О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

Masalalarni yeching:
1. Katta yoshda odam ovqat ratsionida oqsillar 15 %, yog‘lar 18 %, uglevodlar 67 % 
ni tashkil etadi. Agar odamning bir sutkalik energiya sarfi 2500 kkal bo‘lsa, uning 
ovqat ratsionida oqsil, yog‘ va uglevodlar miqdori qanchadan bo‘lishi kerak?
2. 0 ‘g‘il va qiz bolalar organizmi tinch holatda 1 soatda 150 kJ va 130 kJ energiya 
sarfi aydi. Ulaming energiya sarfi dars tayyorlayotganida 30 % ga, sport bilan 
mashg‘ul bo‘lganida 400 % ga ortadi. Bolalar 3 soatdan dars tayyorlab, 2 soatdan 
sport bilan shug‘ullanishganida qancha energiya saif qilishi mumkin?
106


0 ‘ylab javob bering:
1. Og‘ir jismoniy mehnat juda katta energiya sarfi bilan bogiiq. U holda nima sababdan 
semirgan kishi jismoniy mehnat qilganida tez toliqib qoladi?
2. Nima sababdan sulkalik ovqatning asosiy qismini erlalah va tiishda yeyish kerak?
3. Nima sababdan og‘ir mehnat qilib charchaganda shirin chqy ichish tavsiya etiladi?
5-laboratoriya mashg'uloti
Jadvallar yordamida odamning kunlik ovqat ratsionida zarur bo'lgan 
oqsillar, yog‘lar, uglevodlar va energiya miqdorini aniqlash.
Kerakli jihozlar va asboblar: turli yoshdagi odam organizmining oziq moddalarga 
taiabi va oziq moddalar energetik qiymatini ifodalovchi jadvallar.
Ishni bajarish tartibi:
- o‘quvchilar 1-jadval orqali aqliy mehnat bilan shug‘ullanadigan o'quvchi 
organizmining bir sutkalik energiya sarfini aniqlab olishadi;
- har bir o'quvchi o‘z xohi shiga ko‘ra 1-jadvalda ko'rsatilgan oziq mahsulotlari 
orasidan bir sutka davomida yeyiladigan 8-10 xilini tanlab oladi;
- o‘quvchilar 1- va 2-jadvallar yordamida o'zlari tanlab olgan mahsulotlarning 
energetik qiymati bo'yicha bir sutkalik ovqat ratsionining miqdoriy ko'rsatkichini 
aniqlab olishadi,
- oziq ratsioni miqdoriy ko‘rsatkichi energetik qiymatlari hisoblab chiqiladi.
1- jadval

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling