O yakubjonov, S. Tursunov, J. Muqimov


Download 95.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/221
Sana12.11.2023
Hajmi95.66 Kb.
#1769026
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   221
Bog'liq
Donchilik. Yakubjanov O, Tursunov S, Muqimov J

Ekish usullari. 
Kuzgi bug‘doy qatorlab (qator oralari 15 sm), tor 
qatorlab (qator oralari 7,5 sm), ikki tomonlama qatorlar kesishtirilgan 
usullarda ekiladi.
Tuproqda yetarli namlik va oziqa moddalari boiganda ular yaxshi 
unadi, bir-birini qisib qo‘ymaydi, tuplanishi va hosildorligi yuqori boiadi. 
0 ‘simliklar begona o ‘tlar tomonidan kam qisiladi, tuproqdan namlik 
kam bugianadi.
Kuzgi b u g ‘doyni to r qato rlab va qato rlarn i kesishtirib ekishda 
tuproqda nam yetarli boisa, hosildorlik bo‘yicha oddiy qatorlab ekishdan 
afzalligi yo‘q.
Tor qatorlab ekishda makkajo‘xoridan bo‘shagan maydonlarga kuzgi 
bug‘doy ekishda tuproqda nam yetarli boisa, hosildorlik oddiy qatorlab 
ekishga nisbatan 1,7-6,1 s/ga ortgan. Qatorlarni kesishtirib ekishni tor 
qatorlab ekishdan afzalligi yo‘q.
Hozirgi paytda u ru g ia rn i m aydonga bir tekis taqsimlaydigan va 
tu p ro q q a yaxshi k o ‘m ad ig an q ato rsiz seyalk alar y aratilm o q d a. 
D astlabki tajribalar qatorsiz ekish usulining yuqori samaradorligini 
k o ‘rsatm oqda.
Keyingi yillardagi tajribalar kuzgi bug‘doyni ang‘izga ekadigan 
seyalkalar bilan ekish yaxshi natijalar berishini k o ‘rsatdi. A ng izg a 
ekadigan SZS-9 seyalkasida ekish, diskali soshnika SUK-24 ekishga 
nisbatan 2-6 s/ga qo‘shimcha hosil olishga imkon bergan.


T uprog‘i og‘ir, sizot suvlari yuza joylashgan m intaqalarda kuzgi 
bug‘doyni pushtaga ekish tavsiya etiladi.
Ekinzorda qatorlar shimoldan janubga qaratib joylashtirilsa, quyosh 
yorugiigidan, ayniqsa, ertalabki va kechki oftobdan yaxshi foydalanadi, 
kun yarmida boiadigan jazirama issiqdan kam zararlanadi, hosildorlik 
2-3 s/ga oshadi.
Ekish me’yorlari. 
U rug‘ ekish me’yori ekish muddatiga va usuliga 
qarab belgilanadi. U rug‘ ekish m e’yori urug‘likning sifatiga, tuproq 
unumdorligiga va suv bilan ta ’minlanganligiga qarab har xil boiadi.
Tadqiqotlarda ilmiy jihatdan isbotlanishicha, kuzgi bug‘doyning 
gektar hisobiga ekilgan urug‘ sarfi hosildorlikka ta ’sir etuvchi omildir. 
0 ‘tkazilgan tajribalarda har gektariga 150 kg dan urug'lik sarflanib ekilgan 
kuzgi bug‘doyning bir gektaridan 36 sentner, u ru g iik sarfi 200 kg 
boiganda esa 48 sentner va 250 kg urug‘ ekilganda 62 sentnerdan hosil 
yetishtirishi mumkinligi aniqlangan.
Kuzgi bug‘doy ma'lum sabablarga ko‘ra kechikib ekilganda, gektariga 
rejalashtirilgan u ru g ‘ sarfini 15-20 foizga oshirish mum kin. Kuzgi 
bug‘doyning urug‘ sarfmi belgilashda har bir kvadrat metrda 650-700 
donadan sifatli urug‘ tushishi va 800-900 dona hosildor poya hosil 
qilishni hisobga olish zarur. Bunday poya qalinligida bug'doy o ‘simligi 
tabiiy omillardan, namlik va oziqadan yetarli darajada foydalana oladi, 
begona o ‘tlarga nisbatan raqobatbardosh boiadi.
Tadqiqotlarda gektar hisobiga 150 kg urug‘ sarflangan maydonni 
kuchli, 200 kg urug‘ ekilgan dalani o ‘rtacha, 250 kg urug‘ ekilgan paykalni 
esa kuchsiz darajada begona o ‘tlar bosishi aniqlangan.
Ekish m e’yorlari tuproq-iqlim sharoitiga qarab o ‘zgaradi. Sernam 
shimolda ekish me’yorini belgilaydigan asosiy omillar - yorugiik va tuproq 
unumdorligi boisa, qurg‘oqchil mintaqalarda o'simlikning namlik bilan 
ta ’minlanishidir. Shuning uchun sug‘oriladigan yerlarda ekish m e’yori 
lalmikorlikdagidan ancha ko‘p b o iad i.
Hozirga qadar tuproq unumdorligining ekish me’yorining kattaligiga 
ta ’siri haqida yagona fikr yo‘q. Tavsiyanomalardagi bunday qarama- 
qarshiliklar tajribalarni turli tuproq va iqlimga ega mintaqalarda, har xil 
navlar bilan, unumdorligi bir xil boim agan tuproqlarda o ‘tkazilishi bilan 
b o g iiq .
Ekish muddati ekish me’yorlariga ta ’sir k o ‘rsatadi. Ekish eng qulay 
m uddatlardan kechikkanda, ekish m e’yori oshiriladi. Kech ekilgan


o ‘simliklarda tuplanish koeffitsiyenti kam, urug‘larning unib chiqishi 
sust, kuzgi-qishki noqulay sharoitlarga chidamliligi esa past b o iad i.
Tor qatorlab, qatorlami kesishtirib ekish usullarida ekish me’yori 10 
% oshiriladi.
Begona o ‘tlar bilan zararlangan dalalarda ham ekish me’yori oshiriladi. 
Qalin ekilgan o ‘simliklar begona o ila rn i qisib q o ‘yadi.
Ekish m e’yori gektariga kilogramm hisobida yoki unib chiqadigan 
u ru g iar soni bilan belgilanadi. Ekish me’yorini bir gektarga ekiladigan 
u ru g ia r soniga qarab aniqlash to ‘g‘ri b o ia d i. Bunda yirikligi har xil 
u ru g iar ekilganda ham o ‘simliklarning oziqlanish maydoni bir xil boiadi.
H ozirgi p aytda 0 ‘zbekistonning sug‘oriladigan y erlarid a ekish 
me’yorlari gektariga 3,0-4,5; 6,0 mln/ga urug‘ hisobida tavsiya qilinmoqda.
Kuzgi bug‘doyni ekish me’yorlari ham har bir mintaqa, xo'jalik, dala, 
nav uchun o ‘tmishdoshlar, o ‘g‘itlash, sug‘orish va boshqa omillar hisobga 
olingan holda aniqlanadi.

Download 95.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling