O’ zbeki s t o n resp u blika s I oliy V a o’ r t a maxsu s t a ‘ L i m vazirlig I


Download 3.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/48
Sana17.02.2017
Hajmi3.26 Mb.
#652
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48

O’zbekistonning Boltiq bo’yi 

mamlakatlari  bilan aloqalari 

 

369


o’zaro maslahatlashuv to’g’risida Protokol imzolandi. Ikki davlat o’rtasidagi savdo-sotiq 

o’sib bormoqda. 1994 yil o’zaro tovar ayirboshlash 121,8 million so’mni tashkil etdi. 

I.Karimovning 1995 yil iyun oyida Litvaga tashrifi chog’ida Prezident 

A.Brazauskas bilan O’zbekiston Respublikasi bilan Litva Respublikasi o’rtasidagi ikki 

tomonlama hamkorlikni rivoj-lantirish va chuqurlashtirish   to’g’risidagi   qo’shma 

Deklaratsiyani imzoladilar. Shuningdek O’zbekistan hukumati bilan Litva hukumati 

o’rtasida ta’lim, fan va texnika, sayyohlik, madaniyat va san’at, savdo-iqtisodiy, havo 

yo’li va havo transporti sohalarida hamda bojxona qonunini buzish hollariga qarshi 

kurash borasida hamkorlik qilish to’g’risida bitimlar imzolandi. 

O’zbekiston Litvadan elektr uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, sut va sut 

mahsulotlari, mebel sanoati mahsulotlarini sotib olib, Litvaga paxta, neft, rangli metallar 

eksport qiladi. 1994 yilda o’zaro tovar ayirboshlash hajmi 248,6 million so’mni tashkil 

etgan bo’lsa, 2001 yilda bu ko’rsatkich uch barobarga ko’paydi. O’zbekiston Litvaning 

transport-xo’jalik kommunikatsiyasi, dengiz yo’li, ayniqsa, Klayped bandargohi orqali 

o’z mahsulotlarini jahon bozoriga chiqarmoqda. 

O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2002 yil 23-25 sentyabr kunlari Litva 

Respublikasiga tashrif buyurishi ikki davlat o’rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga 

ko’tardi. O’zbekiston bilan Litva o’rtasida Davlatlararo munosabatlarning asoslari, 



do’stlik va hamkorlik to’g’risida shartnoma, ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari, 

bojxona xizmatlari hamda milliy universitetlari o’rtasida hamkorlik to’g’risida bitimlar 

imzolandi. O’zbekiston-Litva hukumatlararo savdo-iqtisodiy hamkorlik bo’yicha 

komissiya tuzildi va u faoliyat ko’rsatmoqda. 



 

3. Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida hamkorlik aloqalari 

 

O’zbekiston tashqi siyosatning ta’sirli 



yo’nalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yangi 

mustaqil davlatlar - Qozog’iston, Qirg’iziston, 

Tojikiston, Turkmaniston bilan  

hamkorlik, do’stlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan. 

Mintaqadagi beshta davlat o’rtasida o’xshash jihatlar ko’p. Tariximiz, 

 

 



madaniyatimiz,   tilimiz,   dilimizning   birligi, tomirlarimizning tutashib ketganligi bu 

mamlakat xalqlarini bir-biriga yanada yaqinlashtirishning zaminidir. 

Markaziy Osiyo davlatlari Prezidentlarining navbatdagi uchrashuvi 1991 yil 13-15 

avgust kunlarida Toshkent shahrida bo’ldi. Unda uchrashuv yakunlari xususida Axborot 

hamda O’rta Osiyo va Qozog’iston respublikalararo Maslahat kengashini tuzish 

to’g’risida bitim imzolandi. Maslahat kengashining vazifasi beshta mamlakat o’rtasida 

iqtisodiy hamkorlik qilish uchun shart-sharoit yaratishdan, bozor munosabatlariga 

o’tishda mintaqa manfaatlarini himoya qiluvchi kelishilgan siyosat yuritishdan, 



Markaziy Osiyo respublikalari 

o’rtasida aloqalarning yo’lga 

qo’yilishi 

 

370


iqtisodiyotning umumiy muammolarini hal etishga yagona yondoshuvlarni ishlab 

chiqishdan iborat deb belgilandi.  

1993 yil 4 yanvarda I.Karimov tashabbusi bilan Toshkentda O’rta Osiyo 

respublikalari va Qozog’iston Prezidentlarining yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda Markaziy 

Osiyo atamasi tilga olindi va bundan keyin Markaziy Osiyo deganda O’rta Osiyo 

respublikalari va Qozog’iston tushuniladigan bo’ldi. Uchrashuv qatnashchilari mintaqa 

davlatlaridagi siyosiy va iqtisodiy ahvolni muhokama qildilar. Mintaqa mamlakatlari 

o’rtasidagi ikki tomonlama va ko’p tomonlama   shartnomalar, savdo-iqtisodiy   bitimlar   

qanday bajarilayotganligi tahlil etildi. 

Orolni saqlab qolish xalqaro jamg’armasini tuzish to’g’risida qaror qabul qilindi. 

Jamg’arma majlislarini Qizil O’rda, Nukus va Toshxovuzda o’tkazish zarur deb topildi. 

Besh davlat boshliqlari hamkorlik haqidagi bitimni imzoladilar. 

 

 

1993 yil mart oyida Qizil O’rdada Markaziy Osiyo 



davlatlari boshliqlarining Rossiya davlat delegatsiyasi 

ishtirokida anjumani bo’lib o’tdi. Anjumanda Orol  

dengizi va Orolbo’yi muammolarini hal etish, Orol mintaqasi ekologiyasini 

sog’lomlashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash sohasida birgalikda 

qilinadigan harakatlar to’g’risida bitim imzolandi. Orol dengizi havzasi muammolari bilan 

shug’ullanuvchi Davlatlararo kengash tuzildi. Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi 



ta’sis etildi.  

1993 yil avgustda Nukusda Orol dengizi havzasi muammolari bilan shug’ullanuvchi 

Davlatlararo kengash va Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasining qo’shma majlisi 

bo’ldi. 1994 yil 11 yanvarda Nukusda Markaziy Osiyo mamlakatlari boshliqlarining 

Rossiya Federatsiyasi davlat delegatsiyasi (Yuriy Yakovlev, RF Bosh .vaziri o’rinbosari) 

ishtirokida konferentsiyasi bo’lib o’tdi. Konferentsiyada Orol dengizi havzasidagi hozirgi 

ahvol bilan bog’liq ko’pgina masalalar, Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi mablag’lari 

qanday to’planayotgani muhokama qilindi, faoliyati ma’qullandi. Ekologik vaziyatni 

yaxshilash yuzasidan yaqin 3-5 yil ichida bajarilishi lozim bo’lgan muayyan vazifalar 

belgilandi. Orol dengizini qutqarish bo’yicha Davlatlararo kengash Nizomi tasdiqlandi 

hamda uning ijroiya organining rahbari tayinlandi. Bu masalalar bo’yicha qarorlar qabul 

qilindi. 

1994 yil 30 aprelda Cho’lponota shahrida 

O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston o’rtasida yagona 

iqtisodiy makon tuzish to’g’risida uch tomonlama 

shartnoma imzolandi.  

O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston Prezidentlarining 1994 yil iyul oyi 

boshida Almati shahrida bo’lib o’tgan uchrashuvida o’zaro integratsiyani 

kuchaytirish bo’yicha, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot bankini tuzish 

Orol muammolarini hal qilish 

tomon tutilgan yo’l 

Markaziy Osiyo 

iqtisodiy hamjamiyati 


 

371


to’g’risida bitimlar imzolandi. Tomonlar Davlatlararo kengash hamda uning 

doimiy ijroiya organini, shuningdek, Bosh Vazirlar kengashi, Tashqi ishlar 

vazirlari kengashi, Mudofaa vazirlari   kengashini   ta’sis   etdilar.  O’zbekiston, 

Qozog’iston va Qirg’iziston o’rtasida Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot 

banki tashkil etildi. Shu tariqa, Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati (MOIH) 

tashkil topdi. 

1995 yil 15 dekabrda Jambulda Qozog’iston, Qirg’iziston va O’zbekiston 

respublikalari Davlatlararo kengashining navbatdagi majlisi bo’ldi. Prezidentlar 2000 

yilgacha bo’lgan iqtisodiy integratsiya va birinchi navbatda sarmoya sarflanishi lozim 

bo’lgan loyihalar dasturlarini hayotga joriy etish, kommunikatsiya tarmoqlarini 

rivojlantirish masalalarini muhokama etdilar. Integratsiya dasturida 53 ta loyihalar ishlab 

chiqildi. BMT     rahnamoligida   harakat   qiladigan   Qozog’iston, Qirg’iziston va 

O’zbekiston Respublikalarining tinchlikni saqlash kollektiv batalonini tashkil qilish 

haqida qaror qabul qilindi. Uch davlatning tinchlikni saqlash kollektiv bataloni 

shakllantirildi. 

1997 yil 9-10 yanvar kunlari Bishkekda O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston 

davlat boshliqlarining kengashi bo’lib unda uch qardosh davlatlar o’rtasida abadiy 

do’stlik haqida shartnoma imzolandi. Bu hujjatda o’zbek, qozoq, qirg’iz xalqlarining 

orzu-niyatlari o’z ifodasini topdi. Mazkur shartnoma uch qardosh davlat xalqlarining 

iqtisodiy,  siyosiy,  madaniy,  ilmiy-texnikaviy hamkorligini yangi asoslarda 

rivojlantirishga yo’naltirdi.  

1997 yil 12 dekabr kuni Qozog’iston

 

Respublikasining yangi poytaxti - Ostana 



shahrida Qozog’iston, Qirg’iziston va O’zbekiston Prezidentlarining kengashi bo’lib o’tdi. 

Kengashda uch mamlakat o’rtasida energetika, suv zahiralaridan oqilona foydalanish, 

oziq-ovqat   ta’minoti,   kommunikatsiya   hamda   mineral   xomashyo zahiralarini 

o’zlashtirish va qayta ishlash sohalari bo’yicha xalqaro konsortsiumlar tuzish to’g’risida 

muzokara bo’ldi. Prezidentlar xalqaro konsortsiumlar tuzish bo’yicha uch mamlakat 

hamkorligi tamoyillari kontseptsiyasini ma’qulladilar. 

1998 yilda Tojikiston Respublikasi Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo 

bo’lib kirdi. 

2000 yil 20-21 aprel kunlari Toshkentda O’zbekiston, Qozog’iston,   Qirg’iziston va 

Tojikiston   Prezidentlarining uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuvda mintaqaviy hamkorlik 

va mamlakatlararo munosabatlarga doir masalalar muhokama qilindi. To’rt mamlakat 

rahbarlari terrorchilik, siyosiy va diniy ekstremizm, xalqaro uyushgan jinoyatchilikka 

qarshi kurash va mintaqa davlatlariga tahdid soladigan boshqa xavf-xatarning oldini 

olishga qaratilgan hamkorlik to’g’risida shartnoma imzoladilar. Gap shundaki, Markaziy 

Osiyo davlatlari o’rtasida o’zaro hamkorlik sohasida 200 dan ortiq hujjat imzolangan 

bo’lsada, ular orasida mazkur masalaga oid tegishli hujjat yo’q edi. Bunday hujjatning 

imzolanishi Markaziy Osiyodagi vaziyatdan kelib chiqqan muhim qadam bo’ldi. To’rt 


 

372


davlat Prezidentlari xalqaro terrorizmga, siyosiy va diniy ekstremizmga qarshi birgalikda 

kurash olib borishga kelishib oldilar. 



 

  2001 yil 28 dekabr kuni Toshkentda MOIH davlatlari 

boshliqlarining navbatdagi kengashi bo’lib o’tdi. Kengashda 

hamkorlikni rivojlantirish, mintaqada barqarorlik va  

xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Mazkur kengashda MOIH 

tashkiloti faoliyatini to’xtatishga qaror qilindi. Islom Karimov taklifiga binoan MOIH 

negizida Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti  deb qayta tuzishga kelishib olindi. 

 

2002 yil 28 fevral - 1 mart kunlari Almati shahrida Markaziy Osiyo davlatlari 



boshliqlarining uchrashuvi bo’lib o’tdi. Muzokaralar yakunida Prezidentlar tomonidan 

Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. MOHT ning 

raisi etib Islom Karimov saylandi. Mazkur tashkilot endi nafaqat iqtisodiy munosabatlarni 

rivojlantirish, shuningdek, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa turdagi aloqalar ko’lamini 

kengaytirish masalalari bilan shug’ullanadi. Har bir a’zo mamlakatdan bevosita davlat 

rahbariga hisobot berib turadigan bittadan muvofiqlashtiruvchi vakil tayinlandi. 4 ta vakil 

MOHT faoliyati samaradorligini oshirish, a’zo mamlakatlarning integratsiya jarayonlarini 

faollashtirish borasidagi nuqtai nazarlarini yaqinlashtirish, qabul qilingan hujjatlarning 

ijrosini nazorat qilish va umumiy vaziyatni tashkil etish bilan shug’ullanmoqda. MOHT 

ning tashkil etilishi, uning a’zolari bo’lgan 4 ta mamlakat o’rtasidagi o’zaro manfaatli 

aloqalarni yangi pog’onaga ko’tardi. 

 

Sammitlardan tashqari MOH tashkilotiga a’zo mamlakatlar parlamentlar 



raislari, xavfsizlik organlari rahbarlarining uchrashuvlari, ishbilarmon 

doiralarning mintaqaviy forumlari o’tkizilib turibdi. 

 2002 yilning oktyabrida o’tgan Dushanbe sammitida suv-energetika, oziq-

ovqat va kommunikatsiya bo’yicha konsortsiumlar tuzishga kelishib olindi va 

hukumatlarga kontsortsium loyihalarini ishlab chiqish vazifasi topshirildi. 

2004 yil 28 may kuni Ostona shahrida MOH tashkilotiga a’zo mamlakatlar 

davlat rahbarlarining sammiti bo’lib o’tdi. Unda tashkilot qamragan mintaqada 

xavfsizlikni mustahkamlash, umumiy bozor barpo etish masalalari muhokama 

etildi. Prezidentlar mintaqada iqtisodiy integratsiyani rivojlantirishning, siyosiy, 

ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirishning shakl va 

mexanizmlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan fikrlashib, hukumatlarga 

tegishli topshiriqlar berishga kelishib oldilar. Muzokaralar yakunida O’zbekiston, 

Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston Prezidentlarining qo’shma banoti 

MOHTga a’zo mamlakatlar o’rtasida televidenie va radio dasturlarini o’zaro 

tarqatish to’g’risida bitim imzolandi. 

Shunday qilib, Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasidagi ko’p tomonlama 

hamkorlik tobora mustahkamlanib bormoqda. 

Markaziy Osiyo 

Hamkorlik tashkiloti 


 

373


 

Markaziy Osiyodagi mustaqil davlatlar o’rtasida 

ko’p tomonlama hamkorlik bilan birga ular o’rtasida ikki 

tomonlama aloqalar ham yo’lga qo’yildi. 

O’zbekistonning  

Qozog’iston bilan ikki tomonlama munosabatlari 1992 yil 24 iyunda Turkiston shahrida 

O’zbekiston Prezidentining Qozog’istonga rasmiy davlat tashrifi paytida N.Nazarboev 

bilan I.Karimov tomonidan imzolangan O’zbekiston Respublikasi bilan Qoozog’iston 



Respublikasi o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risidagi shartnoma asosida 

mustahkamlanib bormoqda. 

Qozog’iston Prezidenti N.Nazarbaev 1994 yil 10-12 yanvarda rasmiy davlat 

tashrifi bilan O’zbekistonda bo’ldi. Ikki Prezident O’zbekiston bilan Qozog’iston 

o’rtasida tovarlar, hizmatlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarning erkin o’tib 

turishini nazarda tutuvchi hamda o’zaro kelishilgan kredit-hisob- kitob, byudjet, 

soliq, narx, boj va valyuta siyosatini ta’minlash to’g’risida shartnomani 

imzoladilar. 1998 yil 31 oktyabrda O’zbekiston va Qozog’iston o’rtasida 



abadiy do’stlik shartnomasi imzolangan.  

O’zbekiston va Qozog’iston Prezidentlarining Toshkentda 2000 yil 20-21 

aprel kunlari bo’lgan uchrashuvida ikki davlat chegaralarini aniq belgilab olishga 

bag’ishlangan uchrashuvi bo’ldi. Muzokaralar yakunida  «O’zbekiston 

Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov va Qozog’iston Respublikasi   Prezidenti 

N.A.Nazarboevning qo’shma bayonoti» imzolandi. Ikki mamlakat mustaqilligi 

va chegaralari daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan bu hujjat ikki tomonlama 

hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va chuqurlashtirishda muhim 

ahamiyatga egadir. «Davlat rahbarlari, - deyiladi qo’shma bayonotda, - 

O’zbekiston Respublikasi bilan Qozog’iston Respublikasi o’rtasidagi chegara 

ikki davlat qardosh  xalqlarini birlashtiruvchi tinchlik, do’stlik va yaxshi 

qo’shnichilik chegarasi bo’lib qolishda yakdildirlar». 2001 yil 16-17 noyabr 

kunlari O’zbekiston Prezident Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Qozog’istonda 

bo’ldi. Ikki davlat Prezidentlari O’zbekiston-Qozog’iston davlat chegarasi 

to’g’risida Shartnomani imzoladilar. 2440 km uzunlikdagi chegaraning 96 foizi 

belgilab olindi. Qolgan qismini kelishuv asosida delimatatsiya qilishga kelishildi. 

10 oy davomida bu borada tegishli ishlar amalga oshirildi. 2002 yil 9 sentyabrda 

Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursultan Nazarboevning taklifiga binoan 

Islom Karimov Ostona shahriga tashrif buyurdi. «O’zbekiston-Qozog’iston 

davlat chegaralarining alohida uchastkalari to’g’risida bitim» imzolandi. Ikki 

mamlakat o’rtasidagi chegaraga oid dolzarb masalalar huquqiy jihatdan o’z 

echimini topdi. Ikki mamlakat o’rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2002 yilning 

birinchi yarmida 124 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. 2002 yilda O’zbekistonda 

O’zbekistonning 

Qozog’iston bilan 

hamkorligi 


 

374


38 ta o’zbek-qozoq qo’shma korxonasi, Qozog’istonda 92 ta o’zbek-qozoq 

qo’shma korxonasi faoliyat yuritda. 

 

O’zbekistonning Qirg’iziston bilan ikki tomonlama 



hamkorligi  O’zbekiston Respublikasi bilan Qirg’iziston 

Respublikasi o’rtasida do’stlik, hamkorlik va  

o’zaro yordam haqida shartnoma asosida yo’lga qo’yildi va rivojlantirilmoqda. Bu 

shartnoma Qirg’iziston Prezidenti Askar Akaevning O’zbekistonga rasmiy davlat tashrifi 

paytida Toshkentda 1992 yil 29 sentyabrda I.Karimov va A.Akaev tomonidan 

imzolangan edi. 

I.Karimovning 1993 yil avgustida Qirg’izistonga qilgan rasmiy davlat 

tashrifi paytida O’sh shahrida O’zbekiston va Qirg’iziston o’rtasida 1994-2000 

yillarga mo’ljallangan iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish to’g’risida Bayonot 

imzolandi. Bu hujjat ikkala respublikada    ishlab    chiqilgan    milliy    

dasturlarni muvofiqlashtirishga, xomashyo va ishchi kuchidan, ilmiy 

salohiyatdan unumli foydalanishga qaratilgan. Ikki davlat o’rtasida iqtisodiyot, 

savdo, madaniyat, sog’liqni saqlash, fan va ta’lim, sport va turizm bo’yicha 

hamkorlikni mustahkamlash haqida bitimlar imzolangan. 

1994 yil 16 yanvarda O’zbekiston Prezidenta I.Karimov Kirg’izistonda 

bo’ldi. Rasmiy tashrif yakunida ikki davlat Prezidentlari tovarlar, xizmatlar, 

sarmoya, ishchi kuchlarining erkin yurishini, o’zaro kelishilgan kredit-hisob-

kitob, byudjet, soliq, narx, bojxona va valyuta siyosatini belgilovchi shartnomani 

imzoladilar. O’zbekiston va Qirg’izisgon o’rtasida 1994 yil uchun savdo-

iqtisodiy hamkorlik, madaniyat, sog’liqni saqlash, fan va ta’lim, sport va turizm 

bo’yicha hamkorlikni yanada mustahkamlash haqida bitimlar imzolandi. Bu 

hujjatlar asosida ikki mamlakat o’rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik rivojlanib 

bormoqda. 2000 yilda O’zbekistonda 22 ta o’zbek-qirg’iz qo’shma korxonasi, 

Qirg’izistonda 62 ta qirg’iz-o’zbek qo’shma korxonasi faoliyat yuritdi. 

 

   Tojikistonda 1992-1996 yillarda davom etgan birodarkushlik 

urushi Tojikistonning iqtisodiy taraqqiyotiga salbiy ta’sir etdi, 

uning qo’shni mamlakatlar, jumladan,     O’zbekiston bilan  

hamkorligiga ham salbiy ta’sir etdi. 

O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan 1998 yil 4 yanvar 

kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonov O’zbekistonga amaliy tashrif 

bilan keldi. Ikki mamlakat rahbarlari tashrif yakunlari buyicha qo’shma axborot 

imzoladilar. O’zbekiston va Tojikiston Bosh vazirlari soqliqni saqlash, 

madaniyat va gumanitar soha, fan, texnika va axborot sohalari bo’yicha 

hamkorlik to’g’risida bitimlarni imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari o’rtasida 

yuk tashish hamda gaz etkazib berish, Tojikistonniig qarzi bo’yicha o’zaro hisob-

kitob to’g’risidagi bitimlar ham imzolandi. O’zbekiston va Tojikiston 



O’zbekiston va 

Qirg’iziston 

aloqalari 

O’zbekiston va 

Tojikiston aloqalari 

 

375


munosabatlari o’zining yangi, mustahkamlanish va taraqqiyot davriga o’tdi. 

O’zbekiston bilan Tojikiston o’rtasida tovar ayirboshlash hajmi 1997 yilda 50 

mln. AQSh dollaridan oshdi, bu avvalgi yilga nisbatan 50 foiz ko’pdir. 

O’zbekiston Tojikiston hududidan o’tgan transport kommunikatsiyalaridan 

foydalanmoqda. 2000 yilda O’zbekistonda 15 ta o’zbek-tojik qo’shma korxonasi, 

Tojikistonda 3 ta o’zbek-tojik qo’shma korxonasi faoliyat yuritdi. 

 

1991 yilda O’zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari 



uchrashuvida 

O’zbekiston  Respublikasi  bilan 

 

Turkmaniston Respublikasi o’rtasida do’stlik va 

hamkorlik  

to’g’risida shartnoma imzolandi. Bu shartnoma ikki davlat o’rtasidagi savdo-iqtisodiy, 

madaniy aloqalarga negiz bo’lib xizmat qilmoqda. 

O’zbekiston Prezidenti I.Karimov 1996 yil 16 yanvar kuni amaliy tashrif 

bilan Turkmanistonda bo’ldi. Chorjo’y shahrida S.Niyozov bilan I.Karimov 

o’rtasida va ikki mamlakat delegatsiyalari o’rtasida muzokaralar bo’ldi. 

Prezidentlar O’zbekiston bilan Turkmaniston o’rtasida do’stlik, hamkorlik va 

o’zaro yordam to’g’risidagi shartnomani, O’zbekiston bilan Turkmaniston 

o’rtasida davlat chegarasini qo’riqlashda hamkorlik qilish to’g’risidagi va suv 

xo’jaligi masalalari bo’yicha bitimlarni imzoladilar.  

Ikki mamlakat hukumatlari o’rtasida esa sarmoyalarni rag’batlantirish va 

o’zaro himoyalash, havo yo’li, bojxona ishlarida hamkorlik va o’zaro yordam, 

uzoq muddatli savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo’nalishlari, daromad va 

mulkdan ikki yoqlama soliq olmaslik, madaniyat, ta’lim sog’liqni saqlash, 

sayyohlik va boshqa sohalarda hamkorlik qilish to’g’risidagi 20 dan ziyod 

bitimlar imzolandi.  

4. O’zbekistonning  Osiyo mamlakatlari bilan o’zaro manfaatli aloqalari 

 

O’zbekiston Respublikasi birinchi navbatda Yaqin 

va O’rta Sharq hamda arab mamlakatlari bilan 

 

davlatlararo  munosabatlar  o’rnatish va rivojlantirishga 



kirishdi. Negaki,  

O’zbekistonning ruhi, dini, urf-odatlari va an’analari Osiyodagi mamlakatlarga yaqindir. 

1991 yil 16-19 dekabr kunlari I.Karimov boshliq O’zbekiston davlat delegatsiyasi 

mamlakatimiz mustaqilligini birinchi bo’lib tan olgan mamlakat - Turkiyada bo’ldi. 

Turkiya Prezidenti Turg’ut O’zol, Bosh vazir Sulaymon Demirel va boshqa rahbarlar, 

ishbilarmonlar bilan amaliy uchrashuvlar, suhbatlar bo’lib o’tdi. Safar chog’ida 



O’zbekiston Respublikasi bilan Turkiya jumhuriyati o’rtasida davlatlararo 

munosabatlarning asoslari va maqsadlari to’g’risida shartnoma, konsullik 

vakolatxonalarini ayirboshlash to’g’risida Protokol, iqtisodiy va savdo sohasidagi 



O’zbekistonning Yaqin va 

O’rta Sharq mamlakatlari 

bilan hamkorligi 

O’zbekiston va 

Turkmaniston 

aloqalari

 

376


hamkorlik to’g’risida bitim, madaniyat, fan, ta’lim, sog’liqni saqlash, sport va turizm 

sohasidagi o’zaro hamkorlik to’g’risida bitim, transport va kommunikatsiyalar sohasidagi 

hamkorlik to’g’risida bitim, axborot ayirboshlash, televidenie va radio eshittirish bo’yicha 

hamkorlik qilish haqida protoqollar va boshqa hujjatlar imzolandi. 

O’zbekiston bilan Turkiya o’rtasidagi munosabatlar keyingi yillarda ancha 

kengaydi. 1992 yil 28 aprel kuni O’zbekistonda Turkiya elchixonasi, Turkiyada 

O’zbekiston   elchixonasi   ochildi   va   faoliyat   ko’rsatmoqda. Hamkorlikning yanada 

chuqurlashtirishda Turkiya davlati rahbarlari-Turg’ut O’zol, Sulaymon Demirel, Tansu 

Chiller, Mesut Yilmazar Ahmet Sezerlarning  O’zbekistonga rasmiy tashriflari chog’ida 

imzolangan hujjatlar katta ahamiyatga ega bo’ldi. Ikki davlat o’rtasidagi hamkorlik 

gazlama va tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarish, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta 

ishlash, qo’shma korxonalar qurish, kadrlar tayyorlash, turizmni rivojlantirish va boshqa 

sohalarda amaliy natijalar bermoqda. O’zbekistonda Turkiya sarmoyadorlari ishtirokida 

200 dan ortiqroq qo’shma korxonalar barpo etildi. 1996 yil iyun oyida O’zbekiston 

avtomobilsozlik korxonalari assotsiatsiyasi – “O’zavtosanoat” Turkiyaning 

“KochXolding” kontserni bilan Samarqand shahrida “SamKochavto” o’zbek-turk 

qo’shma korxonasini barpo etish to’g’risida shartnoma tuzdilar. Tez orada bu qo’shma 

korxona bunyod etildi va sig’imi o’rtacha avtobuslar hamda 8 tonnagacha yuk 

ko’taradigan yuk avtomobillar yig’ish yo’lga qo’yildi. Ikki mamlakat o’rtasidagi o’zaro 

tovar ayirboshlash hajmi 1992 yilda 75 mln. AQSh dollarini tashkil etgan bo’lsa, 1998 

yilda 275 mln. AQSh dollariga ko’paydi. 

1992 yil 27-28 iyun kunlari Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri 

Muhammad Navoz Sharifning O’zbekistonga rasmiy davlat tashrifi ikki davlat o’rtasidagi 

aloqalarga asos soldi. Safar kunlarida «O’zbekiston Respublikasi bilan Pokiston Islom 



Download 3.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling