O yakubjonov, S. Tursunov, J. Muqimov


Download 95.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/221
Sana12.11.2023
Hajmi95.66 Kb.
#1769026
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   221
Bog'liq
Donchilik. Yakubjanov O, Tursunov S, Muqimov J

Krasnovodopadskaya-210. 
Krasnovodopad Davlat seleksiya stansiyasida 
(Krasnovodopadskaya-49 x Bima-1) x Bezostaya-1 navlarini chatishtirish 
y o ii bilan yaratilgan.
Muallif: Marko A.F.
1980-yildan Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo
Toshkent viloyatlarining lalmikor yerlarida kuzgi ekish muddatida davlat 
ro ‘yxatiga kiritilgan.
Eritrospermum tur xiliga mansub. Biologik kuzgi.
Boshog‘i prizmasimon, to ‘g‘ri burchakli, mayda (6,0-7,8 sm), o ‘rtacha 
zichlikda. Qiltig‘i o ‘rtacha uzunlikda, tarqoq, dag‘al. Boshoq qipig‘i 
tuxumsimon cho‘ziq, yirik, tuksiz, yelkasi juda kuchsiz rivojlangan. Choki 
ingichka, qipiq asosigacha cho‘zilgan. Chokining tishchasi o ‘rtacha 
uzunlikda, o'tkir, asosidan boshlab yuqorisigacha ortib boradi, orqaga 
biroz egilgan. Doni bochkasimon, qizil ariqchasi o ‘rtacha.
Doni o ‘rtacha yiriklikda. 1000 ta donining vazni 35,8-40,0 g gacha. 
Nav ertapishar. 0 ‘sish davri 143-177 kun. Yotib qolish va to ‘kilishga 
bardoshli (5,0 ball). Navning qim m atbaho fiziologik belgisi uning 
qurg‘oqchilikka chidamliligidir (4,3-5,0 ball). 1996-2001-sinov yillari 
lalm ikor yerlar sharoitida: Jizzax viloyati G ‘allaorol nav sinash 
shoxobchasi va Qashqadaryo viloyati Qamashi nav sinash shoxobchasida 
o ‘rtacha don hosildorligi gektaridan 15,9-29,1 sentnerga teng. 1996- 
2001-sinov yillarida sariq zang kasali bilan o ‘rtacha darajada zararlandi, 
G ‘allaorol nav sinash shoxobchasida 20,0 % gacha.
Navning texnologik va non yopish sifati yaxshi: kleykovina miqdori
26,0-27,0 %, oqsil (protein) 13,4 %, un chiqishi 70,0 %. Umumiy non 
yopish bahosi yaxshi (4,2 ball).


Ko‘kbulak. 
0 ‘zbekiston Donchilik ilmiy tekshirish instituti («Don» 
ilmiy ishlab chiq arish b irlash m asi)d a 
Qizil S harq x K44395 
kombinatsiyalaridan yakkalab tanlash y o ii bilan yaratilgan.
Mualliflar: Amanov A., Umirov N., Kiryash V.A., Xolmatov M.
2001-yilda Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarining lalmikor 
yerlarida kuzgi ekish muddatida davlat ro ‘yxatiga kiritilgan.
Eritrospermum tur xiliga mansub. Duvarak, biologik kuzgi.
B oshog‘i oq, urchuqsim on, o ‘rtac h a zichlikda. Boshoq q ip ig ‘i 
lansetsimon, kuchsiz tomirlagan. Boshoq qipig‘ining tishchasi o ‘tkir, 
yelkasi ensiz kesilgan, choki yaxshi ko‘rinadi.
Qipig‘i oq, tarqoqsimon, o ‘rtacha uzunlikda va dag‘allikda. Doni 
o‘rtacha yiriklikda, qizil tuxumsimon cho‘ziq-uzunchoq shaklda, sayoz 
ariqchali. 1000 ta donining vazni 38,9 dan 45,0 g gacha.
Nav o ‘rtapishar navlar guruhiga mansub, o ‘rtacha 235 kunda pishadi. 
1996-2000-sinov yillarida o‘sish davri (erta bahorda unib chiqqanda) 147 
kundan 177 kungacha boigan. Nav qishga chidamli.
Y o tib qolish va t o ‘k ilishga b ard o sh lilig i 5,0 ballg a teng. 
Q urg‘oqchilikka chidamliligi 4,0-4,3 ball. 1996-2000 sinov yillarida 
o ‘rtacha don hosildorligi lalmikor nav sinash shoxobchalarida gektaridan: 
G ‘allaorol nav sinash shoxobchasida 15,1 sentner, Qamashi nav sinash 
shoxobchasida 19,1 sentnerni tashkil etdi.
Sinov yillarida qishloq xo‘jalik kasalliklari (sariq zang) bilan faqat 
G ‘allaorol nav sinash shoxobchasida kuchsiz darajada, 16,0 % atrofida 
zararlanganligi aniqlandi.
R espublika non nazorati laboratoriyasining m a’lum otiga k o ‘ra, 
navning non yopish sifati qoniqarli: oqsil miqdori 9,8 %, kleykovina 
25,0%, nonning ko‘tarilish hajmi 229 sm3. Umumiy non yopish bahosi
3,8 ball.

Download 95.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling