O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi


Download 0.69 Mb.
bet59/112
Sana20.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1628793
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   112
Bog'liq
3. Маъруза матни

jadval.


Foyda va zararni prognozlash









1- yil (har bir oy kesimida)

2 - yil (har bir kvartal
kesimida)

3- yil
( 3 - yildan keyin yillik
hisobida)




Sotilgan A mahsulot miqdori (dona)













Bir donasining narxi













Jami A mahsulotdan
tushum summasi













Sotilgan B mahsulot miqdori (dona)













Bir donasining narxi
















Jami B mahsulotdan
tushum summasi













Va hokazo













Sotilgan mahsulotlardan
yalpi tushum













Minus: O‘zgaruvchan xarajatlar (yuqorida uni
hisoblash berilgan)













Plyus: Qo‘shilgan qiymat
solig‘i summasi













Jami daromad













Plyus: boshqa biznes
faoliyatidan tushumlar













Yalpi daromad













Minus: doimiy xarajatlar













Soliq to‘lashdan oldingi
foyda (zarar)










Biznesdagi investitsiya xarajatlari pul oqimlari jadvalida ham aniqlanadi va uni prognozi qilinadi. Investitsiya xarajatlari va daro- madlarini ifodalovchi asosiy jadval bo‘lib foyda va zararni prognozlash jadvali hisoblanadi.


Moliya rejasida barcha daromadlar va xarajatlarni aniq bilish lozim. Birinchi navbatda pul kirimlari, uning manbalarini aniq hisoblab oling.
Xarajatlarni joriy (ishlab chiqarish) xarajatlari va kelgusi (investitsiya xarajatlariga) ajratib oling. Investitsiya xarajatlariga asbob-uskunalar, bino va inshootlar, transport xarajatlari, infra- struktura xarajatlari kabi xarajatlar kiradi. Shuningdek unga texnologiyaning aylanma mablag‘lari ham kiradi. Texnologiyaning samarali faoliyati uchun zarur aylanma mablag‘lar ham yetarli miqdorda bo‘lishi shart. Biznes rejaning metodologiyasida shu hisob- kitoblarni to‘g‘riligi ko‘rsatib beradi. To‘g‘ri tanlangan metodologiya ishonarli hisob-kitoblarni keltirib chiqaradi.
Ushbu jadvalni to‘ldirishda pul tushumlari shu vaqtda (oyda) tushgan bo‘lishi shart. Pul oqimlarini kirimida va chiqimida mumkin bo‘lgan taxmin yoki ehtimolni ko‘rsatib o‘ting. Biznes rejani yozishda
ekspertlarning taxmin yoki ehtimollaridan (assumtion) foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Raqamlarni jadvalga kiritishda pul mablag‘lari olingan yoki kelgusi oyning dastlabki balansiga (jadvaldagi 1-qatorga) kiritiladi. Har oyning dastlabki balansida mablag‘ mavjud bo‘lishiga asosiy e’ti- borni qarating.
Agarda minusli raqam bo‘lsa demak aylanma mablag‘ yetishmas- ligi va korxonaning moliyaviy holati qiyinlashishi mumkin.
Moliyaviy rejaning asosiy qismlaridan biri sizning korxonangizni moliyaviy jahatdan barqaror korxona ekanligiga ishontirishdir. Buning uchun moliyaviy tahlil qilinadi va korxonaning likvidliligi, renta- belligi, unumdorligi kabi ko‘rsatkichlar hisoblanadi.



  1. jadval.

Pul oqimlarini prognozlash








1- yil (har bir oy kesimida)

2 - yil (har bir
kvartal kesimida)

3- yil
( 3 - yildan
keyin yillik hisobida)




Faoliyatning boshidagi dastlabki balans













Pul kirimlari













Mulk egasining qo‘yilmasi













Asosiy kredit (kim tomonidan...)













Qisqa muddatli kredit (kim
tomonidan)













Har oy mahsulot(lar)ning
sotilishidan tushumlar













O‘tgan oylardagi sotilgan
mahsulotlarning tushumlari













Aktivlarni sotishdan olingan pul
tushumlari













QQ solig‘i













Boshqa pul tushumlari (qanday?
Aniq yozing)













Jami pul kirimlari













Pul chiqimlari
















Doimiy xarajatlar (uni hisoblash
yuqorida keltirildi), amortizatsiya ajratmalari bunga kirmaydi













O‘zgaruvchan xarajatlar (uni
hisoblash ham yuqorida keltirildi, qarang)













Kapital xarajatlar (uni hisoblash
ham yuqorida keltirildi, qarang)













Boshqa xarajatlar (u xarajatlarni
ham nomini aniq yozing)













Jami pul chiqimlari













Faoliyatdan (ishlab chiqarishdan) olingan daromadlar (jami sotuvdan kirimlar minus doimiy
xarajatlar va o‘zgaruvchan xarajatlar)













Jami pul kirimlari minus oylik
pul to‘lovlari













Pul qoldig‘i










Shu bilan birga loyihaning turli o‘zgarishlarga chidamliligi ham tahlil qilinadi. Misol uchun sizning korxonangiz ishlab chiqarayotgan mahsulotni narxi 20% arzonlashganda, korxonaning foyda normasi qanday o‘zgaradi? Yangi raqobatchi paydo bo‘lsa sizning kor- xonangizni rentabelligi qancha pasayadi. Shu hollarda ham sizning korxonangiz kreditni to‘lay oladimi? Shu kabi savollarga aniq va ishonarli javoblarni ifodalashingiz kerak.




Biznes rejaning investitsiya samaradorligini baholash


Har qanday turkumdagi investitsion loyihalarni baholashda loyiha- dan olinadigan naf aniqlanadi. Ular pul va pul bo‘lmagan manfaat- dorlik bo‘lishi mumkin. Avvalo pul ko‘rinishidagi manfatlarni hisoblash uslublarini ko‘rib o‘taylik. Buning uchun investitsiya loyihalari uslublariga murojaat etamiz.





Real aktivlarga mablag‘ sarf qilishning maqbul variantlarini tanlash va asoslab berish jarayonida investitsiya loyihalarini iqtisodiy – moliyaviy baholashning ahamiyati juda katta. Boshqa barcha jihatlari
ijobiy bo‘lgani holda ham quyidagi shartlarni ta’minlamagan loyiha amalga oshirish uchun qabul qilinmaydi:

  1. tovarlarning realizatsiya qilinishidan kelgan daromadlar sarf etilgan xarajatlarni qoplamasa;

  2. loyihani mablag‘ bilan ta’minlaydigan investor o‘rtacha foyda me’yoridan kam bo‘lmagan rentabelikka erishmasa;

  3. investor uchun ma’qul keladigan davr ichida xarajatlar qoplanmasa.

Mana shu shartlarning bajarilishi real ekanligini aniqlash investitsiya loyihalarini moliyaviy - iqtisodiy baholashning eng muhim vazifasi hisoblanadi. Bunday baholashni o‘tkazish bir qancha sabablarga ko‘ra, ancha qiyin. Bu sabablar quyidagilardir:

  • birinchidan, investitsiya xarajatlari bir marta qilinishi yoki uzoq muddat ichida bir necha marta takrorlanishi mumkin;

  • ikkinchidan, investitsiya loyihalarini amalga oshirishdan natija olish jarayoni ham uzoq davom etishi mumkin;

  • uchinchidan, uzoq muddatli operatsiyalarni amalga oshirish investitsiya loyihalarining barcha jihatlarini baholashda noaniqlik darajasi oshishiga, turli xatoliklarga yo‘l qo‘yilishiga olib keladi.

Aynan ana shu omillarning mavjudligi investitsiya loyihalarini baholashning maxsus, xatolik darajasi minimal bo‘lgan, yetarlicha asoslangan qarorlar qabul qilish imkonini beradigan uslublarini vu- judga keltirishni taqozo etdi.


VI bob bo‘yicha qisqacha xulosalar





  1. Biznes reja korxona faoliyatini va samaradorligini ko‘rsatuvchi oyna, rahbarlar va bosh mutaxassislar boshqaruvda asoslanadigan hujjatdir.

  2. Biznes rajasiz faoliyatni boshlash va korxonani kelgusida rivojlanishini ko‘rish, korxonani samarali boshqarish juda qiyin.

  3. Biznes reja tashqi va ichki foydalanuvchilar uchun ishlab chiqiladi. Ichki foydalanuvchilar uchun ishlab chiqarilgan biznes reja korxona ixtiyoridagi muammolarni yechishga qaratiladi va uning mexanizmlari korxona rahbarlari va menejerlar ixtiyorida bo‘ladi.

  4. Biznes reja orqali korxonaga investitsiya jalb etilishi mumkin. Bunda biznes rejaning investitsiya budjeti, uning moliyaviy iqtisodiy

ko‘rsatkichlari, pul oqimlari prognozlari va investitsiya samara- dorligini baholovchi ko‘rsatkichlar aniqlanadi.

  1. Biznes rejasining tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi:

  1. Marketing plan/rejasi.

  2. Ishlab chiqarish rejasi.

  3. Ishlab chiqarish infrastrukturasi rejasi.

  4. Kadrlar rejasi.

  5. Moliya va investitsiyalar.

  6. Biznes risklari va ularni boshqarish.

  7. Biznes modeli va moliyaviy - iqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi.

Biznes plan/rejani ishlab chiqishda mas’ul shaxs biznesning birinchi rahbarlari bo‘lib hisoblanadi. U konsultantlar xizmatidan foydalanishi mumkin.
Biznes rejani investitsiya jalb qilishga qaratilgan varianti bilan banklar, ta’sischilar va korxona hamkorlari ko‘proq ishlaydi.



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling