O’ zbekistоn Respublikasi Оliy ta`lim, Fan va innovatsiyalar Vazirligi


Tahlil natijalarini rasmiylashtirish


Download 0.95 Mb.
bet8/9
Sana29.06.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1657601
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil-interaktiv

Tahlil natijalarini rasmiylashtirish


Odatda, tahlil shunchaki tahlil qilish uchun emas, balki korxonaning xo’jalik faoliyati to’g’risida batafsil hulosaga kelish va boshqarish takomillashtirish uchun qilinadi. Chunki tahlil jarayonida o’rganilgan ko’rsatkichlar qilingan hisob-kitoblar korxona xo’jalik faoliyatining u yoki bu jihatinigina ifodalaydi. Xo’jalik faoliyati to’g’risida to’liq tuShunchaga ega bo’lish uchun barcha ko’rsatkichlar tahlilini jamlab ularni umumlashtirish lozim. Buning natijasida korxona xo’jalik faoliyatining qaysi qismida yaxshi natijaga erishganligi, qaysi qismida kamchiliklarga yo’l qo’yilganligi aniq bo’ladi.
Kamchilikka yo’l qo’yilgan qismlarga asosiy e’tiborni qaratib shu kamchilikni kelgusida bartaraf qilish yo’llarini ishlab chiqish lozim bo’ladi. Bu jarayon iqtisodiy tahlilni pirovard natijasi va asosiy maqsadidir.
Iqtisodiy tahlil natijalarini rasmiylashtirish tahlilning muhim bosqichi bo’lib hisoblanadi. Bunda barcha hisob-kitoblar asosida tahliliy jadvallar tuziladi. Mazkur jadvallarda korxona xo’jalik faoliyatini to’liq ifoda etishi lozim. Shuningdek, jadvallar bitta korxonada har safar korxonaning bo’limlarida bir vaqtning o’zida yagona kelishilgan shaklda tuzilishi lozim. Bunday yondaShuv ko’rsatkichlari bir-biri bilan solishtirishni umumlashtirish imkonini beradi. Jadvallar natija o’zgarishiga ta’sirini hisoblash jaryonida ham tuziladi. Bu xolda jadvalning egasiga ta’sir qiluvchi omillar bilan birga natija ko’rsatkichining nomi ifodalanadi, uning kesimida esa qaysi davr natijalari tahlil qilinayotganligi o’zgarishlar va ularga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash uchun hisob-kiob qilinadigan usullarning aloqadorligi ko’rsatiladi.
Hozirgi paytda hisob-kitob ishlari asosan kompyuterlarda amalga oshirilmoqda. Uning imkoniyati juda katta. Shu tufayli tahlilda amalga oshirilgan hisob-kitob natijalari jadvallar bilan birgalikda turli chizmalar va diagrammalar ifoda etilmoqda. Bu esa korxona xo’jalik faoliyatidagi o’zgarishlarni juda tez ilg’ash imkonini beradi. Mazkur usullar iqtisodiy tahlilni u yoki bu jihatini aniqlashda qo’llaniladi. Masalan, chizmalar ko’rsatkichlarining dinamikasini ifodalashda juda qulay. Korxona xo’jalik faoliyatidagi tarkibiy tuzilmalar, ularning o’zgarish diagrammalarda ifodalanishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
Chizma va diagrammalarninng qulayligi Shundaki, u korxona xo’jalik faoliyatini xar qanday kishi uchun tez va tushunarli tarzda ifoda etiladi. Masalan, korxonaning 5 ta bo’linmasi bo’lsa ularning o’tgan yilga nisbatan birorta ko’rsatkichining o’sishi ustunli diagramma qilinsa, eng yuqori natijaga erishganligi eng baland ustun sifatida yaqqol ko’rinib turadi. Bu xar bir bo’linma xodimlarining aqliy-ruhiy kayfiyatiga ham ta’sir qiladi. Eng yuqori ustunga erishgan bo’linma xodimlarida faxrlanish, mag’rurlik hissi tug’ilsa, eng past ustunga ega bo’lgan bo’linma xodimlarida o’z jamoasi uchun iztirob hissi bo’lishi mumkin. Unisi ham, bunisi ham ko’rsatkichlarni yaxshilash uchun kurashish tuyg’usini uyg’otishi tabiiy. Bu ichki omillar o’ta muhim, ortiqcha mablag’ talab qilmaydigan, ammo korxona xo’jalik faoliyatiga ijobiy ta’sir qilib, uni yaxshilaydigan omillardir.
Iqtisodiyotni erkinlashtirilishi, islohotlarning chuqurlashuvi korxonalar o’rtasida erkin raqobat muhitini tug’dirmoqda. Bu esa o’z navbatida korxona xo’jalik faoliyatini tezkor tarzda kundalik natijalardan o’rganib borishni taqazo qiladi. Bu ham hisob-kitoblarga kompyuterlarni qo’llash natijasida ancha osonlashdi. Xar kuni ish kunining oxirida xo’jalik faoliyatining bir kunlik natijasi qanday bo’lganligini aniqlash mumkin. Bu esa yutuq va kamchiliklarni juda tez aniqlash, yutuqlarni ko’paytirish, kamchiliklarni bartaraf qilishga asos bo’ladi. Tahlilning ushbu shakli boshqaruvni tezkor ravishda amalga oshirish imkonini beradi.
Agar korxonaning barcha bo’linmalarida kompyuterlar o’rnatilgan va ular yagona setga ulangan bo’lsa, boshqarishda yangi usulni, ya’ni qog’ozsiz va jonli muloqotsiz boshqarish usulini joriy qilish mumkin. Korxona menejeri xar bir bo’linmadan tegishli axborotni olib, bir joyda umumlashtiradi va hulosa chiqaradi. Hulosa natijasida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar va tegishli topshiriqlarni ham kompyuter orqali jo’natish mumkin. Bu mutahasis va bo’linma rahbarlarining turli majlislarga, yig’ilishlrga ketadigan vaqtini ham tejaydi.
Hisobot davri tugagach, tahlil natijasi tezkor tarzda jadvalda, chizmalarda, turli diagrammalarda tuzilib, qog’ozga chiqariladi va mutahasislar tomonidan yozma ravishda xulosa yoziladi. Xulosada barcha erishilgan yutuqlar bilan birga, yo’l qo’yilgan kamchiliklar, ularni sabablarini va qanday oqibatga olib kelganligi ko’rsatiladi. Ayniqsa, yo’l qo’yilgan kamchiliklarga kim aybdorligi ochiq-oydin ko’rsatilishi lozim. Chunki bu tadbir kelajakda shaxsning shu kamchilikka yo’l qo’ymasligini ta’minlaydi.
Iqtisodiy tahlilning natijalari bo’ycha tuzilgan barcha axborotlar, yozma xulosalar jamlanib, korxona rahbariga topshiriladi. Rahbar tahlil natijasiga asosan boshqaruv qarorlarini qabul qiladi. Qaror qabul qilishda bir qancha mutaxasislarni, bo’linma rahbarlarini taklif qilib, chuqur yo’llangan va puxta ishlangan boshqaruv qarorlarini qabul qilinadi. Agar korxona yirik bo’lsa, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda «fikrlar hujumi» usulidan foydalanilanishi mumkin. Buning uchun mazkur korxonada ijodiy guruh tashkil qilingan bo’lishi lozim. Mazkur ijodiy guruhning vazifasi korxona xo’jalik faoliyatini yaxshilashga qaratilgan bo’ladi.
Iqtisodiy tahlil natijalari boshqaruv bilan birga, auditorning xulosa chiqarishi uchun ham asos bo’lib xizmat qiladi. Auditorlar oldingi taftishchilardek taftish bilan emas, endilikda tahlil qilish bilan ham Shug’ullanishlari lozim. Zero, auditorlik xulosasini chiqarish uchun faqat tahlil natijalaridan foydalanish mumkin xolos.


Iqtisodiy tahlilda qo’llaniladigan usullar tasnifi (klasifikatsiyasi)


Iqtisodiy tahlil fanining mohiyati va mazmuni ham isloxotlar davrida tubdan o’zgardi. Oldin tahlilning natijasi asosan rejani bajarish uchun ichki imkoniyatlarni axtarib topishga qaratilgan bo’lsa, endilikda xar bir korxonaning ichki imkoniyatlarini moliyaviy-xo’jalik faoliyatini yaxshilash uchun safarbar qilishga qaratilgan bo’ladi. Oldin yaxshi yutuqlar oshkor etilgan bo’lsa, endilikda yaxshi usullar tijorat siri ekanligi ayon bo’lmoqda.
Bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan raqobat xar bir korxonani o’z tijorat sirlarini saqlashga majbur qiladi. Bunday sharoitda xo’jalik faoliyatining tahlil qilishning umumiy usuli bo’lishi lozim. Lekin xar bir korxona ushbu umumiy usullar orqali o’zining ichki imkoniyatlarini topib va u o’ta muhim bo’lsa, tijorat siri sifatida saqlanishi mumkin. Xullas, raqobat xar bir korxonani, uning mulk shaklidan qat’iy nazar, samarali ishlishini talab qiladi. Samaradorlikni uzluksiz oshirib borish uchun uning holatini chuqur o’rganishni, tahlil qilishni taqazo etadi. Shu orqali xar bir korxona o’zining istiqbolini, moliyaviy barqarorligini ta’minlashni ko’ra bilishi lozim. Bu tadbir faqat tahlil orqali amalga oshirilishini e’tirof etgan holda Shuni ta’kidlash lozimki, bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha iqtisodiy mexanizmlar, jumladan, iqtisodiy tahlil va uning usullari ham keskin takomillashtirilishini talab kiladi.
Xo’jalik faoliyatini tahlil qilishda juda ko’p usullar qo’llaniladi. Shu fan vujudga kelganda, ular fanning metodi bilan birga edi. Endilikda esa ularga alohida to’xtalib, ularni shartli ravishda ikki guruhga bo’lib bermoqdalar. Bu guruhlar mazmuni va mohiyati jihatdan bozor iqtisodiyoti sharoitiga ham to’g’ri keladi. Shu tufayli barcha usullarni xozirgi sharoitda ham ikki guruhga bo’lib o’rganishni taklif qilamiz. Bunga quyidagilar kiradi: a) an’anaviy usullar, b) matematik usullar.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling