O yakubjonov, S. Tursunov, J. Muqimov
-jadval Bug‘doy urug'ining sifat ko‘rsatkichlari
Download 95.66 Kb. Pdf ko'rish
|
Donchilik. Yakubjanov O, Tursunov S, Muqimov J
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekish muddati.
8-jadval
Bug‘doy urug'ining sifat ko‘rsatkichlari Sinf- lar Urug‘ tozaligi, % Boshqa o ‘simliklar urug‘i aralashmasi 1 kg urug‘likda, dona Unuvchanligi, % yumshoq bug'doy qattiq bug'doy ham- masi begona o‘t urug‘- lari yum shoq bug1 doy qat tiq bug'doy 1 99 99 10 5 95 90 2 98 98 40 20 92 87 3 97 97 200 70 90 85 Unuvchanligi 1-sinf 95 %, 2-sinf 92 % va 3-sinf 90 % dan kam boim asligi kerak. U rug‘ uchun oldingi yildagi hosildan foydalanish maqsadga muvofiq, agar bunday u ru g iar bo‘lmasa, shu yilgi hosilni avval quyoshda qizdirib ekish mumkin. Ekishdan kamida 24 kun oldin 1 t urug‘ 2 kg panoktin yoki 1,5 kg 2 % raksil, yoki 2-3 kg Vitovaks-200 bilan ishlanishi yaxshi natija beradi. U ru g iam i ekishga tayyorlashda ularni tur (xlorxolinxlorid) bilan 0,5 kg/ga hisobida ishlash yaxshi samara beradi. Tur preparati bilan u ru g iar ekishdan 3-5 kun oldin ishlov beriladi. U ru g iar tur bilan ishlanib ekilganda o ‘simlikning tuplanish bo'g'im i chuqurroq joylashadi, ildiz tizimi baquvvat rivojlanadi. Qish davrida o‘simlikning noqulay sharoitlarga, yotib qolishga chidamliligini hamda hosildorligini 3-5 s ga oshiradi. Turni q o ilag an d a u ru g ia r muqobil muddatlarda ekilishi zarur. Ekishning kechikishi bilan urugiarni tur bilan ishlash samaradorligi kamayadi va juda kech ekilganda hosil kamayishi mumkin. Tur qo ilan ilg and a u ru g iarn in g unib chiqishi bir-ikki kun kechikadi. Ekish muddati. Kuzgi bug‘doy agrotexnikasida eng dolzarb, muhim, yuqori m as’uliyat talab qiluvchi tadbir ekishni o ‘z vaqtida amalga oshirishdir. M a’lumki, mamlakatimizda kuzgi bug'doy muhim hayotiy omil - y o rugiikka to ‘yingan b o ia d i. Yurtimiz zaminiga bir yilda o ‘rta c h a 2,5-3 m ing so at quyosh n u ri tu sh ad i. Shuning uchun dehqonchilikda kuzgi bug‘doyning biologik xususiyatlariga monand keladigan ekish muddatini belgilash imkoniyati mavjud. Kuzgi bug‘doyni biologik xususiyati uni o‘ta erta ham, nihoyatda kech ham ekishga imkon bermaydi. Nihoyatda erta ekilgan kuzgi bug'doy yorugiik va harorat ta ’sirida (Krasnodar navlaridan tashqari) kuzdayoq boshoqlab yuboradi va natijada o'simlikning o'sishi, rivojlanishi va hosil keskin pasayib ketadi. Juda kech ekilgan kuzgi bug'doy esa sekin unib chiqadi, hatto to ia unib chiqa olmaydi, tuplash (chaylash)ga ulgura olmaydi. Hosildor poyalar soni kamayadi. Oqibatda hosildorlik past boiadi. Olib borilgan k o 'p yillik ilmiy tadqiqotlar natijasida Andijon viloyatining janubiy va sharqiy tum anlarida kuzgi bug'doy ekishni maqbul m uddatlari aniqlandi. Tajriba dalasiga dehqonlarning amaliy tajribalariga tayangan holda 25-sentabr, 10 va 5-oktabr kunlari kuzgi bug'doy ekildi. Yakuniy natija esa quyidagicha bo'ldi: Kroshka nomli bug'doy navi urug'lari 5- sentabr kuni ekilganda tez kunda nihollar unib chiqdi, o'sib rivojlana boshladi. Наг bir metr kvadrat yerda 751 donadan baquw at poya va boshoq hosil qilib, natija gektaridan 67, 3 sentnerni tashkil etdi. Oktabr oyining 19 sanasida ekilgan kuzgi bug‘doy birinchi muddatdagidan bir hafta kech unib chiqdi, sekinroq rivojlandi. Mazkur hududning bir metr kvadratida 66,8 dona boshoqli poyalar hosil b o id i va gektar hisobiga 57,9 sentner hosil olindi. 25 oktabr kuni ekilganda esa, nihollarning unib chiqishi nihoyatda sekinlashdi, к о ‘chat yuqoridagi variantlarga qaraganda siyrak b o id i. T o ia tuplab ulgurmay qishlash davriga o ‘tdi. Bu maydonchaning har bir metr kvadratida 471 dona hosildor poya hosil b o iib , natija gektariga 44,2 sentnerni tashkil etdi. Kech ekilgan, sust rivojlangan, poyalari zich b o im ag an bug‘doyzorning begona o ‘t bosib, kuzgi bug‘doy zarur hayot omillari: yorugiik, harorat, namlik, oziqa va havodan yetarli darajada foydalana olmadi. Kech ekilgan kuzgi bug‘doyning boshoq uzunligi, bitta boshoqdagi donlar soni ham eng qulay m uddatda ekilgan bug‘doyga nisbatan birmuncha past b o id i. Tajribalarga qaraganda, kuzgi bug‘doyni 20-sentabrdan 10-oktabrgacha ekish eng maqbul muddat hisoblanadi. Ekish muddatini belgilashda shunday holatdan kelib chiqish kerakki, m azkur m in taq ad a doimiy sovuq tushgunga q ad ar kuzgi bu g ‘doy o‘simligi tuplanish davriga kirib 2-3 ta poya chiqarishi kerak. Buning uchun ekilganidan 40-45 kun o ‘tishi talab qilinadi. Shunda bug‘doy qishga chidamli bo iad i. Juda erta ekilgan o ‘simlik m e’yoridan ortiq o ‘sib ketadi, yomon qishlaydi, suvdan, oziqa moddalardan samarali foydalanmaydi, kasalliklar, zararkunandalar bilan sezilarli zararlanadi va hosildorlik kamayadi. Ayniqsa, yaxshi o ‘g‘itlangan, sug‘orib ekilgan maydonlarda o ‘simliklar juda o ‘sib ketadi, yomon qishlaydi va hosildorlik keskin pasayadi. Kuzgi bug‘doy kech ekilganda qishga kuchsizlanib kiradi. Ular qish tushguncha tuplanib ulgura olmaydi, qishlashda siyraklashadi, bahordagi o ‘sishi va rivojlanishi kechikadi. H ar bir mintaqa uchun tuproq iqlim sharoiti hisobga olinib, eng qulay ekish muddati aniqlanadi. Biologik kuzgi navlar uchun eng qulay ekish m uddati oktabrning birinchi o ‘n kunligi, bahorgi navlari va duvarak navlar uchun oktabrning ikkinchi o ‘n kunligi ekish uchun eng qulay vaqt hisoblanadi. 0 ‘zbekiston sharoitida iliq kuz davrining uzunligi, ayrim yillari qish davrida ham kuzgi ekinlar o ‘sishining davom etishi ekish muddatlarini aniqlashda navning biologik xususiyatlarini hisobga olish zarur ekanligini ko‘rsatadi. Kuzgi bug‘doy qishga kirish davrida bir o ‘simlikning 3-4 poya hosil qilganda yaxshi qishlashi va yuqori hosil berishi aniqlangan. Kuzgi bug‘doyning bunday holati yetarli darajada rivojlangan yer usti massasi, ildiz tizimi hamda ko‘p miqdorda plastik moddalarni hosil qiladi. 0 ‘zbekiston sharoitida o‘tkazilgan tajribalar har bir o‘simlik qishlash oldidan 4-5 poya hosil qilganda ular qishdagi noqulay sharoitlarga, kasalliklarga, zararkunandalarga chidamli boiishini k o ‘rsatadi. Kuzgi o ‘sish davrining oxiriga kelib har bir o ‘simlikda 4-5 tadan poya hosil boiishi uchun bug‘doy qishki sovuqlar tushishiga 40-60 kun qolganda ekiladi. Bunda 5°C dan ortiq sutkalik haroratlar yigindisi shu davrda 450-600°C boiadi. 0 ‘zbekistonning sug‘oriladigan yerlaridagi har bir m intaqada, tumanda, xo‘jalikda navga, tuproqqa, uning namligi va unumdorligiga, ob-havo sharoitiga qarab eng qulay ekish muddatlari aniqlanadi. Download 95.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling