O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 1.95 Mb.
bet101/206
Sana11.03.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1261606
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   206
Bog'liq
О.Хusanov Kons huquq.lotin.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.

1. Jamoat birlashmalarining vazifasi, tizimi, turlari qanday?


2. Siyosiy partiyalarning hokimiyatni amalga oshirishdagi ishtiroki nimalardan iborat?
3. Yoshlar ommaviy tashkilotining tutgan o‘rni qanday?
4. Qanday jamoat birlashmalari tuzish mumkin emas?
5. Jamoat birlashmalarining faoliyati qanday qo‘llab-quvvatlanadi?
6. Diniy tashkilot va birlashmalarning o‘rni qanaqa?
7. Qanday holda jamoat birlashmalari faoliyati to‘xtatiladi, taqiqlanadi?
8. Davlat bilan jamoat tashkilotlarini munosabati nimalarga asoslanadi?
9. Jamoat birlashmalariga a'zo bo‘lish tartibi qanday?
10. Kasaba uyushmalarining vazifasi nimalardan iborat?
XVI bob. Oilaning Konstitutsiyaviy asoslari


§ 1. Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini

Oila jamiyatning quyi va u asosiy bo‘g‘inidir. U insonni hayotga kelishi, tarbiyalanishidagi asosiy makon. Oila bir necha kishilarni birgalikda yashash joyi. Oilani to‘liq bo‘lishi uchun ota-ona va farzandlar bo‘lishi shart. Ularning birortasisiz ham oila bo‘lishi mumkin. Lekin bunday oilada yetishmovchilik bo‘ladi. Har bir oila ma'lum xonadonga mos bo‘ladi.


Oila qurishning asosiy sababi, turli jins kishilari va ulardan vujudga keladigan farzandlar bilan birga turmush kechirish, hayotni davom ettirish maqsadida avlod qoldirish hisoblanadi.
Oila o‘z ichki munosabatlariga asoslanadi. Oilaning ichki munosabatlari qonun hujjatlariga, milliy va axloqiy qadriyatlarga asoslanadi. Oilaviy munosabatlar tabiiy, iqtisodiy, ma'naviy ehtiyojni qondirish zarurati yuzasidan vujudga keladi.
Har qanday jamiyatning mustahkamligi, rivoji oilaga bog‘liq. Chunki jamiyatda bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlarning dastlabki elementi oilada vujudga keladi va shakllanadi. Oiladagi kattalarni bir-biri bilan munosabati, boshqalar bilan munosabati, atrof-muhit, mol-mulkka bo‘lgan munosabati yoshlarni shu masalalarga munosabatini shakllanishi uchun o‘rnak bo‘ladi. Oiladagi tarbiyani boshqa tarbiyalardan farqi, afzalligi tarbiya u yerda faqat o‘rgatish, uqitish, ta'kidlash bilangina emas, barcha narsalarda katta yoshdagilarni kichik yoshlar uchun o‘rnak kursatishi orqali olib boriladi.
Nima mumkin va nima mumkin emasligi, mehnatga, mol-mulkka munosabat, ovqatlanish, dam olish, ko‘ngil xushlik qilish, kattalarga muomila, hurmat, kichiklarga g‘amxo‘rlik qilishni dastlabki sabog‘i oilada olinadi. Bola boshqa muassasalarga tarbiya, bilim olish uchun berilgunga qadar hayot alifbosi haqida ma'lumotni oiladan oladi.
Oiladagi tarbiya kishilarning axloqiga, xulqiga o‘chmas qoidalarni singdiradi. Inson tarbiyasida hyech qanday boshqa tuzulmalar oilani o‘rnini bosa olmaydi. Chunki u yerdagi, tarbiyaga sut, qon singari mukaddas ashyolar ta'sir kiladi.
Shularning barchasi e'tiborga olinib, bizning xalqimizga hos oiladagi ijobiy jihatlarni mustahkamlash va rivojlantirishni ta'minlash uchun Konstitutsiyamizda oila uchun maxsus XIX bob ajratildi. Bunday holatni – oilani maxsus bobda ko‘rsatishni boshqa barcha mamlakatlar Konstitutsiyalarida ham uchratmaymiz. U yerlarda oilaga ham davlat, jamiyat munosabati o‘zgacha. Bizda oila jamiyatning ajralmas qismi va mavjud bo‘lishi shart masala deb qaraladi va albatta unda ikki jinsni, erkak va ayol birlashuvi bo‘lishligini, bu birlashuv orqali, dunyoga yangi insonlar kelishi nazarda tutiladi.
Ana shulardan kelib chiqib, Konstitutsiyaning 63-moddasida “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir...” degan qoida o‘z aksini topgan. Konstitutsiya oilani jamiyatni bo‘g‘ini sifatida e'tirof etishi, oilasiz jamiyat kemtik bo‘lishini, rivojlanish xavf ostida qolishini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Prezidenti 2011-yil dekabr oyida Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan yig‘ilishdagi ma'ruzasida 2012-yilni “Mustahkam oila yili” – deb e'lon qilar ekan oila haqida shunday so‘zlarni aytdi: “Ongli yashaydigan har bir odam yaxshi anglaydiki, bu yorug‘ olamda hayot bor ekan, hayot abadiyligi,bebaho ne'mat bo‘lmish farzand bor. Farzand bor ekan, odamzod hamisha kelajagini o‘ylab, ezgu orzu va intilishlar bilin yashaydi. Yangi yilga mana shunday nom berishimiz azal-azaldan xalqimiz uchun muqaddas bo‘lmish, oilani hayotimiz tayanchi va suyanchi, jamiyatimizning hal qiluvchi asosiy bo‘g‘ini deb qabul qilishimiz zamirida, hyech shubhasiz, juda katta ma'no-mohiyat mujassam. Chunki oila sog‘lom ekan-jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan mamlakat barqaror”1.



Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling