O yakubjonov, S. Tursunov, J. Muqimov
Download 95.66 Kb. Pdf ko'rish
|
Donchilik. Yakubjanov O, Tursunov S, Muqimov J
0 ‘g‘itlash.
Kuzgi bug‘doy tuproq unumdorligi va o ‘g‘itlashga juda talabchan. U 1 sentner don va shunga muvofiq somon hosil qilish uchun 3,7 kg azot, 1,3 kg fosfor va 2,3 kg kaliy o ‘zlashtiradi. 0 ‘g‘itlash hamma turdagi tuproqlarda kuzgi bug'doy hosilini oshiradi. Sug‘oriladigan yerlarda, kuzgi bug‘doydan yuqori hosil olishning shartlaridan biri yetarli miqdorda o ‘g‘itlarni solishdir. Tajribalarning ko‘rsatishicha, sug‘oriladigan yerlarda, o ‘g‘itlar kuzgi bug'doy hosilini gektardan 26-36 sentnerga oshiradi. Kuzgi bug'doy 60 s/ga don hosil shakllantirganda oziqa moddalariga talabi o ‘rtacha 200-220 kg azot, 60-80 kg fosfor, 130-14 kg kaliyni tashkil qiladi. Ammo u nam bilan ta ’minlanganlik, nav, mineral oziqlanish darajasiga bogiiq. Rejalashtirilgan hosilga o ‘g‘it m e’yorlari belgilanganda hosil bilan chiqib ketadigan asosiy oziqa moddalari, o ‘simlik tomonidan solingan o ‘g‘itlar va tuproqdan oziqa moddalarning o'zlashtirish koeffitsiyenti hisobga olinadi. 0 ‘g‘itlash me’yorini belgilashda qaysi oziqa elementi yetishmasligi, o ‘simlikning boshqa elementlarga ham ehtiyoji hisobga olinadi. Sug‘oriladigan yerlarda m a’danli o 'g itla rn i yerni haydash oldidan, ekishda va kuzgi bug‘doyning o ‘suv davrida berish yaxshi natija beradi. K uzgi b u g ‘doy sug ‘oriladigan y erlarda o ‘stirilg an da m a ’danli o ‘g ‘itlarn i, ayniqsa, azotli o ‘g ‘itlarn i k o ‘p talab qiladi. 0 ‘simlik naychalash va boshoqlash davrlarida azotli o ‘g‘itni eng ko‘p o ‘zlashtiradi. Bu davrda azotli oziqlanish me’yorida bo‘lsa, boshoq yaxshi rivojlanadi, undagi boshoqchalar hamda don soni oshadi. Kuzgi b ug‘doy o ‘sish davrining dastlabki haftalarida fosfordan ja d a l fo y d alan ad i va tu p lan ish d a n gullashgacha b o ig a n d av rda umumiy o ‘zlashtiriladigan fosforning □ qismini o ‘zlashtiradi. Fosforli o ‘g‘itlar ildiz tizimining rivojlanishi, uning kattaligi va hajmi, generativ (jinsiy) organlarning shakllanishiga ijobiy ta ’sir k o ‘rsatadi ham da qurg‘oqchilik va qishga chidamlilikni oshiradi. 0 ‘simlikning fosfor bilan yaxshi t a ’minlanishi, azotli oziqlantirish o ‘simlik tom onidan fosfor, kaliy, kalsiy ham da bir qator mikroelementlarni o ‘zlashtirishni yaxshilaydi. O rtiq ch a fosfo r o ‘sim likning mis, tem ir, m arganets yutishini kam aytiradi. 0 ‘sim likning m e ’y o rid an o rtiq azot bilan oziq lan ish i o ‘suv organlarining ortiqcha о ‘sib ketishiga olib keladi va erta bahordagi tuproq namligini tez kamaytiradi, ko‘p poyalari nobud boiadi, donlar sifatsiz, mayda bo‘lib qoladi. Tup qalinligi yuqori b o igan ekinzorlarda, nam va bulutli ob-havoda fosforning yetishmasligi va o'simlikda fotosintezning sust o ‘tishi, yutilgan azot va fotosintez mahsulotlari o ‘rtasidagi balansning buzilishiga olib keladi. Azotli o‘g‘itlarni kuzda yuqori miqdorda solish o‘simlikning ortiqcha о ‘sib ketishi, yomon qishlashi va nobud b oiish ig a olib keladi. Azot yetishmasligi yoki ortiqchasi hosil va sifatning pasayishiga olib keladi. 0 ‘tmishdoshlar, tuproq agrokimyoviy kartogrammasi hisobga olinib, azotli o ‘g‘itlar ekish oldidan kuz va bahorda o ‘sish davrida b o iib beriladi. Kuzgi bug‘doy, ayniqsa, bahorda azotli oziqlanishga talabchan. Bu davrda uni azot bilan ta ’minlash o ‘simlikning tez o ‘sishi, yaxshi tuplanishi va mahsuldor tuplarni hosil qilishiga olib keladi. Sug‘oriladigan yerlarda kuzgi bug‘doyni o ‘stirishda o ‘tmishdoshlar, agrokimyoviy kartogram m a, nav xususiyatlari hisobga olinib, yillik o ‘g‘itlar miqdori belgilanadi. Download 95.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling