О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


sarflaydigan energiya miqdori


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

sarflaydigan energiya miqdori
Mehnat faoliyatining turi
Energiya sarfi (kkal)
8-11 yoshli o‘quvchilar 
12-14 yoshli o'quvchilar 
Aqliy mehnat kishilari 
Mexanizatsiyalashgan mehnat kishilari 
Qisman mexanizatsiyalashgan mehnat kishilari 
Og‘ir jismoniy mehnat bilan mashg‘ul kishilar
1900 
2400 
2200-2900 
2950-3200 
3450-3700 
3900-4300 dan ko‘proq
Organizmda energiya sarfi kaloriya yoki joul (J) birligida (1 kaloriya 4,2 J 
ga teng) hisoblanadi. 1 kaloriya 1 litr suvni 1° С ga isitish uchun sarf bo‘ladigan 
energiyaga teng. Organizmda 1 g karbonsuv yoki oqsil parchalanganida 4,1 kkal 
(kilokaloriya), 1 g yog‘ parchalanganida 9,3 kkal energiya hosil bo‘ladi.
Ovqatlanish me’yori. Mehnat qobiliyatini saqlab qolish va sog‘lom bo‘lish 
uchun bir sutka davomida yeyiladigan ovqat shu vaqt davomida sarflangan energiya 
o‘mini to'ldinshi lozim. Shu sababdan har xil kasbda mehnat qiladigan kishilar 
uchun ovqatlanish me’yori ishlab chiqiladi. Ovqatlanish me’yonni belgilash uchun 
oziq-ovqat mahsulotlarining energetik qiymati aniqlanadi. Ovqatlanish ratsionini 
belgilashda organizmning turli xil oziq moddalar: karbonsuvlar, oqsillar, yog‘lar, 
vitaminlar va mineral tuzlarga ehtiyoji hisobga olinadi.
Katta yoshli odam bir sutkada 100-120 g oqsil, 80-110 g yog‘ (shundan 
30 g o‘simlik yog‘i), 450-500 g karbonsuv iste’mol qilishi lozim. Ovqatlanish 
me’yori organizmning energiyaga talabini qondirish bilan birga nobud boiadigan 
hujayralar o‘rniga yangi hujayralarning hosil bo‘lishiga va odamning to‘laqonli
104


mehnat qilishiga imkon heradi, organizmning infeksiyali kasalliklarga qarshiligini 
ta’minlaydi.
To‘g‘ri ovqatlanish - salomatlik garovi hisoblanadi. Hech qaysi mahsulot 
organizmning barcha moddalarga talabini qondirolmaydi. Shu sababdan ovqat­
lanish me’yorlashgan, ya’ni unda oqsilli mahsulotlar bilan birga yetarli miqdorda 
karbonsuvlar, o‘simlik va hayvon yog‘lari, vitaminlar, mineral tuzlar ham bo‘lishi 
zarur. O'simliklar tarkibidagi kletchatka ichak va oshqozon devori muskullarining 
qisqarishiga yordam beradi.
Semirish - moddalar almashinuvi, yurak-qon tomirlari va harakat organlari 
ishining buzilishi bilan bog‘liq. 0 ‘lim semirish dardiga uchragan kishilar orasida 
boshqalarga nisbatan ikki baravar ko‘p boladi. Aniqlangan semirish yogli, tez 
hazm boiadigan konditer mahsulotining ko‘p iste’mol qilinishi, ya’ni organizmga 
ovqat bilan kiradigan energiya qiymati sarf bo‘lgan energiyaga nisbatan ko‘p b o li­
shi natijasida kelib chiqadi. Semirishning oldini olish uchun sport va jismoniy 
mehnat bilan ko‘proq shug'ullanish, ovqatlanish me’yon va rejimiga amal qilish 
zarur.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling