O murodqulov. L
Download 0.75 Mb.
|
Kerakli adabiyotlar. 1.Abdusamatov M. Fors tili. T. «O’qituvchi». 90-93 betlar. 2.Xalilov L. Fors tili. 1992 y T. «O’qituvchi». 3.Dehqonova L. Fors tilida mustaqil ish matnlari.
Modul bo’yicha yakuniy mashg’ulot: 1. Ot kesimli gapda kesimlikni ifodalash uchun ular oxiriga ﺕﺳﺍ bog’lamasi qo’yiladi. O’zbek tilida kesimlik qo’shimchasi -dir tushib qoladi va yozuvda ifoda etilmaydi.Lekin fors tilida ﺕﺳﺍ ast bog’lamasi gapda har doim mavjud va yozuvda ifoda etiladi.Masalan: In daftar ast. - ﺖﺴﺍ ﺮﺗﻔﺪ نﻳﺍ 2. Fors tilida asosan ikkita ko’rsatish olmoshi bor. نﻴ ﺍ -bu,shu. Fors tilida ﻪﻛ ke-kim, ﻪﭽ -che –nima so’roq olmoshlari bor. ﻪﻛ ke-so’roq olmoshi insonlar uchun ﻪﭽ che- qolgan jonli va jonsiz predmetlar uchun ishlatiladi 3.Fors tilida so’roq gaplar asosan so’roq olmoshlari, intonatsiya, so’roq yuklamalari orqali yasaladi a) ﻪﮐ ke ﻪﭽ che so’roq olmoshlari orqali so’roq gap yasaladi. Bu kimdir?-؟ ﺖﺴﻳﻜ ﻦﻳﺍ ؟ ﺖﺴﺍ ﻪﮐ ﻦﻳﺍ U nimadir- ؟ﺖﺴﻳﭽ ﻦﺁ ؟ ﺖﺴﺍ ﻪﭽ ﻦ ﺁ b) Intonatsiya orqali savol anglashiladi. Bunda gapning oxiri kuchli intonatsiya bilan talaffuz qilinadi. ﺖﺴﺍ ﺪﺍﺪﻤ ﻦﻳﺍ In medod ast? Bu qalammi? v) Gap boshida ﺎﻳﺁ oyo, ﺮﮔﻤ magar –mi so’roq yuklamasini keltirish orqali so’roq gap yasaladi. 4. Fors tilida kishilik olmoshlari quyidagilar: ﺪﺮﻔﻤ - Mo’frad-birlik. ﻊﻤﺠ -Jam’ –ko’plik. Mo- biz - ﺎﻤ man- men- ﻦﻣ Sho’mo- siz ﺎﻣﺷ to’- sen - ﻮﺗ Onho- ular ﺎﻬﻧﺁ u-u- ﻮﺍ Ishon- ular ﺎﻬﻧﺁ vey-u ﻮﺍ 5. Bog’lamaning qisqa shaklida III-shaxs birikdan boshqa hamma shaxslarda shaxs qo’shimchasiga to’g’ri keladi. 6. Bog’lamaning qisqa shakli bevosita ot-kesimning ot qismiga qo’shilib yoziladi. 7. Undosh bilan tugagan so’zlardan so’ng izofa zir belgisi orqali yozilib e deb talaffuz etiladi. Odatda zir belgisi yozuvda tushib qoladi. Talaffuzda esa doimo saqlanadi. Qisqa e yoki cho’ziq i bilan tugagan so’zlardan so’ng bir alif ottiriladi. 33 O va u cho’ziq unlilari bilan tugagan so’zlardan so’ng bir yo orttirib yoziladi. 8. Fors tilida aniqlanmish bilan aniqlovchi, qaratqich yoki qaralmish izofa deb ataluvchi urg’usiz e tovushi orqali bog’lanadi. 9. Fors tili izofiy birikmasida so’z tartibi o’zbek tiliga qarama- qarshidir. O’zbek tilida avval aniqlovchi so’ng aniqlanmish yoki avval qaratqich so’ng qaralmish kelsa , fors tilida esa aksincha avval aniqlanmish so’ng aniqlovchi yoki avval qaralmish so’ng qaratqich keladi . Fors tili grammatikasida izofiy birikmadagi aniqlanmish ﻑ ﺎﺿﻤ mo’zof va aniqlovchi ﻪﻴﻟﺍ ﻑ ﺎﺿﻤ mo’zofun-eleyx deb nomlanadi. 10. Undosh bilan tugagan so’zlardan so’ng izofa zir belgisi orqali ezilib deb talaffuz etiladi. Odatda zir belgisi yozuvda tushib qoladi. Talaffuzda esa doimo saqlanadi. 11.Cho’ziq unlilar bilan tugagan so’zlalardan so’ng izofa ﻰ yo harfi orqali yozilib ye deb talaffuz etiladi . Masalan: gul xidi – buyi gul - ﻞﮔ ﻰﻮﺒ 12. Aniqlanmish bilan aniqlovchi so’zlar bir-birlari bilan izofa ko’rsatkichi orqali zanjir kabi bog’lanib keladilar va bir butun izofiy birikmani hosil qiladilar. 13. Fors tilida ko’plik otlarni birlik shakliga ﻦﺁ -on va ﺎﻫ -ho qo’shimchalarini qo’shish orqali hosil bo’ladi. 14. Birlik formadagi so’z o, u, i, cho’ziq unlilardan biri bilan tugagan bo’lsa ,son qo’shimchasi –on oldidan –y orttirilib, -yon shaklida qo’shiladi. 15.U tovush bilan tugagan ba’zi so’zlarga -on ko’plik qo’shimchasi qo’shilganda u tovushi u-v kabi talaffuz qilinadi. 16. Fors tilida egalik,mansublikni ifodalash uchun otlarga quyidagi egalik affikslari qo’yiladi. ﻢ - am ﻦﺎﻣ - emon ﺖ - at ﻦ ﺎﺗ - e ton ﺵ - ash ﻦ ﺎﺷ - eshon 17. So’z ﻩ–e qisqa unlisi yoki -i cho’ziq unlisi bilan tugagan bo’lsa, egalik affikslarini oldidan birlik formada alif ko’plikda esa, hamza belgisi qo’yiladi. 18. So’z o -ﺍ yoki u -ﻮ unlisi bilan tugasa , egalik affikslaridan oldin bir yo - ﻰ orttiriladi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling