O ’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand davlat universiteti
Download 7.03 Mb.
|
MO\'M (maruzalar matni)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8- MASHG’ULOT MAVZU: MATEMATIKA O’QITISH VOSITALARI Reja
- Tayanch iboralar
Мустақил ўрганиш учун саволларМатематика ўқитиш принципларининг умумий моҳияти нимада? Илмийлик принципи қандай қўлланилади? Кургазмалилик принципининг аҳамияти нимадан иборат? Онглилик ва фаоллик принциплари қандай хусусиятларга эга? Пухталик принципини қўллаш қандай афзалликларга эга? Математика ўқитишда системалилик ва кетма-кетлилик принциплари қўлланилишининг асосий аҳамияти нимадан иборат? Математика ўқитишда мослик принципи қандай қўлланилади? Табақалаштириш ва индивидуаллаштириш принципининг ҳозирги даврда таълимда қандай қўлланилмоқда? 8- MASHG’ULOT MAVZU: MATEMATIKA O’QITISH VOSITALARI Reja 1. Matematika o’quv qo’llanmasi va darsligi. 2. Didaktik materiallar va qo’shimcha uslubiy qo’llanmalar. 3.Matematika bo’yicha spravochniklar va ma’lumot beruvchi adabiyotlar bilan ishlash. 4. Matematika bo’yicha o’quv jixozlari. Tayanch iboralar: matematika darsligi, o’qitish vositalari, didaktik materiallar, spravochniklar, priborlar, asboblar, o’qitishning nashr va ekran vositalari, grafik ko’rgazmalilik, texnika vositalari. Mashg’ulotning mazmuni 1.Matematika darsligi, o’quv qo’llanmasi dastur va didaktika talablari bilan aniklanuvchi o’qitish maqsadlariga mos keluvchi matematika bo’yicha bilimlar asoslarini bayon etuvchi kitob hisoblanadi. U quyidagi talablarga javob berishi lozim: a) u o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishi; b) matematika bo’yicha ma’lumotlarni sistemali va ilmiy bayon qilishi; v) uslubiy nuqtai nazardan ketma-ket joylashtirilgan yetarli sondagi turli xil masala va mashqlarni o’z ichiga olishi kerak. Shuningdek, darslik bayon qilingan material zarurligini asoslashga e’tibor berishi, masalalarning taqsimoti , o’rni va ahamiyatini aniqlashi, ko’rgazmalilik vazifasini yoritilishini ta’minlashi lozim. O’qitish vositalariga o’quv qo’llanmalaridan tashqari, masalalar to’plamlari, ko’rgazmali qurollar va texnika vositalari kiradi. O’quv qo’llanmasi o’qitish jarayonida o’quvchilarga beriladigan axborotni o’z ichiga oladi. Uni to’g’ri qo’llaganda o’quvchilarga matematika fani asoslarini o’zlashtirishga yordam beradi, bilimlar bilan qurollanishga va xotirani rivojlantirishga imkon beradi. Hozirgi zamon o’quv qo’llanmalari nazariy ma’lumot va mashqlarni o’z ichiga oladi. Teng kuchli o’quv qo’llanmalar mavjudligi bir tomondan o’qituvchining o’qitishda o’z imkoniyatlari va o’quvchilar bilim saviyalariga mos ravishda undan ijodiy foydalanishga, ikkinchi tomondan, nazariy va amaliy jihatlarni o’zaro muvofiq holda bayon etishga, sinf va uy vazifalarini taqsimlashni osonlashtiradi. O’quv qo’llanmasidan tashqari har bir sinf uchun o’qitish vositalar tizimiga o’qituvchi uchun kitoblar (uslubiy qo’llanmalar) va didaktik materiallar kiradi. O’qituvchi uchun kitoblarda zarur tavsiyalar, masalalarni yechish yo’llari berilgan, taxminiy rejalashtirish keltiriladi. U o’qitishning har bir bosqichida erishilishi zarur bo’lgan bilimlar hajmini ta’lim standartlari talablari asosida aniqlab beradi. Didaktik materiallar esa mustaqil va nazorat ishlari matnlari, testlar va ularni amalga oshirish bo’yicha tavsiyalar hamda javoblarni beradi. O’quvchilar bilan o’quv darsligi ustida ishni tashkil etishda birinchi qadam – masalalar matnini o’qishga o’rgatish hisoblanadi. Masala o’qilgandan so’ng masala shartlarini ajratish va ularni qisqa yozuvlarda qayd etish taklif etiladi va bundan so’ng suhbat-izohlash o’tkaziladi. O’quv qo’llanmasi bilan ishlashda darsning har bir bosqichi xususiyatlarini hisobga olish zarur. Masalan, 7-sinfda geometriya darsida yangi mavzuni mustaqil o’rganishni tashkil etishda mos bandini o’qish hamda teorema mazmuni va uning isbotini tahlil etishlari talab etiladi (5). 8-9-sinflarda esa yangi mavzuni o’quv darsligi bo’yicha o’rganishda o’quvchilarga mustaqil bu mavzuni o’qib kelish va tushunmagan joylarini savollar orqali ifodalashni toshirish mumkin. Masalan, uchburchaklar o’xshashlik alomatlari haqidagi teoremani o’rganib, qolgan ikkitasini sinfda o’quv darsligidan mustaqil o’rganib chiqish taklif etiladi. Barcha xollarda mustaqil o’rganilgan isbot o’quvchi tomonidan sinfda takrorlanishi, bunda o’qituvchi javob beruvchidan aniq va tug’ri javob berishga erishishi talab etiladi. 10-11-sinflarda esa bu ish yana ham takomillashtirilishi o’quvchilar teoremalar yoki mavzularni mustaqil o’rganib ma’ruza yoki referat shaklida yozib. Uni himoya qilish uchun tayyorgarlik ko’rishlari zarur buladi. O’quv qo’llanmasi ko’rgazmaliligiga qo’yiladigan talablar quyidagilarni o’z ichiga oladi: a) bilish vazifasi shundan iboratki oddiydan murakkabga boriladi, o’quvchilar faoliyatini ko’rgazmalilik vosita va usullari bilan boshqaradi, nazorat va kommunikativ amallarni bajarishga imkon beradi; b) intrpretasion funksiyasi, turli xil belgi va rasmlar orqali mavzu va tushunchalar konkretlashtiriladi; v) estetik vazifalari- uning ko’rinishi va bezalishi o’quvchilarda go’zallikni va estetik did kabi tuyg’ularni uyg’otishi uchun xizmat qilishi zarur. Didaktik materiallar o’quvchilarning mustaqil faoliyatlarini tashkil etish uchun mo’ljallangan bo’lib, o’quvchilarning masalalar yechish bo’yicha mustaqil ishlarini, individual va frontal ravishda kursning mavzulari bo’yicha tekshirish nazorat ishlari uchun materiallarni o’z ichiga oladi. U har bir mavzu bo’yicha 4 ta va undan ortiq mustaqil ish va mavzular bo’yicha qo’shimcha mustaqil ishlarni o’z ichiga oladi. Ularni o’qitishda qo’llash xususiyati shundan iboratki, o’qituvchi ular yordamida mustaqil ishlarini tashkil etishi va nazoratlarni amalga oshirishi mumkin. Shuning uchun didaktik materiallarga har bir chorak bo’yicha yakuniy nazoratlar uchun yozma ishlar bilan birga testlar ham beriladi. 3.Matematika bo’yicha spravochniklar va ma’lumotli matematikadan adabiyotlar quyidagilarni o’z ichiga oladi: hisoblash uchun jadvallar, turli xil elementar matematika bo’yicha spravochniklar, o’quvchilarning kundalik o’quv faoliyati uchun zarur bo’lgan ma’lumotlardan foydalanishga imkoniyat yaratadi; qiziqarli matematik adabiyotlar; ilmiy-ommabop matematika bo’yicha adabiyotlar. Ular bilan ishlash sinfda va sinfdan tashqari mashg’ulotlarda amalga oshirilib, ularning qiziqish va bilimlarini rivojlantirish uchun xizmat qilishini hisobga olishi zarur. Ayniqsa bunda matematikadan masalalar to’plamlari, testlar to’plamlari, qiziqarli matematik kitoblar va hokazolar bu ishda keng qo’llanilishi mumkin. Matematika bo’yicha o’quv jihozlari quyidagi uch turkum jihozlarni o’z ichiga oladi: priborlar, asboblar; o’qitishning nashr vositalari; o’qitishning ekran vositalari. 1-turdagi vositalarga turli xil geometrik modellar, stereometrik shakllar komplekti, chizma yasash asboblari va hokazolar kiradi. Ikkinchisiga esa jadvallar va kartochka-toshiriqlar, nashr asosli daftarlar, ishchi va ma’lumotli jadvallar va hokazolar kirib, darslar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi va o’quv vaqtini tejashga hamda o’quvchilar bilimlarini chuqur va ongli bo’lishiga erishishga yordam beradi. O’qitishning texnik vositalariga kinofilm, diafilm, diapozitiv, kodopozitiv kabi ko’rgazmalilik vositalari va ularni ekranga tushiruvchi kinoapparat, diaproyektor, epidiaskop kabi asboblar kirib, bunga yana tele-radio, video-audio vositalar xam kiradi. Bu ekran vositalariga EHM kompyuterlari ham kirib, darslarni jonli qiziqarli o’tilishini ta’minlash uchun qo’llaniladi. Ulardan foydalanishning o’ziga xos chegaralari, uni qo’llash sanitariya-gigiyena qoidalari mavjud, bunga o’qituvchilar qat’iy e’tibor berishlari talab etiladi. Ko’pincha uslubiy adabiyotlarda o’qitishning ekran vositalari o’qitishning texnik vositalari (TSO) deb ham ataladi va shu bilan birga ularning vazifalari va imkoniyatlari, sinflari va turlari yetarlicha bayon qilingan. Texnik vositalarni o’qitishda qo’llashning asosiy xususiyati o’quvchilarni o’quv vaqtidan unumli foydalanishga, bilimlarni ko’rgazmali ravishda egallab olishlari uchun imkon berishi hisoblanadi. Bulardan tashqari, grafikaviy ko’rgazmalilik vositalari ham mavjud bo’lib, matematika o’qitishda, ayniqsa, geometriya darslarida keng qo’llaniladi. Bu vositalar turkumiga rasm, diagramma, sxema, va boshqa grafikaviy tasvirlar, grafikaviy modellar kiradi. Ularni qo’llash xususiyatlariga ko’ra: jadvallar, diafilmlar, diapozitivlar va transporantlarga ajratish mumkin. Download 7.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling