O yakubjonov, S. Tursunov, J. Muqimov


Download 95.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet56/221
Sana12.11.2023
Hajmi95.66 Kb.
#1769026
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   221
Bog'liq
Donchilik. Yakubjanov O, Tursunov S, Muqimov J

Chang qorakuya kasalligi. 
Kasallikni chaqiruvchi zamburug4 - ustilago 
tritici Jens. Bu kasallik belgilarini bug‘doy boshoqlash davrida kuzatish 
mumkin. Kasallik bilan zararlangan boshoqni boshoq o ‘qidan tashqari 
barcha qismlari teliosporalardan iborat qoramtir chang holidagi massaga 
aylanadi. 0 ‘simlikning chang qorakuya bilan zararlanishi bug‘doy gullash 
bosqichida kuzatiladi. Buning uchun havo harorati 20-25°C hamda havo 
namligi yuqori boiishi kerak. Hosil b oigan teliosporalar havoga uchib
bug‘doy gullaganda sogiom o ‘simlik gulining onalik tumshuqchasiga 
tushadi. Bu teliosporalar tez o ‘sib, onalik b o ‘g‘imchasini zararlaydi. 
Zararlangan onalik bo‘g‘imchasi tashqi ko‘rinishidan normal rivojlanadi 
va don ham tashqi k o ‘rinishidan so g io m k o ‘rinadi. 0 ‘simlik o ‘sish 
bilan birga ichidagi zam burug4 gribnitsasi (ipi) ham o ‘sa boshlaydi. 
0 ‘simlik o ‘sishi bilan birga zam burug1 mitsellasi ham o 4sib, t o i a
shakllangan boshoqqa yetadi va undagi oziqa moddalardan foydalanib 
teliosporalarni hosil qiladi.
Kurash choralari. 
Chang qorakuya urug‘ orqali berilganligi sababli 
g‘alla urug‘chiligiga katta ahamiyat berish kerak. Elita urugiarini ekish, 
chang qorakuya bilan 0,3 % dan ortiq kasallangan urugiikni ekmaslik 
tavsiya etiladi. Bulardan tashqari urugiik ekish oldidan Vitavaks 200 ff 
2,5 l.t, 6 foizi Raksil 60 FS 0,4-0,5 l.t. Premis kabi kimyoviy vositalar


yordamida chang zararsizlantirilishi kerak. Bu esa faqatgina chang va 
qattiq qorakuya bilan zararlanishdan emas, balki uru giik n i mog‘or 
z a m b u ru g ia r t a ’siridan ham da b u g ‘doy m aysalarini ildiz chirish 
kasalligidan saqlaydi.
Qattiq qorakuya 
- bu kasallikni chaqiruvchi zamburug‘-Tilletia tritici 
Wint. Q orakuya kasalligini bug‘doy sut pishish yoki mum pishish 
bosqichida kuzatish mumkin, zararlangan bug‘doy boshog‘i pastga 
egilmaydi.
Boshoqcha qipiqlari orasida don o‘rnida qorakuya xaltachalari hosil 
bo‘lib, uning ichki qismi parazit teliosporalari bilan to ig an bo‘ladi.
H osilni yanchib olish v a q tid a q o rak u y a x alta c h a la ri yorilib, 
teliosporalar sogiom u ru g iar qobigiga, xususan urug‘ choki va uchki 
qismida joylashgan tukchalarga (xoxolok) yopishib qoladi.
Urug‘ qobigiga yopishib olgan teliosporalar o ‘simliklarni zararlash 
manbai hisoblanadi. Shuningdek, urug‘ tashishda ishlatilgan inventar 
va transport vositalari ham zamburug1 teliosporalari tarqalishiga manba 
b o ia d i. M a ’lum otlarga qaragand a, tu p ro q q a tushgan zam b u ru g 4 
teliosporalari tuproqdagi mikroorganizmlar ta ’siridan o iad i.
Teliosporalar nisbiy nam lik 40-60 foiz va havo h aro rati 5-10°C 
boiganda o ‘sa boshlaydi. Shu sababdan kuzgi bug'doy kech ekilganda 
bu kasallik bilan kuchli zararlanadi. Urug‘ ekish chuqurligini me’yordan 
yuqori boiishi ham bu kasallik kuchayishiga sabab boiadi.
Kuzgi bug‘doy ekilgach, urug‘dagi teliospora yordamida o ‘simlik 
maysasi zararlangandan keyin tashqi belgilarsiz o ‘simlikni sut-mum pishish 
davrigacha o ‘simlik to ‘qimalariga kirib boradi.
Shakllanayotgan bug‘doy donidagi oziqa moddalarni o ‘zlashtiradi 
va urug‘ qobigi ichida teliosporalar bilan to ig an qorakuya xaltachalarini 
hosil qiladi.

Download 95.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling