O yakubjonov, S. Tursunov, J. Muqimov
Download 95.66 Kb. Pdf ko'rish
|
Donchilik. Yakubjanov O, Tursunov S, Muqimov J
Sanzar-4.
0 ‘zbekiston donchilik ilmiy tekshirish institutida sobiq ittifoq o ‘simlikshunoslik ilmiy tekshirish institutining kolleksiyasidan □ 2267 va 6030 namunalaridan yakkalab va k o ‘plab tanlash y o ii bilan yaratilgan. Mualliflar: Kovalev A.I., Kovalev Yu.A., Gaybullayev S.G., Umarov D.T., Kiryash V.A. 1999-yildan respublikaning sug‘oriladigan yerlarida kuzgi ekish muddatida davlat ro ‘yxatiga kiritilgan. Ferrugineum tur xiliga mansub. Duvarak, biologik kuzgi. Boshog‘i prizmatik, o ‘rtacha uzunlikda, g‘ovak. Boshoq qipig‘i lansetsimon, kam tomirlangan. Tishi kalta (1 mm), o ‘tkir, to ‘g‘ri. Yelkasi qisqa, kesilgan. Choki aniq. Qiltig‘i kalta, biroz tarqoq. Doni dumaloq-uzunchoq. Ariqchasi tor, sayoz. 1000 ta donning vazni 38,0 g dan 44,0 g gacha. N av o ‘rtapishar. 0 ‘sish davri o ‘rtacha 220 kun. Respublikaning shimolida 250 kun, janubda 181 kunda pishadi. Yotib qolish va to ‘kilishga bardoshli, qishga chidamliligi 5,0 ball. 1999-2000-sinov yillarida o ‘rtacha don hosildorligi sug‘oriladigan nav sinash shoxobchalarida gektaridan 42,9 dan 56,5 sentnergacha. Sinov yillarida qishloq x o ‘jalik kasalliklari va hasharotlari bilan kuchsiz darajada zararlandi. Ob-havo noqulay kelgan 1999-yili sariq zang bilan kuchli zararlanish, ayniqsa, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida 60,0-100 % gacha aniqlandi. Boshqa viloyatlarda o ‘rtacha darajada 10,0-35,0 % gacha zararlandi. Respublika non nazorati laboratoriyasining m a’lum otiga k o ‘ra, navning texnologik va non yopish sifati yaxshi: oqsil miqdori (protein) 11,6-14,8 %, kleykovina 27,0-29,0%, ID K 75-90 yed., un chiqishi 68,0 dan 74,0 % gacha. Nonining ko‘tarilish hajmi 348 dan 388 sm gacha. Umumiy non yopish bahosi yaxshi (4,0 -5,0 ball). Sanzar-6. 0 ‘zbekiston donchilik ilmiy tekshirish instituti («Don» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi)da Red-river 68 - x rannaya 12 duragay chatishmasidan yakkalab va guruhlab tanlash yo‘li bilan yaratilgan. Mualliflar: Kovalev A.I., Kovalev Yu.I., Gaybullayev S.G., Umarov D.T., Pitonya A.A., Odinsova I.G. 1991-yildan Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarining lalm ikor yerlarida kuzgi muddatda davlat ro ‘yxatiga kiritilgan. Eritrospermum tur xiliga mansub. Duvarak, biologik kuzgi. Boshog‘i prizmasimon, o‘rtacha uzunlikda va zichlikda. Boshoq qipig‘i lansetsimon, kam tomirlangan. Tishchasi o ‘tkir to ‘g‘ri, kalta. Yelkasi kalta, kesilgan, doni dumaloq, ariqchasi tor, sayoz. Doni yirik, 1000 ta donaning vazni 37,0 dan 45,0 g gacha. Ertapishar, o ‘sish davri 145 dan 177 kungacha (erta bahorda to ‘la unib chiqqan). Y otib qolishga, to ‘kilishga, qurg‘oqchilikka, qishga chidamliligi 5,0 ball. G ‘allaorol va Qamashi nav sinash shoxobchalari m a’lumotiga ko‘ra, 1999-2000-sinov yillarida lalmikor sharoitda hosildorlik gektaridan 17,7 va 23,4 sentner, og‘ir lalmikor sharoitda K attaq o ‘rg‘on nav sinash shoxobchasida 7,7 sentnerni tashkil etdi. Nav qishloq xo‘jalik kasalliklari va hasharotlari bilan kuchsiz darajada zararlanadi. Ob-havo noqulay kelgan 1999-2000-yillari sariq zang bilan zararlanish G ‘allaorol lalmikor nav sinash shoxobchasida o ‘rtacha darajada 37,0 % gacha aniqlandi. R espublika non nazorati tajribaxonasining m a ’lum otiga k o ‘ra, navning texnologik va non yopish sifati o ‘rtacha: oqsil miqdori (protein) 8,5%, kleykovina 27,0 %, un chiqishi 71,0 %, nonning ko‘tarilish hajmi 294 sm3. Umumiy non yopish bahosi o ‘rtacha (3,0 ball). Download 95.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling