O’ zbeki s t o n resp u blika s I oliy V a o’ r t a maxsu s t a ‘ L i m vazirlig I


Download 3.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/48
Sana17.02.2017
Hajmi3.26 Mb.
#652
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   48

Qoshg’ariy, Yusuf Xos Hojib va Ahmad Yugnakiylarning betakror ijodiyoti 

bunga yorqin dalil bo’la oladi. 

 

3.

 

G’aznaviylar 

 

961 yilda Somoniy hukmdor Abdul Malik vafotidan so’ng davlatning 

zaiflashganligidan foydalanib, G’azna mulkini asli turkiy qavmga mansub 

bo’lgan salohiyatli lashkarboshi Alptegin  qo’lga kiritadi va  bu hududda yangi 

davlatga - G’aznaviylar davlatiga asos soladi. Biroq G’aznaviylar davlatining 

yuksak maqomining qaror topishi va keng e’tirofi  Sabuktegin nomi bilan 

bog’liqdir. 

Somoniylar davrida etuk harbiy lashkarboshi darajasiga erishgan Sabuktegin 977 

yilda Somoniylar davlati ichida davom etayotgan o’zaro nizolardan foydalanib, 


 

101


Qobul daryosi havzasiga qarashli  erlarni ham G’azna viloyatiga qo’shib, 

mustaqil davlat tuzishga muvaffaq bo’ladi. 

U tez orada Xurosonga egalik qilish huquqini ham qo’lga kiritadi. Shu 

tariqa, Qoraxoniylar Somoniylar hukmronligini qulatib, Movarounnahrni 

egallagunlariga qadar Amudaryoning janubida Sabuktegin va uning vafotidan 

so’ng o’g’li Mahmud davrida G’aznaviylar mavqei va davlat boshqaruvi tizimi 

kuchayadi. 

 

G’aznaviylarning eng yuksalgan, qudratli saltanatga aylangan davri Sulton 



Mahmud (998-1030)  vaqtiga to’g’ri keladi. 

Kezi 


kelganda 

Sulton 


Mahmud katta qo’shin tuzib, uni o’sha davrning eng zamonaviy qurol-aslahalari 

bilan, etarli maosh bilan ta’minlab, juda ko’plab bosqinchilik yurishlarini amalga 

oshirdi. U XI asr boshlarida Amudaryo bilan belgilangan shimoliy chegaralarni 

Qoraxoniylar bilan kelishib olgach, o’zining asosiy e’tiborini janubda - 

Hindistonga, g’arbda - Xuroson va unga chegaradosh hududlari tomon qaratadi. 

Faqat Hindistonga  17 bor yurish qilib, u erdan katta miqdordagi o’lja-boyliklar 

olib keladi. Birgina 1019 yilda Kanuadja shahrini egallab, olib kelingan o’lja – 

katta miqdordagi oltin, kumush va qimmatbaho buyumlardan tashqari   350 ta fil 

va 57 ming asir-qulni tashkil etgan. U 1008 yilda Qoraxoniylar bilan tuzilgan 

shartnomani buzib, Amudaryo shimolidagi Chag’aniyon va Xuttalon viloyatlarini 

bosib oladi. 1010-1011 yillarda esa Mahmud katta qo’shin bilan jang qilib G’ur 

viloyatini egallaydi. 1017 yilga kelib esa Mahmud G’aznaviyning nigohi 

geografik jihatdan g’oyatda qulay nuqtada joylashgan, boy hudud - Xorazmga 

qaratiladi. U Xorazmshohlar saltanatidagi qaltis siyosiy vaziyatdan, xususan 

Xorazmshoh Ma’munning o’limidan foydalanib, u erga katta qo’shin yuborib, 

osonlik bilan Xorazmni tobe qiladi. Ayni paytda shuhratparast Sulton Xorazm 

Ma’mun akademiyasining bir qator atoqli namoyandalarini, shu jumladan, Abu 

Rayhon Beruniyni G’aznaga oldirib keladi. Uning so’nggi istilochilik 

yurishlaridan biri 1029 yilda Eronning Rey shahrini egallash bo’ladi.  

 

Mahmud G’aznaviyning harbiy yurishlari oqibatlaridan biri shu bo’ldiki, 



shimoliy Hindiston hududining bosib olinishi natijasida turkiy aholining ancha 

qismi bu joylarga kelib joylasha boshlaydi. Bu esa Hindistonning keyingi tarixiy 

taqdiriga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. 

 

Mahmud davrida G’aznaviylar davlati hududlari benihoya kengayib, 



mamlakat shaharlarida, ayniqsa G’aznada katta inshootlar, salobatli masjidu 

madrasalar, kutubxonayu shifoxonalar, ilm maskanlari ko’plab barpo etilgan 

bo’lsa-da, biroq ko’pchilik aholining moddiy – maishiy ahvoli nochor kechgan, 

turli xil soliq va majburiyatlar odamlarning tinkasini quritgan. 

1011 yilda Xuroson o’lkasida boshlangan ocharchilik minglab 

odamlarning nobud bo’lishiga olib kelgan. Shu bois Mahmud G’aznaviy davlati 

tashqaridan go’yo qudratli ko’ringani bilan haqiqatda esa uning ichdan 

emirilishini, omonatligini payqash qiyin emas. Zero, uning vafotidan keyin ko’p 

o’tmay bu saltanatning tushkunlik sari yuz tutganligi ham shundandir. Bu o’rinda 

shuni aytish kifoyaki, Sulton Mahmud vafotidan keyinoq Xorazm o’z 



 

102


mustaqilligini tiklashga erishdi. Shuningdek, saljuqiy turklarning Xuroson 

hududlarini egallash sari harakatlari kuchayadi. Agar Mahmud davrida uning 

roziligi bilan Xurosonning ayrim hududlariga saljuqiy qabilalar kelib joylashgan 

bo’lsa, endilikda ular butun Xurosonni ishg’ol qilishga kirishadilar. O’lkaning 

G’aznaviylar siyosatidan, haddan ziyod soliq-to’lovlar asoratidan norozi bo’lgan 

mahalliy aholisi ham Saljuqiylarni qo’llab-quvvatlab chiqadi. Bu esa ikki 

o’rtadagi harbiy to’qnashuvlarning pirovard yakuniga hal qiluvchi ta’sir 

o’tkazadi. G’aznaviylar qo’shini bilan Saljuqiylar o’rtasidagi birinchi katta urush 

1035 yilda Nissa shahri yonida bo’lib o’tdi. U Saljuqiylar g’alabasi bilan 

yakunlandi. Ko’p o’tmay Saljuqiylar o’z g’alabalarini mustahkamlab, 

Xurosonning ancha qismini, jumladan, Nishopurni qo’lga kiritdilar (1038y). 

 

1040 yil bahorida Dandanakan yonida (Saraxs bilan Marv oralig’i) bo’lgan 



so’nggi hal qiluvchi jangdan so’ng Ma’sud G’aznaviy qo’shini qaqshatqich 

zarbaga uchrab, butun Xuroson o’lkasidan mahrum bo’ladi. Ko’p o’tmay Ma’sud 

ukasi Muhammad tomonidan qatl qilinadi (1041y). Tez vaqt ichida  hokimiyatni 

egallagan Ma’sudning o’g’li Mavdud ham bir necha bor kuch to’plab saljuqiylar 

bilan urush olib borgan bo’lsa-da, ammo o’z qo’shinini mag’lubiyatdan saqlab 

qola olmadi. 1059 yilda G’aznaviylarning muhim tayanchi -  Balxning 

Saljuqiylar qo’liga o’tishi G’aznaviylarning so’ngi umidini ham puchga chiqardi. 

Bu esa pirovardida G’aznaviylar davlatining puturdan ketkazib, tarix sahnasidan 

butunlay tushib ketishiga sabab bo’ldi. 

 

G’aynaviylar sulolasi 

 

Sabuktegin  (977-997 yy) 



 

Mahmud G’aznaviy (998-1030yy) 

 

Ma’sud G’aznaviy (1030-1041yy) 



 

Mavdud G’aznaviy (1041-1050yy) 

 

4.

 

Saljuqiylar 

 

 

Saljuqiylar bu etnik nom emas, ular turkiy o’g’iz qabilalaridir. Ular 

Sirdaryo quyi etaklarida, Orol havzasida yashagan, ko’proq ko’chmanchi hayot 

kechirgan.  «O’g’iznoma» kitobida naql qilinishicha, o’g’iz urug’lari, qavmlari 

juda qadimiy tarixga ega bo’lib, ularga ilk bor O’g’izxon nomli buyuk shaxs 

boshchilik qilgan. IX asr oxiri X asr o’rtalariga kelib Orolbo’yi va Kaspiy 

shimolida O’g’iz urug’lari ittifoqi shakllangan. X asr oxirlarida Sirdaryo etagida 

poytaxti Yangikent bo’lgan o’g’izlar davlati tashkil topadi. XI asr o’rtalariga 

kelib bu davlat shimoliy sharqdan bostirib kelgan qipchoqlar zarbasiga uchraydi. 

Natijada o’g’iz urug’larining bir qismi shimolga - dashtli hududlarga, bir qismi 

old Osiyo mamlakatlariga chekinadi, yana bir qismi esa hozirgi Turkmaniston 

hududiga o’tib, erli aholi bilan qo’shilishib, turkmanlar nomi bilan atalib ketadi. 

Tarixchi Rashiddidin, shuningdek, Mahmud Qoshg’ariy, Abul G’oziylarning 

ma’lumotlariga qaraganda, o’g’izlar 22 yoki 24 qabiladan, chunonchi, chavdir, 

emreli, ichdir, yazir, salir, qoradoshli, bayot, koyi, taturga va boshqalardan 

tashkil topgan. 



 

103


 

Sirdaryo quyi oqimida paydo bo’lgan o’g’iz davlatining dastlabki yobg’usi 

(podshosi)  Saljuqbek bo’lgan. Uning avlodlari Tug’rulbek, Dovudbek, 

Chag’ribek va Shakarbeklar o’z davrlarida saljuqiylar shuhratini yuksakka 

ko’tardilar. 

 

 

Saljuqiylar sulolasi 

namoyalari 

 

Saljuqbek 



 

Tug’rilbek (1038-1063) 

 

Alp-Arslon (1063-1072) 



 

Malikshoh (1072-1092) 

 

Sulton Sanjar (1118-1157)  



 

 

Hozirgi Turkiya turklari, Iroq, Eronda yashovchi turkmanlar, shuningdek, 



gagauzlar, ozarbayjon xalqlarining shakllanishida saljuqiy turklarning roli va 

ta’siri alohidadir. 

Somoniylar hukmronligi davrida ularning ruxsati bilan saljuqiy qabilalar 

Zarafshon vohasiga, Nurotaning tog’li erlariga kelib o’rnashib, chorvachilik bilan 

shug’ullanganlar. Keyinroq Movarounnahr hududlari qoraxoniylar sulolasi 

tomonidan egallanib, ularning chorvador xo’jaliklari bu erlarni band etgach, 

saljuqiylarning yashash sharoitlari mushkullashadi. Shu bois ular g’arbga tomon 

siljishga majbur bo’ladilar. XI asrning 20-30 yillariga kelib saljuqiy urug’-

qabilalarning hozirgi turkman erlari orqali G’aznaviylar tasarrufidagi Xuroson 

o’lkasiga kirib borishi faollashadi. 1038 yilda Saraxsda, 1040 yilda 

Dandanakanda bo’lib o’tgan hal qiluvchi urushlar davomida Saljuqiylar 

G’aznaviylarni engib, butun Xuroson erlarini egallab, o’z davlati markazini shu 

hududga ko’chiradilar. Shu tariqa, Nishopur shahri Saljuqiylar poytaxtiga 

aylanadi. Saljuqiylar hukmdori Tug’rulbek egallangan Movarounnahr va 

Xuroson hududlarini o’z avlodlari - Chag’rilbek va Dovudbeklar tasarrufida 

qoldirib, o’zi g’arbga tomon harbiy yurishlarini davom ettiradi. Tug’rulbekning 



1038-1063 yillarni o’z ichiga olgan hukmronlik davri old Osiyo  va Kichik 

Osiyoning katta hududlarini qo’lga kiritilganligi bilan tavsiflanadi. 

 

Bu davr mobaynida Saljuqiylar Gurgon, Tabariston, Xorazm, Ozarbayjon, 



Kurdiston hududlarini, hozirgi  g’arbiy Eron viloyatlarining bir qismini, 

shuningdek, Fors, Kermon viloyatlarini egallaydilar. 1055 yilda esa xalifalik 

markazi Bag’dod ishg’ol qilinadi. Ayni paytda Vizantiyaning Kavkazdagi 

ta’siriga ham kuchli zarba beriladi. Shunday qilib, Tug’rulbek kuchli Saljuqiy 

sultonligiga asos soladi. Uning vorisi Alp-Arslon (1063-1072) ham jahongirlik 

yurishlarini davom ettiradi. Uning davrida O’rta er dengiziga qadar bo’lgan 

Kichik Osiyo erlari egallanadi. Endilikda Saljuqiylar saltanati Movarounnahrdan 

to O’rta Er dengiziga qadar bepoyon hududlarga yoyiladi. 

 

Alp-Arslon mamlakat poytaxtini Nishopurdan Marvga ko’chiradi. U o’z 



podsholigi davrining katta qismini yana sharqqa -  Movarounnahrning 

Qoraxoniylar ta’sirida bo’lgan joylarini egallashga qaratadi. Shu maqsadda u 

Xorazm erlarini, so’ngra Jand, Sabronni qo’lga kiritadi. Keyinroq Chag’aniyon 


 

104


va Xuttalon viloyatlarini bosib olish uchun qo’shin tuzadi. Biroq Alp-Arslon 

1072 yilda 200 minglik qo’shin bilan Amudaryo kechuvidan o’tish chog’ida 

kutilmaganda xalok bo’ladi 

 

Saljuqiylar davlati qudratining Movarounnahr va Xurosondagi eng 



kuchaygan payti Malikshoh (1072-1092) davriga to’g’ri keladi. Gap shundaki, 

xuddi shu yillarda Malikshoh va uning tadbirkor, dono vaziri Nizomulmulk  

tomonidan mamlakat hayotining ko’plab sohalarida juda muhim ijobiy 

o’zgarishlar amalga oshiriladi. Avvalo, Saljuqiylar davlatining 

Movarounnahrdagi maqomi yanada mustahkamlanadi. Malikshoh muhim 

strategik ahamiyatga molik Balx va Termiz hududlarini Qoraxoniylardan 

qaytarib oladi. Shuningdek Qoraxoniylar hukmdori Shamsulmulk vafotidan 

so’ng vujudga kelgan qulay vaziyatdan foydalanib, 1089 yilda katta qo’shin 

tortib Buxoro va Samarqandni egallaydi va yangi xon Ahmadni asir qiladi. 

Garchand tez orada Ahmad Qoraxoniylar xonligi taxtiga qaytarilgan bo’lsa-da, 

biroq amalda Qoraxoniylar Saljuqiylarga tobe bo’lib qoladi. 

Malikshoh davrida davlat xokimiyatining kuchayishida dono vazir 



Nizomulmulk (1017-1092) roli benazirdir. Katta huquq va keng vakolatlarga ega 

bo’lgan birinchi vazir markaziy hokimiyatni kuchaytirishga, davlat 

amaldorlarining mas’uliyati, javobgarligini oshirishga, davlatning moliya, soliq 

va boshqa boshqaruv tizimlarini takomillashtirishga alohida ahamiyat beradi. U 

o’zining bu boradagi yuksak salohiyati va tajribasini umumlashtirib, mashhur 

«Siyosatnoma» asarini yozadi. Bu kitob katta shuhrat va e’tirof qozonib, mana, 

necha asrlardirki, Sharq va G’arb mamlakatlarining davlat arboblari, vaziru 

vuzarolari uchun siyosat bobida muhim dasturulamal qo’llanma vazifasini 

bajarib kelmoqda.  

 

Nizomulmulkning rahnomoligi va tashabbusi bilan Bag’dod, Nishopur, 



Hirot, Balx, Marv kabi shaharlarda oliy madrasalar ochilib, ularda juda ko’plab 

o’qimishli yoshlarning ta’lim-tarbiya olishi yaxshi yo’lga qo’yildi. Mamlakat 

shaharlarining hunarmandchilik va savdo-sotiq, karvon savdosi markazlari 

sifatidagi mavqei kuchayib, xalqaro Ipak yo’lining roli ortib bordi. 

Bu davrda «iqto’» tizimi kuchli rivojlangan bo’lib, uning bilan bog’liq 

mulkiy munosabatlar qishloq xo’jaligi sohasida etakchi mavqe egallagan. 

Saljuqiylarning eng so’nggi hukmdori Sulton Sanjar (1118-1157) bu 

davlatning ham yuksalishi, ham halokatga yuz tutishi bilan o’ziga xos murakkab, 

ziddiyatli davrni aks ettiradi. 

 

Negaki, bu yillarda Saljuqiylar hukmronligi Xuroson va Movarounnahrda 



yanada mustahkamlandi. Qoraxoniylar hukmdorlari amalda ularga tobelik 

maqomiga tushib qolgan edi. 

  

Ayniqsa, 1130 yilda Sanjar tomonidan bu sulolaning asosiy hayotiy 



markazlari Samarqand, Buxoroning egallanganligi (garchand bular yana 

Qoraxoniylarga qaytarib berilgan bo’lsa-da) fakti ham fikrimizni isbot etadi. Bu 

davrda Xorazm erlari ham amalda Saljuqiylar ta’sirida bo’lib, Xorazmshohlar, 

masalan, Qutbiddin Muhammad, Otsiz rasman ularga itoat etardilar.  



 

105


 

Biroq XI asrning 40-yillariga kelib Saljuqiylar davlatining mavqei 

puturdan keta boshlaydi. Bunda ayniqsa Sharqdan bostirib kelgan Qoraxitoylar 

bir vaqtning o’zida ham Qoraxoniylarga va hamda Saljuqiylar saltanatiga katta 

xavf soladi. Sulton Sanjar va Qoraxoniylar xoni Mahmudning birlashgan 

qo’shini 1141 yilda Samarqand yaqinidagi Katvon cho’lida Qoraxitoylar bilan 

bo’lgan hal qiluvchi jangda qaqshatqich mag’lubiyatga uchragach, 

Movarounnahr erlari Qoraxitoylar qo’li ostiga o’tadi. Saljuqiylar esa katta 

hududlarga egalik qilish huquqidan mahrum bo’ladi. 

 

Qoraxitoylar esa Movarounnahrni ishg’ol etish bilan birga, bu erdagi 



sulolalar  hukmronligini yiqitmay, ularni o’zlariga vassal qilish, muntazam boj, 

xiroj olib turish sharti bilan kifoyalandilar. 

 Shuning 

uchun 


ham 

Qoraxoniylar, 

Xorazmshohlar va boshqalar 

Bolasog’unda turuvchi Qoraxitoylar hukmdori Gurxonga kelishilgan miqdordagi 

xiroj-o’lponni yuborib turishga majbur edilar. 

 

Sulton Sanjarning keyingi taqdiri ham favqulodda holatda kechdi. U 1153 



yilda Balx viloyatining tog’li hududida ko’chib yuruvchi g’uz qabilalarining 

g’alayonlarini bostirish chog’ida kutilmaganda asirga tushib qoladi. U uch yil 

davomida g’uzlar qo’lida asirda bo’ladi. Bu vaqt ichida g’uzlarning Xuroson va 

Movarounnahrning janubiy-sharqiy erlariga bosqinlari tez-tez takrorlanib turadi.  

 

Faqat 1156 yildagina Sulton Sanjar tutqunlikdan qutulishga muvaffaq 



bo’ladi va bir yildan so’ng vafot etadi. Uning o’limi bilan bir vaqtda o’z davrida 

qudratli bo’lgan markazlashgan Saljuqiylar davlati-yu, uning shonu-shuhrati ham 

so’nadi. Bu davrga kelib Kermon o’z mustaqilligiga erishadi. Fors va Ozarbayjon 

hududlarida mustaqil davlatlar paydo bo’ladi. Xuroson ham Saljuqiylar 

tobeligidan chiqadi. Arab xalifaligi o’zining avvalgi mustaqilligini tiklaydi. Ayni 

chog’da Kichik Osiyo hududida Saljuqiy turklarning uzil-kesil joylashuvi 

jarayoni kuchayadi ham ularning mustaqil davlat tuzilmalari vujudga kela boradi. 

Bular keyinchalik Usmonli turklar davlatining tarkib topib, mustahkamlanishida 

muhim asos bo’lib xizmat qiladi. 

5.

 

Xorazmshohlar 

 

 

Xorazm vohasi o’zining qulay strategik va jug’rofiy mavqei hamda 



qadimdan rivojlangan hudud bo’lganligidan, u Markaziy Osiyo mintaqasida turli 

davrlarda kechgan muhim tarixiy jarayonlarda alohida o’rin tutib, o’z muayyan 

ta’sirini o’tkazib borgan. Vatanimiz hududida miloddan avvalgi so’nggi ming 

yillik boshlaridagi ilk davlatchilik tuzilmalari ham shu hududda vujudga kelgan. 

Milodning turli bosqichlarida ham Xorazmshohlar sulolasi nomi bilan 

hukmronlik qilgan hukmdorlar xonadoni tarixdan ma’lum. Bular: 305-995 

yillarda  afrig’iylar xonadoni, 995-1017 yillarda ma’muniylar (Ma’mun I, 

Abdulhasan Ali, Ma’mun II), 1017-1034 yillarda esa Oltintoshiylar 

(Oltuntosh, Horun, Handon) sulolalari Xorazmshohlar unvoni bilan davlat 

boshqaruvini amalga oshirganlar. 



 

106


 

Biroq ming taassufki, XI asrning boshlarida yuz bergan tarixiy jarayonlar 

taqozosi bilan Xorazm davlati tanazzullikka uchrab, zaiflashib, mintaqaning 

boshqa sulolalari, chunonchi, avval boshda G’aznaviylar hukmronligi (1017-

1044), undan so’ng Saljuqiylar boshqaruvi ta’siriga tushib qolgandi. Shuningdek, 

XI asrning 40 yillarida sharqdan bostirib kelgan ko’p sonli Qoraxitoylar ham 

Xorazm erlarini ishg’ol etib, bu hududlardan belgilangan miqdordagi xiroj 

to’lovlarini olish huquqini qo’lga kiritgandilar. Binobarin, XI asr ikkinchi 

yarmiga kelib Xorazm oldida yangidan mustaqillikka erishish vazifasi 

ko’ndalang bo’lib turardi. 

 

Bunda shuni ta’kidlash joizki, Xorazmning qaytadan mustaqillikni qo’lga 



kiritishi, hududiy jihatdan kengayib, butun-butun o’lkalarni o’z tarkibiga kiritib, 

qudratli saltanat darajasiga ko’tarilishi, so’ngra uning pirovardida inqirozga 

yo’liqishi - bu jarayonlar yangi sulola - Anushtaginlar sulolasi (1097-1231) nomi 

bilan uzviy bog’liqdir. 

 

 

Xorazmshohlar 

(Anushtaginlar) 

sulolasi 

 

Anushtagin (1077-1097) 



 

Qutbiddin Muhammad (1097-1127) 

 

Jaloliddin Otsiz (1127-1156) 



 

Alp-Arslon (1156-1172) 

 

Alouddin Takash (1172-1200) 



 

Muhammad Xorazmshoh (1200-1221) 

 

Jaloliddin Manguberdi (1221-1231) 



 

Xususan saljuqiy hukmdorlardan Malikshoh (1071-1092) davrida katta 

obro’ - martabaga erishgan harbiy lashkarboshi Alpteginning Xorazm 

hukmdori etib tayinlanishi (1077-1097) hamda ko’p o’tmay uning Xorazmshoh 

unvoniga sazovar bo’lishi – bu Xorazmning mustaqillikka erishishida jiddiy 

qadam bo’lgan edi. 1097 yilda uning o’rniga Xorazm taxtiga o’tirgan va 

Xorazmshoh unvoni sohibi Qutbiddin Muhammad o’lka mustaqilligini 

ta’minlashda muhim rol o’ynagan. Qutbiddin Muhammad ham Saljuqiylar 

hukmronligini tan olgan holda Xorazmni idora qildi. Biroq shunga qaramay 

o’lkaning har tomonlama rivojlanishi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy yuksalishi 

uchun ham muhim imkoniyatlar topa bildi. 

Xorazm mustaqilligini ta’minlash, uning sarhadlarini kengaytirishda 

Qutbiddin Muhammadning o’g’li Jaloliddin Otsiz (1127-1156)ning roli 

alohidadir. Negaki, u Qoraxoniylar kuchsizligidan va Saljuqiylar zaifligidan 

foydalanib, o’z davlati qudratini yuksaltira bordi. Uning 1141 yilda oltin tangalar 

zarb ettirib muomalaga chiqarishi ham Xorazm mustaqilligining muhim belgisi 

bo’lgan.  

 

U Qoraxitoylar bilan kelishib, ularga har yili 30 ming dirxam miqdorda 



to’lov to’lash sharti bilan amalda o’z davlatining ichki mustaqilligini ta’minlaydi. 

 

Xorazmning mustaqil davlat sifatidagi ravnaqi, hududlarining benihoya 



kengayib borishida Alovuddin Takashning o’rni va roli katta bo’lgan. Uning 

 

107


hukmronlik davrida (1172-1200) Xorazm vohasida katta ijobiy o’zgarishlar yuz 

berdi. Yangidan qad rostlagan o’nlab shaharlarning obodonlashuvidan tashqari 

ularning savdo-sotiq, hunarmandchilik, karvon savdosi bobidagi dovrug’i yanada 

ortdi, qishloq xo’jaligi, ziroatchilik tarmoqlari rivojlandi, ko’plab kanallar, suv 

inshootlari barpo etildi. Bunday ijobiy jarayonlar Alouddin Muhammad 

Xorazmshoh (1200-1220) davrida ham davom ettirildi. Ayni zamonda o’ziga 

xos markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi tizimi vujudga keltirilib, 

takomillashtirib borildi. Bu esa mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotini 

mustahkamlash, uning ichki taraqqiyotini ta’minlash hamda izchil tashqi siyosat 

olib borishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Anushteginlarning davlat 

boshqaruvi ham ikki tizimdan: dargoh va devonlar majmuidan iborat bo’lgan. 

 

Dargohda Ulug’ xojib mansabi alohida o’rin tutgan. U hukmdorning xos 



kishisi sanalib, lozim bo’lgan hollarda vazirlar faoliyatini ham nazorat qilgan. 

Xojiblar hukmdor nomidan muhim davlat ahamiyatiga daxldor masalalarda 

muzokaralar olib borganlar. Dargohdagi yana bir oliy lavozim Sohibi ustozdor 

hisoblangan. Xazina mablag’larining butun tasarrufi uning ixtiyorida bo’lgan. 

Dargoh hayotiga oid ko’plab muhim masalalar ustozdor nazarida turgan. 

Davlatdagi Tashtdor lavozimi ham muhim sanalib, u sultonning eng sirdosh 

kishisi hisoblangan. Tashtdor hukmdor mahfiy sirlaridan ogoh bo’lib, doimo u 

bilan bahamjihat holda faoliyat yuritgan. Oliy lavozimlardan yana biri - 



Qissador bo’lib, u Sulton nomiga kelgan arz, shikoyatlarni yig’ib, o’rganib, 

ularni hukmdor hukmiga havola qilib borgan. Dargohdagi xizmat turlari ichida 



Chashnigir - sultonga beriladigan ovqat, ichimliklarni tekshiruvchi, Jomador

Davatdor (kotib), Sharobdor,  Bayroqdor (amiri alam), xizmatkorlar boshlig’i 

(Maliki xavas) kabi vazifalar ham alohida ko’zga tashlanib turadi. Ijroiya ishlar 

devonlar (vazirliklar) tomonidan amalga oshirilgan. Ayniqsa bunda Bosh vazir 

katta mavqega ega bo’lib, u faqat hukmdorga bo’ysungan. Mansabdorlarni 

ishdan olish, ishga tayinlash, maosh, nafaqa tayinlash, xazina va soliq tizimini 

nazorat qilish, mahalliy vazirlar hisobotini olish va shu kabilar uning vakolatida 

bo’lgan

1

 . 



 

Devonlar ham o’z vakolatlari doirasida faoliyat yuritganlar. Masalan, 



Download 3.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling