O yakubjonov, S. Tursunov, J. Muqimov
Download 95.66 Kb. Pdf ko'rish
|
Donchilik. Yakubjanov O, Tursunov S, Muqimov J
Tuproqqa ishlov berish.
Sug‘oriladigan yerlarda, kuzgi bu g ‘doy ekiladigan maydonlarda tuproqqa ishlov berish tizimi mintaqalarning tuproq-iqlim sharoiti, o ‘tm ishdoshlar, dalaning begona o ‘tlar bilan iflo slanganligi, tu p ro q n in g suv-fizik, kim yoviy x o ssalari uning madaniylashganlik darajasi, haydalma qatlam tuzilishi va boshqa omillari hisobga olingan holda ishlab chiqiladi. Kuzgi don ekinlari, jumladan, kuzgi bug‘doy ekiladigan maydonlar tuprog‘ini ishlash o ‘ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzgi bug‘doy turli o ‘tmishdoshlardan keyin ekiladi. Shuning uchun tuproq yozda va kuz oxirida haydaladi. Tuproqni ishlashda haydalma qatlamda, ildiz tizimi joylashgan asosiy qismda namlik to'planishi va saqlanishi uchun qulay sh a ro it y aratila d i. Bu suv, oziqlanish, havo va issiqlik rejim lari boshqarilishi, organik moddalarning parchalanishi, chirish jarayoni uchun qulay sh aroit yaratadi. T u p ro q qa p uxta ishlov berish o ‘g‘itlar va urugiam ing bir tekis taqsimlanishini ta ’minlaydi, ildiz tizimini haydalma qatlamda tarqalishiga imkon yaratadi, begona o ‘tlami, zararkunandalarni yo‘q qiladi. 0 ‘simliklaming turli kasalliklar bilan kasallanishining oldini olishga imkon beradi. Kuzgi bug‘doy haydash chuqurligini oshirishga ju d a ta lab ch a n . 0 ‘tm ishd o sh ekin uchu n h ay dalm a q atlam n i chuqurlashtirish va yuqori me’yorda organik o ‘g‘itlar solish kuzgi bug‘doy rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Y erni haydash chuqurligi tu p ro q qatlam ining qalinligi, zichligi, almashlab ekish dalalari hamda ularning begona o‘t bosganligiga qarab tabaqalashtiriladi. Tuproqqa ishlov berish katta xarajat talab qiladi. Mexanizmlaming me’yorida ishlamasligi, dalada agregatlarning ko‘p yurishi tuproqning zichlashishiga va changsimon holga o ‘tishiga, o ‘g‘itlar samaradorligining pasayishiga va nam to ‘planishining kamayishiga olib keladi. Shuning uchun mexanizmlar bir yurishida 3-4 ishni bajarishi juda muhim. Ammo unumsiz, qum va shag‘al qatlamli tuproqda yer shunday chuqurlikda haydalishi kerakki, natijada qum va shag‘al yer yuzasiga ag‘darilib chiqmasligi kerak. Yangi o ‘zlashtirilgan yerlarda dastlabki ikki yilda haydash chuqurligi 20-22 sm dan oshmasligi kerak. Keyingi yillarda haydov chuqurligi 2-3 sm dan oshirib boriladi. Kuzgi bug‘doy ildizlari asosan haydalma qatlamda joylashadi. Shuning uchun bu qatlam chuqurligini oshirib yuborish kutilgan samara bermaydi. Bedadan keyin kuzgi bug‘doy joylashtirilsa, asosiy haydashdan 10-12 kun oldin 6-7 sm chuqurlikda diskali boronalar yordamida yerga ishlov beriladi, boshchalar qirqib maydalanadi, keyinchalik PYa-3-35 pluglari bilan 35-40 sm chuqurlikda ag‘darib haydaladi. Bedapoyalami yilma-yil navbat bilan har xil chuqurlikda haydash bir xil chuqurlikda haydalganga qaraganda begona o ‘tni kamaytiradi, beda qoldiqlarining asta-sekin parchalanishi, gumus miqdorining ko‘payishini ta ’minlaydi. Shuning uchun bedapoya ikkinchi yil 25 sm, uchinchi yili 35-40 sm chuqurlikda ag‘dari]adi. Kuzgi bug‘doydan yuqori hosil olishning muhim shartlaridan biri, o ‘tmishdosh ekinlami yuqori agrotexnika sharoitida o‘stirish va hosilni o ‘z vaqtida yig‘ib olishdir. Hosilni yig‘ishtirish bilan yerni haydash o ‘rtasidagi davr uzoq b o ‘lmasligi kerak. Bu davr cho‘zilsa, tuproq namligini yo‘qotishi mumkin. Shuning uchun hosil yig‘ishtirilishi bilan yer darhol ag‘darilishi kerak. Yer haydash va boronalash o ‘tkazilgan tuproqda namlik yaxshi saqlanadi, kesak hosil boim aydi. 0 ‘zbekiston sharoitida o‘tmishdosh ekin hosili yig‘ishtirilgandan keyin darhol yer haydalm asa, tuproq qurib ketadi va ag‘darilganda yirik kesaklar hosil boiadi. Bunday maydonlar ekishga 10-15 kun qolganda jo ‘yaklar yordamida sug‘orilishi, ekishga tayyorlashda mayin, ekish uchun yaroqli holda b o iish i zarur. Bunda dala tekis, tuproq zichligi eng qulay, tuproqda diametri 1-5 sm b o ig an kesakchalar 80 % dan kam boimasligi va 10 sm dan yirik k esak chalarning b o iis h ig a y o ‘l q o ‘ym aslik m uhim dir. Tuproqning bunday holda boiishi tuproq bilan urug‘laming zich tegib turishi va maysalarning qiyg‘os unishini ta ’minlaydi. Tuproqda yetarli namlik boiganda plugdan keyin agregatga borona va molani qo‘shish, tuproqni bir tekis mayda donador holga keltiradi, yumshoq qavatli tuproq hosil qiladi. Ammo tuproqning boronalanib, molalangandan keyingi holati, ko‘pincha ekishni o‘tkazish uchun talabga jav o b bermaydi. Bunday holdagi tu p ro q la rd a kesak k o ‘p b o ia d i, g ‘ovakligi k atta b o ia d i, nam lik tez yo‘qoladi. Shuning uchun yer haydalgandan keyin kultivator yoki chizel borona va mola bilan bir-ikki ishlanadi. Natijada kesaklar maydalanib, tuproq zichlashib, tekislanadi va ekishga tayyor bo‘ladi. Kuzgi bug‘doy ekilguncha dalada begona o ‘tlar paydo b o ‘lsa, 2-3 bor kultivatsiya bilan boronalash o ‘tkaziladi. Birinchi kultivatsiya (ekish oldidan o ‘tkaziladigan) urug‘ ekiladigan chuqurlikda o ‘tkaziladi. Download 95.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling