O yakubjonov, S. Tursunov, J. Muqimov
Almashlab ekishdagi o ‘rni
Download 95.66 Kb. Pdf ko'rish
|
Donchilik. Yakubjanov O, Tursunov S, Muqimov J
Almashlab ekishdagi o ‘rni.
K uzgi b u g 'do y ekishdan oldin uni almashlab, navbatlab ekish to ‘g‘ri amalga oshirilishi muhimdir. Chunki bug‘doy yakka ziroatchiligiga mutlaqo yo‘l q o ‘yib b o ‘lmaydi. Kuzgi bug'doy o ‘n yil davomida surunkali ravishda bitta maydonga ekilganda don hosildorligi gektar hisobiga 14,2 sentner, muntazam bitta dalaga besh yil davom ida ekilganda 17,1 sentner, g ‘o ‘za bilan navbatlab ekilganda 51,2 sentner, g‘o ‘za-beda almashlab ekish tizimida esa 62,8 sentnerni tashkil qilgan. Binobarin, kuzgi bug‘doyni beda va soya kabi dukkakli ekinlar, g ‘o ‘zadan b o ‘shagan dalalarga ekish yuqori don hosildorligini ta ’minlovchi omil hisoblanadi. Bu tadbirning yana bir muhim tomoni shundaki, almashlab ekilgan kuzgi bug‘doy nihoyatda durkun o ‘sadi, barvaqt rivojlanadi. Ulami kasallik va hasharotlar zararlay olmaydi. Bunday dalalarni begona o ‘tlar ham kam bosadi, natijada sarf-xarajat kamayib, daromad oshadi. Dalani begona o ‘tlardan tozalash, ekish oldidan nam to'playdigan sug'orishlarni o ‘z vaqtida o ‘tkazish, o ‘g ‘it solish, tuproqni ekishga tayyorlash hamda kuzgi bug‘doyni eng qulay muddatlarda ekish uchun o‘tmishdosh ekin hosili ertaroq yig‘ishtirib olinadi. 0 ‘zbekiston sharoitida sug‘oriladigan yerlarda kuzgi bug‘doy hosili va sifatiga o ‘tmishdoshlarning ta ’siri kam o ‘rganilgan. Sug‘oriladigan yerlardagi almashlab ekishlar uchun 50; 62 va 75 % maydonlarni ajratib, shundan 50 % yoki k o ‘prog‘ini kuzgi bug‘doy uchun ajratish mumkin. Sug‘oriladigan yerlardagi almashlab ekish kuzgi bug‘doyni uch yillik bedadan, g‘o‘zadan, don va silosga ekilgan makkajo‘xoridan, dukkakli don, kartoshka, sabzavot, poliz ekinlaridan keyin joylashtirish yaxshi natija beradi. S u g ‘o rila d ig an y e rla rd a o ‘tm ish d o sh larn in g kuzgi b u g ‘doy mahsuldorligiga ta ’sirini o ‘rganish, almashlab ekishlarda uch yillik beda va dukkakli don ekinlaridan keyin ekilganda hosildorlik m akkajo‘xori silosga ekilgandan keyingiga nisbatan 3-5 s/ga ko‘p bo‘lgan. K uzgi b u g ‘doy su g ‘o rilad ig an y erla rd a ek ilgand a g ‘o ‘za, m akkajo‘xori, sabzavot, poliz, kartoshka, yem-xashak ekinlari, ildiz mevalar, dukkakli don ekinlari uchun o ‘tmishdosh hisoblanadi. AQSH, Xitoy, Hindiston, M isrda almashlab ekishlarda g‘o ‘zaning hissasi 25-50 % dan oshmaydi. R espublikada sug‘oriladigan yerlarda almashlab ekish g‘o‘zaning hissasi tuproq sharoitiga k o ‘ra 40; 50; 60 % bo‘lishi taklif qilinmoqda. Bunday almashlab ekishda kuzgi bug‘doy ham katta o ‘rin egallaydi. Kuzgi bug‘doyni sug‘oriladigan yerlarda surunkasiga bir maydonda o‘stirish, bedali almashlab ekishdagiga nisbatan hosilini gektaridan 8,3 s, ko‘p yillik o‘tlarsiz almashlab ekishlardagiga nisbatan gektaridan 6,7 s kamaytiradi. Kuzgi bug‘doydan keyin ekilgan g‘o ‘za vilt bilan kam zararlanadi. Y axshi rivojlangan kuzgi b u g 'd oy begona o ‘tlarn in g m aysalarini o ‘stirmaydi, yerni ulardan tozalaydi. Tajribalarning ko‘rsatishicha, boshoqli don ekinlari, shu jumladan, kuzgi bug‘doyni ham surunkali ikki yil ustma-ust o ‘stirish kasallik va zararkunandalar, begona o ‘tlaming ko‘payib ketishiga, to ‘planishiga olib keladi hamda hosildorlikni pasaytiradi. Download 95.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling