O yakubjonov, S. Tursunov, J. Muqimov
Download 95.66 Kb. Pdf ko'rish
|
Donchilik. Yakubjanov O, Tursunov S, Muqimov J
Sug‘orish rejimi.
0 ‘zbekistonning sug‘oriladigan yerlarida kuzgi bug‘doyzorlardan yuqori hosil olish uchun energetik manbalar yetarli. Zarafshon vodiysida o ‘tkazilgan tajribalarning k o ‘rsatishicha, kuzgi bug'doy o'sish davrida fotosintetik aktiv radiatsiya (FAR) o ‘rtacha 1 m2 ga 1638 mJ (megajoul) yoki 1 gektarga 16,38 mlrd. kJ ni tashkil qiladi. Shu sab ab dan kuzgi b u g ‘doy su g ‘orilad ig an y erlard a 0,68-2,7 % foydalangan va har gektar ekinzorda 75-220 s quruq massa yoki 30-90 s don hosili shakllangan. K o‘p yillik tajribalar va amaliyot 0 ‘zbekiston sharoitida yuqori hosil olishning asosiy omili suv ekanligini k o ‘rsatadi. Kuzgi bug‘doy suvni o‘sish davrida bir tekis sarflaydi. 0 ‘simlik kuz davrida o ‘rtacha 850-900 m 3/ga, qish davrida 1162-1230 m 3/ga, bahorda 3834-3799 m 3/ga suv sarflaydi (N. Xalilov, 2005). 0 ‘simliklarning o ‘sish davridagi suv sarfi sug‘orish rejimiga, ekish muddatlariga, o ‘g‘itlar m e’yoriga va boshqa omillarga b o g iiq holda o ‘zgaradi. Kuzgi bu g ‘doy o ‘sish davrida sug‘orish rejim iga b o g iiq holda gektariga 5153-6487 m 3 sarflaydi. Shundan 40-55 % sug‘orishlar hisobiga to ‘g ‘ri keladi. Qolgan qismi yo g in g a rch ilik va tuproqdagi nam lik hisobidan qondiriladi. Bu ko‘rsatkichlar sug‘orishga, o ‘g‘itlashga, ekish muddatiga, navlarga, tuproq sharoitiga qarab o ‘zgaradi. 0 ‘zbekistonda kuzgi bug'doy urugiarini eng qulay muddatlarda ekib, qisqa vaqt davomida bir tekis qiyg‘os undirib olish va doimiy sovuqlar tushguncha o ‘simlikning tuplanib chiqish bosqichini t o i a o ‘tishini ta ’minlash yuqori hosil yetishtirishda asosiy vazifalardan biridir. Y ozning ikkinchi y arm id a va kuzning birinchi oy larid ag i y o g in g a rc h ilik lar tu p ro q suv balansining o'zg arish ida m uhim rol o ‘ynaydi. Atmosfera yog‘ingarchiliklari avgust, sentabr, oktabr oylarida juda kamdan-kam yog‘adi va ularning ko‘p qismi havo harorati tufayli tez bugianadi. Sentabr oxiri, oktabr va noyabming boshlarida - kuzgi bug‘doy ekish paytiga kelib tuproq juda qurib ketadi va urug‘lami o ‘z vaqtida undirib olishning imkoni bo‘lmaydi. Tuproqning haydalma qatlami, shuningdek, chuqur qatlamlarida suv miqdori kam bo‘ladi. 0 ‘tmishdoshlarga bogiiq holda tuproqdagi suv zaxirasi o ‘zgaradi. Bu davrda tuproqda namlikning tanqisligi yuqori boiadi. Shuning uchun ekish oldidan o‘tkaziladigan nam to ‘playdigan sug‘orishlar tuproqdagi bu tanqislikni bartaraf etadi. Kuzgi bug‘doyni sug‘orish samaradorligi atmosfera yogingarchiliklariga ham bogiiq, ammo ular miqdori va yogish muddatlari doimiy emas. Shuning uchun kuzgi bug‘doylarni ekishgacha, nam to ‘playdigan sug‘orishlarni o ‘tkazish hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ekishdan oldin gektariga 1200-1500 m 3 me’yorida o ‘tkazilgan nam to‘playdigan sug‘orishlar yuqori hosil shakllanishini ta ’minlaydi. Sam arqand viloyatida o ‘tkazilgan tajribalarda nam to ‘playdigan sug‘orishlar gektariga 1200 m 3 m e’yorida o ‘tkazilganda Intensivnaya navidan 66,3 s/ga va ular o ‘tkazilm aganda 46,8 s/ga hosil olinib, qo‘shimcha hosil 18,5 s/ga boigan. Bunda nam to ‘playdigan sug‘orishlar o ‘tkazilgan va o ‘tkazilm agan m aydonlar ham b ah o rd a uch m arta gektariga 750 m 3 me’yorda sug‘orilgan (Oripov, Xalilov, 2007-y.). Nam to ‘playdigan sug‘orishlar samaradorligi quruq kuz va sernam bahor boiganda yuqori, sernam kuz va quruq bahor boiganda samarasiz boiadi. Shunda o ‘simlikning o ‘sish davrida o ‘tkaziladigan sug‘orishlar roli ortadi. Nam to ‘playdigan sug‘orishlar o ‘tkazilganda kuzgi bug‘doy murtak ildizlari 140-158 sm, bo‘g‘im ildizlari esa 50-60 sm chuqurlikka kirib boradi, o ‘simlik b a q u w a t b o ii b rivojlanadi. Ekish oldidan nam t o ‘play d ig an su g‘o rish lar o ‘tk azilm asa, kuzd a atm o sfera yog‘ingarchiliklari b o im a g a n d a ikkilam chi b o ‘g‘im ildizlari hosil b o im ay d i, m urtak ildizlari esa 70-80 sm chuqurlikka kirib boradi, o ‘simlik zaif boiadi. Ekish oldidan o ‘tkaziladigan nam to ‘playdigan sug‘orishlar yerni haydash oldidan va undan keyin o ‘tkazilishi mumkin. Yerni haydash oldidan o ‘tkaziladigan sug‘orishlar begona o ‘tlar urugiarining qiyg‘os unib chiqishi va o ‘sishini ta’minlaydi. Keyin begona o ‘tlar yerni chuqur ag‘darish bilan yo‘q qilinadi. Ekish oldidan o ‘tkaziladigan sug‘orishlar tuproqning me’yorida namlanishini, yer yetilishi bilan haydalganda yirik kesaklar hosil b o im a s lig i ham da tu p ro q n in g d o n ad o r b o iis h in i ta’minlaydi. Sug‘orish davrini oshiradi, suvdan foydalanishda tig‘izlikni kamaytiradi. N am to ‘playdigan sug‘orishlar ekishdan bir necha h afta oldin boshlanadi va undan keyin yerni haydash va ekishni o ‘z vaqtida o ‘tkazish uchun yetarlicha vaqt qolishi kerak. 0 ‘tkazilgan ko‘plab tajribalarda tuproq bir metrgacha namlanganda hosildorlik tuproq bir yarim va ikki metr chuqurlikda namlangandagi bilan b ir xil b o ‘lgan. Sizot suvlar yuza jo y lash g an y erlard a nam to ‘playdigan sug‘orishlar samaradorligi kamayadi. 0 ‘tmishdosh ekinlar hosili kech yig‘ishtirilishi va boshqa sabablarga k o ‘ra nam to ‘playdigan sug‘orishlar o ‘z vaqtida o ‘tkazilmasa, kuzgi bug‘doyni sug‘orish m e’yori kam aytiriladi. Bunday hollarda kuzda o‘simliklarning tuplanish bosqichida gektariga 300-400m3 m e’yorda sug‘orish o ‘tkaziladi. N am to ‘playdigan sug‘orishlarni yer haydalgandan keyin o ‘tkazish ham yaxshi natija beradi. Kuzgi bug‘doy uru g iari ekish oldidan sug‘orish o‘tkazilmagan dalaga ekilganda, u ru g ia r quruq, serkesak tuproqlarga ekilgani uchun turli chuqurliklarga ko‘miladi. Kuzgi bug‘doyning o ‘sish davrida tup ro q d a namlikni eng qulay holatda ushlab turish uchun faqat nam to ‘playdigan sug‘orishlarning o ‘zi yetarli emas. Bug‘doydan barqaror va yuqori hosil nam to ‘playdigan su g ‘o rish la r o ‘sish dav rid ag i sug‘o rish lar b ilan u y g 'u n la sh tirib o‘tkazilganda olinadi. Download 95.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling