O’ zbeki s t o n resp u blika s I oliy V a o’ r t a maxsu s t a ‘ L i m vazirlig I


Download 3.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/48
Sana17.02.2017
Hajmi3.26 Mb.
#652
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48

 

 

347


Muzey  Jamiyat madaniy-ma’rifiy hayotida, aholida tarixiy xotirani tiklash va 

mustahkamlashda muzeylarning ahamiyati katta. Shu boisdan ham mustaqillik yillarida 

mavjud muzeylarni ta’mirlash, ularni yangi eksponatlar bilan boyitish, yangi muzeylar 

barpo etishga alohida e’tibor berildi. 

Namanganda ulug’ o’zbek shoiri Boborahim Mashrab muzeyi, Xorazmda 

hofiz Hojixon Boltaev nomli maqomchilar muzeyi, Urganchda Xorazm amaliy 

san’ati va tarixi muzeyi, Buxoroda temirchilik muzeyi, Samarqand viloyatining 

Oqtosh shahrida xalq baxshisi Islom shoir Nazar o’g’lining uy-muzeyi, 

Toshkentda o’zbek ayollari orasidan chiqqan birinchi huquqshunos olima 

Hadicha Sulaymonova muzeyi, o’zbek raqqosasi Mukarrama Turg’unboeva 

muzeyi singari uy muzeylari tashkil etildi. Shuningdek oliy ta’lim muassasalarida 

ko’plab muzeylar ochildi. 

1996 yil 1 sentyabr kuni Toshkentda Osiyoda yagona bo’lgan Olimpiya 

shon-shuhrat muzeyi faoliyat ko’rsata boshladi. Bu muzey o’zbekistonlik 

sportchilarning xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatlarini namoyish etadigan, 

mamlakatimizda sport harakatini rivojlantirish markazi bo’lib qoldi. 

1996 yil 18 oktyabrda Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi. 

Muzey temuriylar davri ruhini aks ettiruvchi o’sha davrga xos tarixiy jihozlar, 

qurol-aslahalar, lashkarboshilar va oddiy jangchilarning kiyim-boshlari, oltindan 

yasalgan uy-buyum ashyolari, musiqa asboblari, Amir Temur, Bobur 

qo’lyozmalari, Ulug’bekning astronomik qurilmalari va boshqa 2000 dan 

ortiqroq tarixiy, madaniy yodgorliklar bilan jihozlangan. Temuriylar tarixi davlat 

muzeyi O’zbekistonda amalga oshirilayotgan madaniy, ma’naviy, ma’rifiy ishlar, 

ilmiy tafakkur markaziga aylandi. 2002 yilda Termizda Arxeologiya muzeyi 

bunyod etildi. 

O’zbekiston Prezidentining 1998 yil 12 yanvardagi «Muzeylar faoliyatini 

tubdan yaxshilash va takomillashtirish to’g’risida»gi farmoni va uning 

bajarilishini ta’minlashga qaratilgan Respublika hukumatining 1998 yil 5 

dekabrda qabul qilingan «Muzeylar faoliyatini qo’llab-quvvatlash masalalari 

to’g’risida»gi qarori mamlakatimizda muzey ishini rivojlantirish istiqbollarini 

belgilab berdi. Madaniyat ishlari vazirligi, «Oltin meros» jamg’armasi, Badiiy 

Akademiya, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi muzeylar rahbariyati bilan 

hamkorlikda muzeylarning rivojlanishi va moliyaviy ta’minoti bo’yicha dastur 

ishlab chiqildi. Muzeylar davlat muhofazasiga olindi, ularni ta’mirlash, muzey 

eksponatlarini boyitish davlat byudjeti hisobidan moliyaviy jihatdan qo’llab-

quvvatlandi. Muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish, ilmiy-uslubiy yordam 

ko’rsatish, moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida 1998 yilda 

«O’zbekmuzey» Respublika jamg’armasi tuzildi. Aholining muzeyshunoslik 

madaniyatini oshirishga ko’maklashuvchi «Moziydan sado» jurnali ta’sis etildi 

va u 1999 yildan boshlab o’zbek, rus va ingliz tillarida nashr etila boshlandi. 

Faqat 1999 yilda muzeylarning asosiy fondi 7544 ta tarixiy va madaniy 

yodgorliklar bilan boyidi. 



 

348


O’zbekistonda umumiy maydoni 137150 kv.m.ni tashkil etadigan 510 ta 

muzey faoliyat ko’rsatmoqda. Ularda 1,3 milliondan ortiq ajdodlarimiz tarixi, 

betakror madaniyatini aks ettiruvchi nodir buyumlar-eksponatlar saqlanmoqda va 

aholiga namoyish etilmoqda. Mamlakatimizning me’moriy yodgorliklarga boy 

10 ta shahri tarixiy shaharlar ro’yxatiga kiritilgan. 2500 ta me’moriy obida, 2700 

ta arxeologik yodgorlik, 1800 monumental san’at asari davlat muhofazasiga 

olingan. Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi 3 ta muzey-qo’riqxonalarida 

butun dunyoda eng nodir tarixiy yodgorliklar, me’moriy obidalar, monumental 

san’at asarlari saqlanib qolgan, davlat muhofazasida yangidan chiroy ochayotgan 

muzeylar sifatida e’tirof etilgan. 

O’zbekiston muzeylari aholi orasida o’lkamiz tarixi, xalq amaliy san’ati 

asarlaridan iborat etnografik ko’rgazmalarni namoyish etib, jamiyatimiz 

ma’naviy kamoloti yo’lida xizmat qilmoqda. Minglab xorijiy sayyohlar 

respublikamiz muzey-qo’riqxonalariga tashrif buyurib, ajdodlarimizdan qolgan 

tarixiy yodgorliklar, obidalar, monumental san’at asarlari oldida ta’zim 

etmoqdalar. Frantsiya, Turkiya, Eron, Pokiston, Koreya, Xitoy va boshqa 

mamlakatlarda O’zbekiston muzeylarining eksponatlari namoyish etildi. 

 

Sport  Mustaqillik yillarida sport O’zbekiston milliy madaniyatining tarkibiy qismi 

sifatida rivojlantirildi.  

1992 yil 5 fevralda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy 

tarbiya va sport to’g’risida»gi qonuni sportni ommaviy ravishda rivojlantirish 

uchun keng imkoniyatlar yaratdi. 46 mingdan ortiq sport inshootlari – sport 

sog’lomlashtirish klublari, bolalar-o’smirlar sport maktablari, olimpiya 

o’rinbosarlari bilim yurtlari, oliy sport mahorati maktablari,  o’yingohlar, sport 

zallari, maydonlari, hovuzlar barpo etildi va ta’mirlandi. Ularda 7 mln. kishi  

jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish imkoniyatiga ega bo’ldi. 

1992 yil yanvarda O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi tuzildi va 1993 yil 

sentyabrda xalqaro olimpiya qo’mitasining 101-sessiyasida rasmiy e’tirof etildi.  

Sportning boks turi jadal o’sdi. 17 marta jahon chempioni Artur Grigoryan, 

Sidney Olimpiadasi chempioni Muhammadqodir Abdullaev kabi bokschilarimiz 

nomi jahonga mashhur. 1999 yil avgust oyida Amerikaning Xyuston shahrida 

o’tkazilgan X jahon chempionatida O’zbekiston boks komandasi 83 mamlakat 

o’rtasida AQSh va Kuba komandalaridan keyin faxrli uchinchi o’rinni egalladi.  

Vatanimizda sportning tennis turi rivojlandi. 168 ta tennis korti, eng 

zamonaviy Yunusobod tennis majmui barpo etildi. Yunusobod tennis saroyida 

1994-2002 yillarda O’zbekiston Prezidenti kubogi uchun 9 marta xalqaro tennis 

musobaqalari o’tkazildi. 1999 yilning iyul oyida Londonda o’tgan tennis 

bo’yicha yoshlar xalqaro turnirida toshkentlik sportchi Iroda To’laganova 

Uimbldon uchrashuvida g’olib chiqib, kumush kubokning kichraytirilgan 

nusxasini qo’lga kiritdi. 

1998 yil may oyida mamlakatimiz alpinistlari Himolay tog’ining eng baland 

«Everest» cho’qqisiga ko’tarilib, O’zbekiston dovrug’ini dunyoga taratdilar. 


 

349


Mustaqillik sharofati bilan milliy o’zbek kurashi tiklandi. 1992 yilda Termiz 

va Shahrisabz shaharlarida dastlabki milliy kurash bo’yicha xalqaro musobaqa 

o’tkazildi. Milliy kurashimizning nazariy jihatlari va qoidalari ishlab chiqildi va 

xalqaro ekspertlar tomonidan e’tirof etildi, xalqaro sport turlari qatoridan o’rin 

oldi. 1999 yil may oyida Toshkentda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan 

kelgan sportchilar ishtirokida kurash bo’yicha birinchi jahon chempionati bo’lib 

o’tdi. Unda o’zbekistonlik kurashchilar 3 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza 

medallarini qo’lga kiritdilar. Akobir polvon, Kamol polvon, Toshtemir polvonlar 

nomi butun jahonga taraldi. Xalqaro kurash assotsiatsiyasi tuzildi, uning faxriy 

Prezidenti etib Islom Karimov saylandi. Buyuk Britaniyada  2000 yildan 

e’tiboran har yili Islom Karimov nomi bilan ataluvchi xalqaro turnir bo’lib 

o’tmoqda. 2002 yil oktyabrda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi Xalqaro sport 

federatsiyasi a’zoligiga qabul qilindi. O’zbek milliy kurashi xalqaro sport turi 

sifatida  dunyoda e’tirof topdi. 

Mustaqillik yillarida O’zbekiston sportchilari Olimpiadalar, Osiyo o’yinlari, 

Jahon va Osiyo chempionatlari va boshqa musobaqalarda qatnashib, 3000 dan 

ortiq oltin, kumush va bronza medallarini qo’lga kiritdilar. 

Shaxmat bo’yicha jahon chempioni Rustam Qosimjonov, boks bo’yicha 

jahon chempioni Muhammadqodir Abdullaev kabi sportchilar O’zbekiston 

xalqining iftixoridir.   

Shunday qilib, mustaqillik yillarida O’zbekistonda sport rivojlandi, yangi 

ma’no-mazmun bilan boyidi, jahon sportiga qo’shildi va xalqaro maydonda 

salmoqli o’rinni egalladi.  

Ma’naviy-madaniy sohada erishilgan yutuqlar o’z samarasini ko’rsatmoqda. 

Ma’naviy hayotimizda uyg’onish yuz berdi, odamlarning tafakkuri va hayotga 

munosabati o’zgardi. Kishilarimiz ongida demokratik qadriyatlar 

mustahkamlandi, aholining faolligi oshdi, mamlakatimizning kelajagiga ishonchi 

mustahkamlandi. 

 

Demokratik islohotlar natijasida erishgan katta yutug’imiz -bu umumiy 



xonadanimizda qaror topgan tinchlik va barqarorlik, millatlararo va fuqarolararo 

totuvlikdir, odamlarimiz tomonidan bu qadriyatlarning beqiyos ahamiyatini 

anglab etayotganidir. 

 

5. Milliy istiqlol g’oyasi, uning tarixiy ildizlari  

 

Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish sohasidagi eng asosiy vazifa milliy 



istiqlol g’oyasini shakllantirish va odamlar ongiga singdirishdan iboratdir.  

1993 yil 23 aprel kuni Prezident Islom Karimov bir guruh adiblar bilan 

suhbat qilib, milliy istiqlol g’oyasini  O’zbekiston Respublikasi Oliy 

Kengashining XII sessiyasida 1993 yil 7 may kuni nutq so’zlab, Prezident Islom 

Karimov qo’yidagilarni ta’kidladi: 


 

350


 

milliy istiqlol g’oyasi xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, 



diliga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, 

adolat, ma’rifat tuyg’ularini  ongimizga singdirishi lozim. 

 

Shu bilan birga bu g’oya xalqimizda o’zining qudrati va himoyasiga suyangan 



holda, umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, jahon hamjamiyatidagi taraqqiy 

topgan davlatlar orasida teng huquqli asosda munosib o’rin egallashiga doimiy 

intilish hissini tarbiyalamog’i kerak. 

«Tafakkur» jurnalining 1998 yil 2-sonida jurnal bosh muxbirining savollariga 

Prezident I.Karimovning javoblari e’lon qilindi. Mazkur javoblarda milliy 

g’oyamizni nazariy va amaliy jihatlari yanada chuqurroq yoritildi. Bugungi 

kunda sobiq sovetlar zamonida hukmronlik qilgan, odamlarni qullik, mute’lik 

holatiga solgan, manqurtga aylantirgan kommunistik mafkurani tanqid qilish, 

ta’qiq qilish, ma’muriy choralar ko’rish yo’li bilan engib bo’lmaydi. «G’oyaga 

qarshi faqat g’oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan 

bahsga kirishish, olishish mumkin», - degan haq fikrni ilgari surdi. 

Milliy istiqlol g’oyasidan kutilgan maqsad nima? 

Prezident I.Karimov suhbatda «Xo’sh, milliy g’oya, milliy mafkura nimalarni 

o’zida mujassamlashtirishi va qanday talablarga javob berishi kerak?» degan 

savolni qo’yadi va unga javob berar ekan, quyidagi dasturiy ahamiyatga molik 

fikr-mulohazalarni, vazifalarn ilgari surdi: 

 



 

Milliy mafkura, avvalambor, o’zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash 

tuyg’ularini, xalqimizning ko’p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, 

jamiyatimiz oldiga bugun qo’yilgan oliy maqsad va vazifalarni qamrab olishi 

shart; 



 



      Ikkinchidan,  jamiyatimizda  bugun mavjud bo’lgan xilma-xil fikrlar va 

g’oyalar, erkin qarashlardan, har qanday toifalar va guruhlarning intilishlari va 

umidlaridan, har qanday insonning e’tiqodi va dunyoqarashidan qat’i nazar, 

ularning barchasini yagona milliy bayroq atrofida birlashtiradigan, xalqimiz va 

davlatimizning daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng buyuk maqsadlar sari 

chorlaydigan yagona g’oya-mafkura bo’lishi kerak; 

 

Uchinchidan, milliy mafkuramiz har qanday millatchilik va shunga o’xshagan 



unsurlardan,  boshqa elat va xalqlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va 

qarashlaridan mutlaqo xoli bo’lib, qo’shni davlat va xalqlar, umuman jahon 

hamjamiyatida, xalqaro maydonda o’zimizga munosib hurmat va izzat 

qozonishda poydevor va rahnamo bo’lishi darkor; 

 

To’rtinchidan, milliy g’oya birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, 



el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va 

odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek olijanob ishlarimizda madadkor 

bo’lishi zarur; 

 



Beshinchidan, u Vatanimizning shonli o’tmishi va buyuk kelajagini uzviy 

bog’lab turishga, o’zimizni ulug’ ajdodlarimiz boqiy merosining munosib 

vorislari deb his qilish, shu bilan birga, jahon va zamonning umumbashariy 


 

351


yutuqlariga erishmoqqa yo’l ochib beradigan va shu maqsadlarga muttasil da’vat 

qiladigan g’oya bo’lishi kerak. 

Yurtboshimiz hozirgi zamonda insonlarning qalbi va ongini egallash uchun 

mafkuraviy kurash bo’layotganligi, ko’p narsalarni mafkura maydonlarida 

bo’layotgan kurashlar hal qilishi mumkinligi, O’zbekistonda ham ba’zi yoshlarni 

yo’ldan chalg’itadigan diniy ekstremizm havfi mavjudligi haqida ogohlantirib 

kelmoqda. 80-yillarning oxirlarida mamlakatimizga o’zini «do’st», «dindosh», 

«millatdosh» qilib ko’rsatib, go’yo islom dinining sofligi uchun kurashishga 

«da’vat» etuvchi ayrim kimsalar kirib kelganligi ma’lum. Ular muqaddas islom 

dinimizning asl mohiyatini bilmaydigan oddiy odamlarni, g’o’r yoshlarni o’z 

tuzog’iga ilintirib, bizga begona bo’lgan diniy aqidalarni yoyishga urindi, ayrim 

yoshlarni o’ziga mahliyo qilishga, jaholat va jinoyat botqog’iga tortishga 

ulgurishdi ham. Namangan va Toshkentda sodir etilgan qonli voqelardan 

keyingina bu kuchlarning niyati hokimiyat uchun kurash bo’lib, ular din niqobi 

ostida harakat qilayotgan xalqaro terrorchilik harakatining O’zbekistondagi bir 

to’dasi ekani oshkor bo’ldi. Mustaqillikning dastlabki yillarida eski mafkuradan 

voz kechish natijasida paydo bo’lgan bo’shliq vaziyatida begona g’oyalarning 

O’zbekistonga huruji kuchaydi. 



 

Bunday mafkurviy ta’sirlar salbiy oqibatlarga olib kelmasligi uchun nima 

qilish kerak? 

«Buning yo’li – odamlarimiz, avvalambor yoshlarimizning iymon-

e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o’z mustaqil fikriga 

ega bo’lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash… Farzandlarimiz yuragida ona 

Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog’lom 

munosabatni qaror toptirishimiz, ta’bir joiz bo’lsa, ularning mafkuraviy 

immunitetini kuchaytirishimiz zarur».

1

 



Shunday qilib, Islom Karimov O’zbekistonning milliy istiqlol g’oyasini yaratish 

tashabbuskori va ijodkori bo’ldi. Ma’no-mazmuni ozod va obod Vatan, erkin va farovon 

hayot barpo etish, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga erishish, komil 

insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik va dinlararo bag’rikenglikni 

ta’minlash kabi insonparvar tamoyillarni o’zida uyg’unlashtirgan milliy istiqlol g’oyasi 

shakllandi. 

Mamlakatimizda milliy istiqlol g’oyasining asosiy tamoyillari ta’lim va madaniy-

ma’rifiy muassasalari, ommaviy axborot vositalari, adabiyot va san’at, mahallalar va 

mehnat jamoalari tomonidan odamlar ongi va qalbiga singdirilmoqda.  

                               

1

 I.A.Karimov. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. «Fidokor» gazetasi, 2000 yil 8 iyun. 



 

352


Sinov savollari 

 

1.

 



Mustabid sovet tuzumidan bizga qanday iqtisodiy meros qolgan edi? 

2.

 



Mustaqillik iqtisodiyot bobida qanday imkoniyatlar yaratdi? 

3.

 



O’zbekiston bozor munosabatlariga o’tishda qanday yo’lni tanladi? 

4.

 



Bozor munosabatlarini shakllantiruvchi qanday qonunlar qabul qilindi? 

5.

 



Kichik xususiylashtirish qachon o’tkazildi, qanday natijalar berdi? 

6.

 



O’rta va yirik korxonlarni xususiylashtirish haqida so’zlab bering. 

7.

 



Kichik va o’rta biznesning rivojlanishi haqida nimalarni bilasiz? 

8.

 



Agrar islohotlarning natijalari haqida so’zlab bering. 

9.

 



Narxlarni erkinlashtirish qanday amalga oshirildi? 

10.


 

Bozor infratuzilmasining yaratilishi haqida so’zlab bering. 

11.

 

Chet el sarmoyalarining O’zbekiston iqtisodiyotiga jalb etilishi haqida 



nimalarni bilasiz? 

12.


 

 O’zbekistonning yoqilg’i mustaqilligiga erishishini tushuntirib bering. 

13.

 

Mashinasozlik sanoatida qanday yirik korxonalar qurildi? 



14.

 

Engil va to’qimachilik sanoatida qanday yangi korxonalar barpo etildi? 



15.

 

Qishloq xo’jaligini rivojlantirish borasida qanday tadbirlar amalga oshirildi? 



16.

 

Aholini ijtimoiy himoyalash siyosati va amaliyoti haqida so’zlab bering. 



17.

 

Jamiyat ma’naviy hayotini yuksaltirish borasidagi tadbirlar haqida so’zlab 



bering. 

18.


 

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining hayotga tatbiq etilishi va natijalari 

haqida so’zlab bering. 

19.


 

Milliy istiqlol g’oiyasining mazmun-mohiyati nimalardan iborat? 

20.

 

Milliy istiqlol g’oyasining tarixiy ildizlari nimalardan iborat? 



21.

 

Milliy istiqlol g’oyasining asosiy tamoyillari bilasizmi? 



 

 


 

353


XVIII BOB.  O’ZBEKISTONNING JAHON HAMJAMIYATIGA QO’SHILISHI 

 

Tayanch so’z va iboralar:  Xalqaro ahvol. Tinchlikka xavf soluvchi tahdidlar. 

O’zbekistonning geosiyosiy o’rni. Tashqi siyosat tamoyillari. O’zbekiston va BMT. 

O’zbekiston va EXHT. O’zbekiston va Evropa Ittifoqi. O’zbekiston va MDH. MOIH. 

MOH. O’zbekiston va Osiyo mamlakatlari. O’zbekiston va AQSh. O’zbekiston va 

Evropa mamlakatlari hamkorligi. 

 

1. Xalqaro ahvol. O’zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va jahon 

hamjamiyatiga qo’shilishi 

 

Xalqaro vaziyatning o’zgarishi  XXI asr bo’sag’asida jahon tapaqqiyotininr mazmuni 

tubdan o’zgardi.  Ilgari bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan - SSSR va AQSh etakchilik 

qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok mavjud edi. Dunyoning 

tinchligi va xavfsizlik tizimi shu ikki sistemaning, blokning o’zaro muxoliflik 

muvozanatiga asoslangan edi. Dunyoda "sovuq urush" siyosati hukmronlik qilardi. Butun 

insoniyat yadro urushi xavfi ostida yashardi.                                                   

XX asrning 90-yillariga kelib, sotsialistik   dunyoning echakchisi bo’lgan ulkan 

imperiya - SSSR parokanda bo’ldi, sotsialistik sistema halokatga uchradi. Varshava 

Shartnomasi bloki tarqalib ketdi. Dunyoda yangi mustaqil davlatlar vujudga keldi. Birgina 

SSSRning parchalanishi natijasida 15 ta mustaqil davlat, jumladan mustaqil O’zbekiston  

davlati bunyod etildi. «Sovuq urush» siyosati barham topdi. 

 

Xalqaro vaziyatda tub o’zgarishlar sodir bo’lsada, 



dunyo tinchligiga tahdid soluvchi xavf-xatarlar, 

ziddiyatlar saqlanib  

qoldi. Bu quyidagi hollarda namoyon bo’lmoqda:  

 



Turli darajada rivojlangan  mamlakatlar o’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy notenglik va 

ziddiyatlar yanada o’sdi. Mamlakatlar o’rtasida ilmiy-texnikaviy bilimlar, ilg’or 

texnologiya, erkin sarmoyalarni to’plash va joylashtirishda hamon tafovutlar katta. 

Dunyoning katta qismida iqtisodi zaif, aholisi qashshoq yashayotgan mamlakatlar 

mavjud. 

 



Bir qator mintaqalarda, hatto bir mamlakat fuqarolari o’rtasida milliy-etnik va 

diniy nizolar kelib chiqib mojarolarga, qonli urushlarga aylanmoqda. Mintaqaviy 

mojarolar  tufayli 30 millionga yaqin odam  o’zi yashaydigan joylarni tashlab, 

boshqa mamlakatlarga qochoq sifatida ketishga majbur bo’lgan. 

 

Umumiy, mintaqaviy va milliy xavfsizlikka terrorizm, ayirmachilik va diniy 



ekstremizm tahdid qilmoqda. Xalqaro terroristlar, dinni siyosiylashtirish natijasida 

vujudga kelgan ekstremistlar, shu jumladan, islom fundamentalistlari odamlar 

o’rtasida "xaqiqiy" va "soxta" dindorlik belgilari bo’yicha qarama-qarshilik 

chiqarishga, millatlarni   parchalashga,    islom    tsivilizatsiyasi    bilan    boshqa 

tsivilizatsiyalar o’rtasida yangi qarama-qarshiliklar, mojarolar keltirib chiqarishga 

Havfsizlikka tahdidning 

kuchayishi 


 

354


urinmoqdalar. Xalqaro terroristlarning O’zbekiston, AQSh, Rossiya va boshqa 

mamlakatlarda sodir etgan terrorchilik urinishlari dunyo ahlini 

tashvishlantirmoqda. 

 



"Sovuq urush" siyosatiga chek qo’yilishi natijasida yalpi yadro urushi xavfi 

kamaygan bo’lsada, bu turdagi ommaviy qirg’in qurolining ko’p miqdorda 

saqlanayotganligi,yadro quroliga ega bo’lgan davlatlar sonining ko’payib 

borayotganligi (Hindiston, Pokiston) dunyo uzra umumiy xavfsizlikka jiddiy 

tahdid bo’lib qolmoqda. 

 



Jahon     miqyosida    atrof-muhitning ifloslanganligi, nosog’lom ekologik vaziyat, 

jumladan, Markaziy Osiyodagi ekologik tanglik, biogenetik buzilishlar insoniyat 

boshiga xavf solib turibdi.  

 



Tobora kuchayib borayotgan korruptsiya, uyushgan jinoyatchilik, giyohvandlik, 

yashirin kurol oldi-sottisi insoniyatni tashvishlantirmoqda.  

Bularning  barchasi dunyo hali  ham  ilgaridek mo’rt bo’lib turganligidan dalolat 

beradi. Bizni qurshab typran olam g’oyat

 

murakkab va muammoli bo’lib keldi, hozir ham 



shunday bo’lib qolmoqda.  

Bugungi kunda butun insoniyatning taqdiri, ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari xalqaro 

munosabatlarga bog’liq bo’lib qoldi. Xalqaro maydondagi har bir siyosiy tanglik, mojaro 

barcha mamlakatlar va xalqlar manfaatiga daxldor bo’lib qoldi. Hatto ayrim olingan 

mamlakat ichkarisidagi nizoli jarayonlarni, urushlarni bartaraf etish ham jahon 

hamjamiyatining vazifasiga aylandi. 

Davrimizning muhim xususiyati aholi talab extiyojlarining g’oyat darajada 

o’sganligi bilan belgilanadi. Alohida olingan bir mamlakat resurslari bilan uning aholisi 

talablari, ehtiyojlarini qondirib bo’lmaydi. Hatto rivojlangan mamlakat uchun ham boshqa 

mamlakatlar   bilan   iqtisodiy,   madaniy,   ilmiy-texnikaviy hamkorlik qilish ob’ektiv 

zaruriyat bo’lib qoldi.  

Hozirgi dunyoda biron-bir mamlakat, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi ham, 

boshqalardan ajralgan hudud emas. Sayyoramiz yaxlit va bo’linmasdir. Shu boisdan 

barcha mamlakatlar, xalqlar bir-biri bilan bog’langan, o’zaro aloqadadir.  



Download 3.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling