O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi


Download 0.69 Mb.
bet41/112
Sana20.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1628793
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   112
Bog'liq
3. Маъруза матни

Biznes reja tadbirkorga qanday yordam beradi?
Biznes-reja ishbilarmonlarga quyidagi to‘rtta asosiy masalani yechishda yordam berishi kerak:



  1. Bozor sig‘imi va uni rivojlanish istiqbollarini o‘rganishda.

  2. Bu bozorga zarur bo‘lgan mahsulotlarni tayyorlash uchun ketadigan xarajatlarni baholash va bu xarajatlarni tovarlarni sotish baholari bilan solishtirib, mo‘ljallangan ishning foydaliligi darajasini aniqlashda.

  3. Yangi biznesning birinchi yillarida bozorda kutilishi mumkin bo‘lgan to‘siqlarni aniqlashda.

  4. Ish rivojlanayotganligi yoki orqaga ketayotganligini doimiy baholab borish imkonini beruvchi signal-ko‘rsatkichlarni aniqlashda.

Mahsulotlar realizatsiya qilinadigan bozor va raqobatni baholashda biznes-reja katta o‘rin tutadi. Ishlab chiqarayotgan mahsulotingiz nihoyatda sifatli, oxirgi texnika va texnologiya talablariga javob beradigan bo‘lishining o‘zi hali kutilayotgan natija emas. Eng muhimi, mahsulotingiz isteʼmolchiga kerakli bo‘lishi va u sotilishi kerak.
Xaridor siz ishlab chiqargan tovardan kutilayotgan (o‘zining yoki jamoaning) ehtiyojini qondirishi kerak. Shuning uchun asosiy vazifasi sizning ishlab chiqaradigan mahsulotingiz o‘z isteʼmolchisini topa olishi va raqobatga chidamliligiga investorni ishontira olishdan iboratdir.
Tadbirkorlar, oliy taʼlim bitiruvchilari biznes g‘oyaga ega bo‘lsalar avvalo ular biznes g‘oyasini har tomonlama tahlil qilishlari kerak, chunki biznes rejani birinchi bosqichi biznes g‘oyaning haqqoniyligini tahlil etishdir.
Biznes reja biznes g‘oyaning maqsadi va kelgusidagi vazifalari ifodalaydi. Biznes g‘oyaning kelajagi borligi va qanchalik foydali ekanligini aniqlash uchun
biz SWOT tahlili (yoki vaziyatni tahlili) usulidan foydalanamiz.
Bunda SWOT so‘zining maʼnosini quyidagicha ifodalash mumkin: Strength – g‘oyaning kuchli tomonlari;
Weaknesses – g‘oyaning kuchsiz tomonlari; Opportunities – g‘oyaning imkoniyatlari; Threats – g‘oyada mavjud xatarlar .


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling