O `zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi denov tadbirkorlik va pedogokika instuti kimyo yonalishi 12k-20 guruh talabasi Amirova Samina ning analitik kimyo fanidan kurs ishi mavzu: Ajratish va aniqlash


Download 62.38 Kb.
bet17/19
Sana18.06.2023
Hajmi62.38 Kb.
#1581920
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Amirova Saminaning Kurs ishi Analitika fanidan

2.7. Qayta kristallash
To'yingan eritma yoki suyuqlanma sovutilsa, undan cho'kma tushadi. Cho'kma kristall tuzilishli bo'lsa, bu jarayonga kristallash deyiladi. Kristallanishni muayyan sharoit yaratib boshqarish mumkinligini aytish mumkin. Moddalarni ajratish va konsentrlash maqsadida ishlatiladigan kristallizatsiyani boshqarishning ikki usuli mavjud bo'lib, ulardan biri maqsadli kristallash va ikkinchisi zonalab suyuqlantirish deb yuritiladi. Maqsadli kristallashda qattiq faza bilan suyuqlik orasida bitta ajralish chegarasi ( kristallizatsiya) yuzaga keladi, zonalab suyuqlantirishda esa ikkita chegara ( kristallizatsiya va suyuqlanish) bo'ladi. Maqsadli kristallashda bu chegara yuqoridan pastga va gorizantal yo'nalishlarda bo'lib, obyekt tarkibidagi moddalar suyuq va qattiq fazalar orasida qayta taqsimlanadi. Agar jarayon bir necha marta takrorlansa, taqsimlanish qonuniga binoan

bo'ladi ( bu yerda, Ck va cs,-qattiq va suyuq fazalardagi konsentratsiyalar ). Zonalab suyuqlantirishda qiyin suyuqlanadigan nay ichidagi moddaning bir qismigina suyuqlanadi. Bu usullarning ikkalasida ham aniqlanadigan modda suyuqlikda to'planadi. Tajribalarning ko'rsatishicha, zonalab suyuqlantirish usulining atom-emission usul bilan gibridida vismut tarkibidagi 20 ga yaqin metallar kirishmasini 104-109 % gacha aniqlash mumkin ekan. Maqsadli kristallash ishqoriy va ishqoriy-yer metallarining galogenidlarini ( suyuqlanish harorati 900-1000 ° C) aniqlash uchun ishlatiladi.
2.8. Diffuzion va boshqa usullar
Moddalarning molekulalari doimo betartib harakatda bo'ladi. Gazlarning o'rtacha kinetik energiyasi gaz zarrachalarining o'rtacha tezligi ( v) va molekulyar massasi ( M) bilan bog'liq:

bu yerda, k - Bolsman konstantasi. Bir xil haroratda barcha zarrachalarning o'rtacha kinetik energiyalari teng bo'lganligi uchun:

gazlar g'ovak jismdan o'tganda bosim yoki konsentratsiyalari tufayli molekulyar massalariga mos ravishda ajraladi. Shunday ajralish harorat tufayli ham bo'lishi mumkin.

Download 62.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling