O yakubjonov, S. Tursunov, J. Muqimov


Download 95.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet45/221
Sana12.11.2023
Hajmi95.66 Kb.
#1769026
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   221
Bog'liq
Donchilik. Yakubjanov O, Tursunov S, Muqimov J

Asosiy o‘g‘itlash. 
Kuzgi bug‘doyni yetishtirishda, asosiy o‘g‘itlashda 
mineral, organik o ‘g‘itlar - go‘ng, kompost keng qoilaniladi. Ularni 
solish me’yorlari tuproq sharoiti, navlarga bogiiq holda turlicha boiadi.
Asosiy o ‘g‘itlash ekishgacha o ‘tkaziladi. Fosforli o ‘g‘itlarni asosiy 
o ‘g‘itlashda berish hosildorlikni va don sifatini oshiradi. Kuzgi bug‘doyga 
asosiy o‘g‘it sifatida gektariga 30-60 kg fosforli o ‘g‘it solinsa (fon azot 
100, kaliy 60), tipik b o ‘z tuproqlarda 7-7,3 sentner q o ‘shimcha hosil 
beradi.
Yerni haydash oldidan asosiy o ‘g‘it sifatida fosforli, kaliyli o‘g‘itlarni 
solish yaxshi natija beradi. 0 ‘simlikning o ‘sishi va rivojlanishi kuchayadi, 
qishga chidamliligi ortadi.


Kuzgi bug‘doy azotning k o ‘pligi yoki uch yillik bedadan keyingi 
unumdor tuproqlarga ekilganda juda o ‘sib ketib, yotib qolishi hamda 
zang kasalligi bilan zararlanish xavfi tug‘iladi. Bunday hollarda fosforli
kaliyli o ‘g‘itlar yillik me’yorining 20 foizini naychalash davrida yoki oldin 
berilsa, yuqori natijalar olinadi.
Qatorlarni o‘g‘itlash. 
Kuzgi bug‘doy o‘stirishda ekish bilan qatorlarga 
granulalangan superfosfat gektariga 50-70 kg yoki 30-40 kg ammofos 
solish k atta aham iyatga ega. Juda k o ‘plab o ‘tkazilgan tajribalarda 
granulalangan superfosfat sug‘orilmaydigan yerlarda gektariga 50 kg 
solinganda 2,7-3,4 s qo‘shimcha don hosili olingan. Ekishda ammofosni 
gektariga 30 kg solish hosildorlikni 5,2 s/ga ga oshirgan.
G ranulalangan superfosfat va ammofos tuproqqa u ru g ‘ ekishga 
moijallangan seyalkalarda solinadi. Bu o ‘g‘itlar ekishda qatorlab solinsa, 
o ‘simlik o ‘sishi va rivojlanishining dastlabki davrida oziqlanish uchun 
qulay sharoit yaratiladi. Bunda o‘simlikning ildiz tizimi yaxshi rivojlanadi, 
ildiz tukchalari k o ‘p hosil b o ia d i. Ildizning tuproqqa chuqur kirib 
borishiga yordam lashadi ham da o ‘simlikning qishga chidamliligini 
oshiradi. Ekish bilan qatorlarni o ‘g‘itlashda nitrofoskani qo‘llash ham 
yaxshi natija beradi.

Download 95.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling