О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


-§. Organizmda energiya sarfi


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

33-§. Organizmda energiya sarfi
O rganizm da energiyaning o‘zgarishi. Organizmda sodir bo'lib turadigan 
barcha jarayonlar (masalan, moddalar almashinuvi, tana haroratini saqlash, 
harakatlanish, organlarning ishlashi) uchun energiya zarur. Bir kecha-kunduzda 
tana massasi 70 kg bo‘lgan odam taxminan 2500 kkal energiya sarflaydi. Bu 
energiyani organizm ovqat tarkibidagi organik birikmalardan oladi. Hujayralarda 
muttasil sodir bo‘ladigan bir guruh o‘zgarishlar natijasida organizm energiya 
bilan to‘ldtriladi. Boshqa guruh o‘zgarishlarda energiya sarf bo'ladi. Hujayralarda 
energiya organik moddalarda kimyoviy boglar shaklida saqlanadi. Organik 
birikmalar parchalanganida ulardagi kimyoviy energiya elektr, mexanik yoki 
issiqlik energiyasiga aylanadi. Nerv impulslarining elektr energiyasi axborotni 
nerv tolalari bo‘ylab o'tkazilishini, mexanik energiya skelet muskullari, yurak, 
diafragmaning qisqarishini ta’minlaydi. Barcha turdagi energiyalar issiqlik ener­
giyasiga aylanadi. Tssiqlikning bir qismi tana harorati doimiyligini saqlash uchun 
sarflanadi, ortiqcha qismi esa teri orqali atrof-muhitga tarqalib ketadi.
O rganizm da energiya sarfi. Organizmda sarflangan energiyaning o‘rni ov- 
qatlanish orqali to‘ldirib turiladi. Energiya sarfi mehnat turiga bog‘liq (jadvalga 
qarang). Mehnat og‘irlashgan sayin energiya sarfi ham oshib boradi. Har xil ish
103


bilan shug'ullanadigan kishilarning bir kecha-kunduzda sarf lay digan energiyasini 
aniqlash orqali shu energiyani qoplash uchun zarur bo‘lgan ovqat miqdorini 
ko‘rsatish mumkin. Organizmning oziq moddalar va energiyaga bo'lgan ehtiyoji 
odamning yoshi, jinsi va mehnat tarziga bog'liq. Bolalarda muskul qisqarishiga 
katta yoshdagi odamlarga nisbatan kam energiya sarflanadi.
0 ‘quvchilar va 18-40 yoshli odamlarning bir sutkada 

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling