O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi


Download 0.69 Mb.
bet61/112
Sana20.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1628793
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   112
Bog'liq
3. Маъруза матни

Muqobil investitsiyalar


Investitsiyalar bitta natijaga erishishning bir nechta muqobil variantlari mavjud bo‘lgan holda yoki qandaydir cheklangan resursning (pul mablag‘laridan tashqari) bitta manbasini ishlatganlarida o‘zaro inkor etuvchi yoki muqobil bo‘lishi mumkin.


Masalan: «Uzsanoatqurilishbank» o‘z filiallarining kompyuter texnikasi bilan ta’minlash vazifasini hal etayotganida, unga turli firmalar o‘zaro muqobil bo‘lgan bir nechta investitsiya loyihalarini taklif qilishgan. Ularni qaysi birini saralash kerak? Bu holatda har bir
tijorat taklif beruvchi boshqalariga nisbatan raqobatda bo‘ladi. “Tashkent sity” dagi “Nestone” binosini turli firmalarga ijaraga berish to‘g‘risidagi taklif ham o‘zaro inkor etuvchi loyihalarga misol bo‘ladi. Resurslar cheklanganligi bilan bog‘liq ko‘pgina iqtisodiy masalalar singari muqobil investitsiya loyihalaridan birini tanlash muammosi ham cheklangan vaqt davomida ro‘y beradi, ya’ni shu vaqt davomida resurslarning yetishmovchiligi muammosini ham hal etish kerak. Masalan: ishlab chiqarish korxonasi oldida yoki bir sexdagi uskunalarni yangilash yoki yangi sex qurish loyihalaridan birini tanlash muammosi shu davr ichida birdaniga ikki loyihani moliyalashtirish imkoniyati yo‘qligi tufayli yuzaga keladi. Quyida muqobil investitsiyalardan birini tanlash jarayonida ro‘y beradigan muammolarni ko‘rib chiqamiz.
Kichik sanoat zonasi uchun quyosh elektr stansiyasini qurish rejalashtirilgan. Unda 3 ta muqobil (A.B.V) variantlarda quyosh elektr stansiyasini qurib berish taklifi olingan. Ishlab chiqarilgan energiyani bir qismini boshqa iste’molchilarga sotilishi va daromad olish rejalashtirilgan. Loyihaning pul tushumlari va investitsiya xarajatlari quyidagi jadvalda berildi:



  1. javdval

Muqobil investitsiya loyihalari va ularning ko‘rsatkichlari





Investitsiya Turlari

Yillik pul tushumlar
(mln. so‘m)

NPV
(mln.
so‘m)

PI

IRR (%)

Yillar

0

1

2

3

4










A

-1000

750

500

0

0

95,04

1,095

18

B

-1000

350

350

350

350

109,45

1,109

15

S

-500

180

180

180

180

70,58

1,141

16

Agar k=10% bo‘lsa, eng yuqori NPV ko‘rinib turibdiki, B variantda ekan, biroq loyiha rentabelligi esa S variantda yuqori, A variantda esa IRR yuqori ko‘rsatkichga ega. Buning asosiy sabablari:



  1. loyihalarning pul tushumlari turlicha qiymatga ega;

  2. investitsiya xarajatlari ham farqli;

  3. loyihaning stikli (davomiyligi) ham farqlidir.

Misol uchun A variantda pul tushumlari 2 yilni tashkil etsa, boshqa variantlarda esa pul tushumlari 4 yilga teng.



    1. Download 0.69 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling