О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Oziq moddalarda vitaminlarni saqlab qolish


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

Oziq moddalarda vitaminlarni saqlab qolish. Oziq-ovqat mahsulotlarida 
vitaminlarning saqlanib qolinishi ularning saqlanish sharoiti va muddati, ovqat 
tayyorlash texnologiyasi bilan bevosita bog'liq. A, Bx, B2 vitaminlari har qanday 
ta’sirga chidamsiz bo'ladi. A vitamini ovqat pishirish, mahsulotlarni quritish davo­
mida parchalanib ketadi. A vitamini pishirilgan sabzida xom sabziga nisbatan 
ikki marta kamayadi. Pishirilgan go'shtda В guruh vitaminlari 15-60 %, o‘simlik 
mahsulotlarida to'rtdan bir qismi saqlanib qoladi.
С vitamini issiqlik ta’sirida va ochiq havoda oson yemiriladi. Shu sababdan 
sabzavotlarni bevosita ovqatga solishdan oldin tozalash, ko'p qaynatmaslik, qop-
101


58-rasm. Vitaminlarga boy oziq-ovqatlar.
qoqni yopib pishirish lozim. С vitamini metall idishlarda ham tez parchalanadi. 
Shu sababdan sabzavotlar faqat emalli idishlarda pishiriladi. Sabzavotli ovqat 
pishgandan so‘ng tezda iste’mol qilinadi.
Odam har kuni ovqat bilan vitaminlarni zarur miqdorda qabul qilishi kerak. 
Olma, sabzi va boshqa sabzavotlar, ko‘katlar qish faslida vitaminlarning asosiy 
manbai hisoblanadi (58-rasm). Oziq moddalarda vitaminlar yetishmaganida shifokor 
tavsiyasi bilan vitaminli preparatlardan fbydalanish mumkin. Lekin vitaminlarni 
keragidan ortiq iste’mol qilish ham salbiy oqibatlarga olib keladi.
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib Wring:
1. Vitaminlar va ular ko‘p uchraydigan mahsulotlami juftlab yozing: A - С vitamini
В - A vitamini, D - B, vitamini, E - B12 vitamini, F - D vitamini: 1 - baliq yog'i, 
tuxum, 2 -  hayvon mahsulotlari, 3 
g'alla doni va dukkaklilar urug‘i, po‘sti, 4 
na’matak, limon, o'simliklar yashil qismi, 5 - sabzi, ismaloq, pomidor.
2. Vitaminlar va ular ta’sir qiladigan jaiayonlami juftlab yozing: A - С vitamini, 
В - A vitamini, D - B( vitamini, E - B12 vitamini, F - D vitamini; 1 - kalsiy va


fosfor almashinuvi, suyaklanish, 2 - uglevod almashinuvi; 3 - o‘sish, rivojlanishi
4 - karbonsuvlar almashinuvi, 5 - nuklein kislotalar sintezi, qon hosil bo'lishi.
3. Vitaminlarni ular yetishmaganida kelib chiqadigan kasalliklar bilan birga juftlab 
yozing: A — С vitamini, В - A vitamini, D - B( vitamini, E 
B[2 vitamini, F 
D vitamini, 1 - beri-beri kasalligi, 2 - singa, 3 - kamqonlik, 4 - raxit, 5 — shabko'rlik.
4. Vitaminlar va ular sintezlanishini juftlab ko‘rsating: A - С vitamini, В - A vitamini, 
D - Bj vitamini, E - B12 vitamini, F - D vitamini; 1 - o'simlikdagi karotin hisobidan 
organizmda, 2 - terida quyosh nuri ta’sirida, 3 - o'simlLklai yashil qismida, 4 - oz 
miqdorda bakteriyalar yordamida ichakda, 5 - o‘simliklar donida.
0 ‘ylab javob bering:
1. Nima sababdan vitamini yetishmasligi bolalarga salbiy ta’sir ko'rsatadi?
2. Nima sababdan vitaminlar qurilish yoki energiya manbai bolmasa ham organizm 
uchun juda zarur hisoblanadi?
3. Nima uchun avitaminoz qadimda dengizchilar orasida ko‘p uchragan?

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling