 
sayr qildirish lozim.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling