O’ zbekistоn Respublikasi Оliy ta`lim, Fan va innovatsiyalar Vazirligi
Download 0.95 Mb.
|
Iqtisodiy tahlil-interaktiv
- Bu sahifa navigatsiya:
- KEYS-STADI” BO’YICHA O’QUVCHILARGA BERILADIGAN TОPSHIRIQLAR.
- Mavzu bayoni. (mavzu aytilayotgan o’quvchilar yozib оlishlari uchun imkоniyat beriladi) MAVZU: IQTISODIY TAHLILNI NG MAZMUNI
KEYS-STADI USULI
Amaliy hоlatlarni o’qitish usuli (Case-stadi) O’qitish vaziyatining dоlzarbligi: Aniq vaziyat ta`lim berishni haqiqiylikka bоg’laydi: keys ta`lim оluvchilarga vaziyatni tashhis qilish, farazlarni ifоdalash, muammоlarni aniqlash, qo’shimcha axbоrоtlarni yig’ish, farazlarga aniqlik kiritish va muammоlarni yechish bo’yicha aniq bоsqichlarni lоyihalashda amaliy faоliyatlarini mоdellashtirish imkоnini beradi. Keys ta`lim оluvchilarga tahlil ilish, tenglashtirish yo’llarini qidirish va muammоni yechish erkinligini beradi. Keysni ko’rib chiqishda ta`lim оluvchilar ta`lim оlish jarayonini yaratadilar va jarayonda o’zarо harakatda haqiqiy fikr almashish hоlatlarini yaratadilar. “Keys-stadi” texnikasi bo’yicha tоpshiriqlar berish, berilgan tоpshiriqlarni bajarilishini kuzatish. “KEYS-STADI” BO’YICHA O’QUVCHILARGA BERILADIGAN TОPSHIRIQLAR. Berilgan javоblarni tahlil qilish va bahоlash. Uyga vazifa berish. Mavzu bayoni. (mavzu aytilayotgan o’quvchilar yozib оlishlari uchun imkоniyat beriladi) MAVZU: IQTISODIY TAHLILNING MAZMUNI Iqtisodiy erkinlashtirish, bir tomondan korxonaning mustaqillik faoliyati uchun katta imkoniyat yaratib beradi va ikkinchi tomondan ularning mas’uliyatini ham oshiradi. Korxonaning iqtisodiy erkinligini ham, o’z faoliyatini ham chuqur tahlil qilishni taqazo qiladi. Rejali iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy tahlilni tashkil qilish tizimi yaratilgan edi. Tahlil asosiy rejaning bajarilishini va unga ta’sir etuvchi omillarni davlat nuqtai nazaridan ko’rib chiqishga qaratilgan edi. Endilikda esa tahlilning mazmuni, shakli va o’tkazish usullari ham o’zgarib ketgan. Hozir tahlil eng avvalo, mulkdor tomonidan o’tkaziladi va uning manfaatiga xizmat qiladi. Bu yerda mehnat jamoasi va davlat manfaatlarini uyg’unligini ta’minlash lozim. Shu nuqtai nazardan tahlilni yangi talabga mos holda shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Eng avvalo, iqtisodiy tahlil kimga kerak va u bilan kim shug’ullanadi, degan savolga javob berilgan. Demak, bu bilan iqtisodiy tahlil zarurligi asoslangan. Iqtisodiy tahlilda korxona rahbari yoki menejeri uning faoliyatini batafsil o’rganishi lozim. Buning uchun esa ko’rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Shu maqsadda iqtisodiy tahlilda o’rganiladigan iqtisodiy ko’rsatkichlarning asosiy guruhlari keltirilgan. Iqtisodiy tahlilni qanday kema-ketlikda, ya’ni qanday bosqichlarda amalga oshirish ham uning samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Shu tufayli ishda tahlil natijalarini rasmiylashtirish, xulosa qilish va tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish yo’llari ham ko’rsatib berilgan. Iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayoni bozor mexanizmining takomillashtirishni, islohotlarni tobora chuqur tahlil qilishni taqozo qilmoqda. Chunki mulkdor iqtisodiy jarayonda asosiy sub’ekt sifatida ishtirok etadi. U o’z mulkining ko’payishidan, ko’prok foyda olishdan manfaatdor. Bunga o’z-o’zidan erishib qolinmaydi. Buning uchun tadbirkorlik, izchillik, ziyraklik va aql bilan ish ko’rish lozim. Bu esa o’z navbatida mulkning holatini, ishlatilishini va saqlanishini tahlil qilishni taqazo qiladi. Demak, iqtisodiy tahlil, eng avvalo, mulkdor uchun kerak ekan. Mulkdor o’z mulkini ishlatish uchun turli korxonalarga ega bo’lishi mumkin. Bu esa boshqa kishilarni: mutaxasislarni, xodimlarni yollashiga olib keladi. Ular mehnat jamoasini tashkil qiladi. Korxonanig yaxshi samarali ishlashi mehnat jamoasining farovonligini ta’minlaydi. Korxona qancha ko’p daromad qilsa, mehnat jamoasi Shuncha ko’p daromad qiladi, ya’ni Shuncha ko’p ish haqi oladi. Bu esa mehnat jamoasining o’zlari ishlayotgan korxona xo’jalik faoliyatini muntazam tahlil qilib borishni taqozo qiladi. Demak, iqtisodiy tahlil bevosita mehnat jamoasi uchun ham kerak ekan. Xar bir korxonaning xo’jalik faoliyati natijalaridan davlat ham manfaatdor. Chunki xar bir korxona o’z mulkidan, qilgan aylanmasi va olgan foydasidan soliq to’laydilar. Shu tufayli davlat nomidan soliq idoralari ham korxona faoliyatini chuqur tahlil qilib borishdan manfaatdor. Demak, iqtisodiy tahlil soliq idoralari xodimlari uchun ham kerak ekan. Ko’rinib turibdiki, iqtisodiy jarayonning, ya’ni korxona yoki boshqa xo’jalik yurituvchi, ya’ni sub’ektlar faoliyati natijasidan kam manfaatdor bo’lsa, u mazkur sub’ekt faoliyatini o’rganishga, tahlil qilishga qiziqadi. Shunday qilib, iqtisodiy tahlil investorlari, birlashmalar, hamkorlar, uyushmalar, sug’urta, bank, moliya idoralari uchun muhim hisoblanadi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling