O xoshimov, S. Saidaxmedov
Download 3.46 Mb.
|
Elektr yuritma asoslari. Xoshimov O, Saidaxmedov S
ELEKTR YURITMALARNING YUKLAMA DIAGRAMMALARI
Elektr yuritmalarni yuklama diagrammalarini qurish dvigatel quvvati hisobining majburiy bosqichi hisoblanadi. Faqat yuklama diagrammasi asosida oldindan tanlangan dvigatelni quvvati ijrochi mexanizmning ishlash rejimiga va o‘ta yuklanish qobiliyatiga mos kelishini tekshirish mumkin. Mexanizm ishining ayrim bosqichlarida tezlik va tezlanish qiymatlarining haqiqiy qiymatlarini o‘tkinchi jarayonlarni hisoblagandan keyingina aniqlash mumkin. Shunday qilib, faqat yuritmaning yuklama diagrammasigina tizim harakatining haqiqiy xarakterini belgilaydi. Odatda, yuritmaning yuklama diagrammasi ish mashinasining yuklama diagrammasiga o‘xshamaydi. Ular faqat mexanik tavsif absolut qattiq, ya’ni sinxron dvigatelning mexanik tavsifıga o‘xshagandagina to‘g‘ri kelishi mumkin. Agarda mexanik tavsif ozgina qiyaroq bo‘lsa, u holda, yuritmaning yuklama diagrammasi M d ‘‘f(!) inerstya massalarining ishlashi natijasida ish mashinasining yuklama diagrammasiga nisbatan tekisroq bo‘ladi. Yuklama cho‘qqiga erishganda inersiya massalari dvigatelning ishini yengillashtirib, yig ılgan kinetik energiyaning bir qismini beradi: yuklama olib tashlanganda esa, ular zaryadlanadi va dvigatel statik (qarshilik) momentga nisbatan ko‘proq momentga ega bo‘ladi. Elektr yuritmani loyihalashning boshlanishida loyihachida faqat ish mashinasining yuklama diagrammasi bo‘ladi. Dvigatel quvvatini esa dvigatelning yuklama diagrammasi asosida tanlash mumkin. Shuning uchun bu diagrammani qurish loyihalashning asosiy masalalaridan biri bo‘lib, dvigatel quvvati oldindan aniqlanadi va keyinchalik ma’lum bo‘1gan quvvat uchun aniqlashtirilgan yuklama diagrammasi quriladi. Ijrochi mexanizm ishlayotganda, odatda, statik moment uzluksiz o‘zgarmas bo‘lib turadi. O‘tkinchi jarayonda dvigatel nafaqat statik, balki dinamik yuklamani ham yengishi kerak. Shu bois dvigatelning qizishini aniqlaydigan o‘rtacha kvadrat momenti qiymati har doim statik momentning o‘rtacha qiymatidan yuqori bo‘ladi. Shuning uchun dvigatelni dastlabki tanlashda uning nominal momentini statik momentning o‘rtacha qiymatidan katta qilib, qabul qilinadi: statik momentining o‘rtacha qiymati. Bundan tashqari M„g ni aniqlashning quyidagi formulalarini ham tavsif etish mumkin: (7.2) M p „, -- q.o‘r‘ f sr,kv› (7.3) bu ifodalarda• Mo’r.Lv- Statik momentning o‘rtacha kvadrat qiymati, bu qiymat ish mashinasining yuklama diagrammasidan aniqlanadi. Qabul qilingan taxminiy quvvat asosida katalogdan dvigatel tanlanadi va quyidagi formula bo‘yicha tizimning inersiya momenti aniqlanadi. J - Jd + (MI ):. (7.4) bu yerda: ö - dvigatel va ish mashinasi orasidagi mexanik zvenolar inersiya momentini hisobga oladigan koeifitsiyent; y - mexanik uzatmaning uzatish soni. Shundan so‘ng, o‘tkinchi rejimJar hisoblanadi va dvigatelning yuklama diagrammasi quriladi. Bu diagramma esa dvigatel chulg‘amlarini qizishga tekshirish uchun asos bo‘ladi. Lekin issiqlik rejimlarini hisoblash va dvigatel quvvatini tanlash uchun, odatda, o‘tkinGh1 jarayonlarni qurishda katta aniqlik talab etilmaydi. Shuning uchun yuklama diagrammalari soddalashtirilgan usulda, ya’ni ishga tushirish va tormozlash bosqichlarida moment va toklarning qiymatlarini o‘zgarmas, deb qabul qilgan holda hisoblab quriladi. Bundan tashqari zamonaviy elektr yuritmalarda tok va momentlaming qiymatlari maxsus chegaralash va jadallashtirish sxemalari bilan o zgarmas saqlab qolinadi. 7.1- rasm. Elektr yuritmaning yuklanish diagrammasi. Bunda tezlanishni ham o‘zgarmas saqlanishiga erishib tezlikning chiziqli o‘zgarishi ta’minlanadi. 7.1- rasmda bitta sikl uchun yuklama diagrammasi keltirilgan. Shunday qilib, dvigatel quvvati dastavval (7.1) — (7.3) tenglamalarga muvofıq aniqlanishi kerak. Shundan so‘ng katalogdan dvigatelning inersiya momenti bilan jamlangan holda dvigatelning soddalashtirilgan yuklama diagrammasini hisoblash uchun elektromexanik tizimning inersiya momentining qiymati aniqlanadi. Download 3.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling