O xoshimov, S. Saidaxmedov


Download 3.46 Mb.
bet55/69
Sana24.10.2023
Hajmi3.46 Mb.
#1718239
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   69
Bog'liq
Elektr yuritma asoslari. Xoshimov O, Saidaxmedov S

VII bob. DVIGATEL QUVVATINI TANLASH VA YURITMA ENERGETIKASI



    1. DVIGATEL QUVYATINI TANLASH

Elektr yuritmani loyihalashning asosiy bosqichlaridan biri bu dvigatel quvvatini tanlashdir. Yuritmani ishonchli va samarali ishlashi kutilayotgan yuklamaga dvigatel rejimining mos kelishiga bog‘1iq.


Ishlash jarayonida dvigatel chulg‘amlari va magnit tizimida dvigatel haroratini ortishiga olib keladigan energiya isrofı yuzaga keladi. Haroratning ortib ketishi izolyatsiyaning eskirishi va ishdan chiqishiga olib keladi. Harorat izolyatsiya materialining fizik va kimyoviy xususiyatlariga bog‘liq.
Dvigatel quvvatining ortib ketishi ham maqsadga muvofiq emas. Katta quvvatdagi dvigatel uning o‘1chamlari va inersiya momentining ortib ketishiga, natijada o‘tkinchi jarayonlaming cho‘zilib ketishiga olib keladi. Yuklamasi kichik bo‘lgan assinxron dvigatel qo‘shimcha energiya sarfiga olib keladigan passiv quvvat koeffitsiyenti bilan ishlaydi.
Shunday qilib, dvigat.el quvYatini tanlash uchun bir tomondan dvigatelni to‘1a yuklanmasligi va u ishlayotganda harorati joiz qiymatdan ortib ketmasligi uchun hisoblashlar bajarilishi kerak. Lekin bu hisoblar nominal quvvati, inersiya momenti, FIK va h.k. ma’lum bo‘lgan dvigatel uchun bajarilishi darkor. Bu holda oldindan yuklama grafıgi, ya’ni yuritma mexanizmining ishlab chiqarish siklidagi tok, moment va tezligining o‘zgarish grafigi qurilgan bo‘1ishi kerak.
Demak, dvigatel quvvatini birdan aniqlab bo‘lmaydi. Avval mo‘ljallangan quvvatdagi dvigatel tanlanib, so‘ng berilgan shartlar bo‘yicha quvvatni aniqlashga to‘g‘ri keladi. Bunda har safar yuritma dinamikasini hisoblab, yuklama diagrammasini qurishga to‘g‘ri keladi. Qizish shartlari bo‘yicha tanlangan dvigatel o‘ta yuklanish qobiliyati bo‘yicha yuklama
diagrammasidagi yuklama cho‘qqilariga qo‘llangan holda tekshirilishi shart.




    1. Download 3.46 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling