O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi
BEP=FC+Annuity+Depreciation/P-VC
Download 0.69 Mb.
|
3. Маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- A= I/(1+k)
- Investitsiyalarda qaltislik darajasi
- Investitsiyalarda qaltislik darajasini bosqichma-bosqich baholash
- Misol
BEP=FC+Annuity+Depreciation/P-VCZararsizik nuqtasida puldagi ishlab chiqarish hajmi bo‘lib, u hajmda foyda va zarar nolga teng bo‘ladi (3) Depreciation =I/nD- depreciation –investitsiya amortizatsiyasi Misol uchun K=25% n A= I/(1+k)D=I/n Yuqorida keltirgan misolimizni eslab o‘tish kifoya. BEP=FC+Annuity+Depreciation/P-VC = =70 000+235 000+150 000/ (13-4)= $ 50 689 =70 000+235 000+150 000/ (13-4)= $ 50 689 S ales Revenue&cost Sales revenue Loss
Income Total cost (TC=FC+VC) FC Unites of products Investitsiyalarda qaltislik darajasiInvestitsiyalashda qaltis deganda investitsiya daromadlarining ko‘zda tutilgan miqdoridan kamayish holati tushuniladi. Daromad- larning o‘zgarishi shkalasi qanchalik keng bo‘lsa, investistiyalashda qaltislik darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Investitsiyalashda qaltislik manbalari bir-biri bilan juda bog‘liq bo‘lganligi sababli, ularning qaysi biri daromadga qanchalik ta’sir eganligini aniqlash juda mushkul. Investitsiyalashda qaltislikning asosiy turlari: ish bilan bog‘liq qaltislik, moliyaviy bozor tasodifi xavflari, aholining sotib olish qobiliyati bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy xavf, foiz xavfi va bosh- qalar hisoblanadi. Investitsiyalarda qaltislik darajasini bosqichma-bosqich baholashLoyiha amalga kirgunga qadar har xil bosqichlardan o‘tadi. Har bir bosqichda o‘ziga xos qaltislik bo‘lib, ularni bosqichma-bosqich baholash va barchasining yig‘indisini topish kerak. Oldingi mavzulardan ma’lumki, loyiha quyidagi bosqichlardan iborat: loyihani vujudga keltirishdan oldingi, tayyorlash bosqichi; qurilish: inshoot, uskunalar qurish, qurilish uchun zarur bo‘lgan materiallarni sotib olish va ularni montaj qilish; loyiha asosida vujudga keltirilgan obyektni ishga tushurish va uni to‘liq quvvatga olib chiqish hamda shu asosda foyda olish. Hamma hisob-kitoblar ikki martadan, ya’ni: loyihani vujudga keltirish paytida; loyihaning xavfli elementlari aniqlangandan keyin amalga oshiriladi. Har bir ekspertga ehtimolli xavflar ustida chuqur tahlil ishlarini olib borish topshiriladi va ularga quyidagi baholash tizimidan foydalanish tavsiya etiladi: 0 - xavf yo‘q deb qabul qilingan; 25 - xavf asosan yuzaga chiqmaydi; 50 - bu holat hali hech qanday mulohaza yuritishga asos bo‘la olmaydi; 75 - har qalay xavf o‘z kuchini ko‘rsatsa kerak; 100 - xavf yuzaga chiqsa kerak. Ekspertlar baholarining bir-biriga zid kelmasligi quyidagi qoidalarga ko‘ra tahlil qilinadi. 1- qoida: ikkita ekspertning fikri orasidagi farq 50 dan oshishi kerak emas. Max ai-bi 50 Bu yerda: a va v ikkita ekspertning fikri. Agar ekspertlar soni uchta bo‘lsa, birinchi va ikkinchi, birinchi va uchinchi, ikkinchi va uchinchi ekspertlar fikrining natijasi olinadi. Masalan, alohida oddiy xavf bo‘yicha uchta ekspert quyidagicha fikr berdi a-0 , v-25, s-50, bunda av 25; as50; vs25 bu natijalar birinchi qoida talablarini qoniqtiradi. Biznes rejani tuzishda qaltisliklarni aniqlab ularni boshqarish usullarini ham ishonarli ko‘rsatib berish zarur. Qaltisliklarni boshqrishda quyidagi usullardan foydalanish mumkin. Qaltisliklardan qochish. Kichik korxona ayniqsa yangi tashkil etilgan davrda tashqi qaltisliklarga duch kelishi mumkin. Ularni salbiy ta’sir kuchini kamaytirish mumkin bo‘lsa-da, ulardan umuman qutilishni imkoni bo‘lmasa unday qaltisliklardan qochish maqsadga muvofiq. Misol uchun mahsulotga xaridorlarning talabi keskin kamayishi va narxining kamayib ketishi mumkin. U holda mahsulot ishlab chiqarish korxonaning zararini ko‘paytirib yuborishi va korxona butunlay mushkul ahvolga tushib qolishi mumkin. U holda mahsulot ishlab chiqarishni to‘xtatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agarda ushbu muammo uzoq davom etsa biznesdan chiqish, korxonani yopish zarur. Shuning uchun ham korxonalar diversifikatsiya qilish strategiyasi ustida doimo izlanishi zarurdir. Qaltislikni taxmin qilish. Kelajakda korxonaga ma’lum qaltislik tahdid solsa uni oldini olish uchun xususiy moliyaviy imkoniyatlar, zaxira fondlarini tashkil etish mumkin. Agar kutilayotgan zararlar miqdori uncha katta bo‘lmagan hollarda, kichik korxonaning joriy aktivlari zararni qoplashga yetarli bo‘lgan hollarda qaltislikni qarshi qabul qilish mumkin. Biznes rejada qaltislikni oldini olish usulidan foydalanish yangi korxona uchun ma’qul usullardan hisoblanadi. Bu usul quyidagi hollarda qo‘llaniladi:a) zarar yuzaga kelish ehtimoli yuqori. b) Zararni miqdori unchalik katta emas. Misol uchun korxonada texnologik xavfsizlik mavjud, uning oldini olish uchun tegishli xodimlarni o‘qitish zarur bo‘ladi. Zararni kamaytirish. Misol uchun vaziyat qaltis, zarar yuzaga kelish ehtimoli bor. Bunga misol sifatida o‘simlikka zarakunandalar tusha boshladi. Uni oldini olish uchun himoya vositasini qo‘llash kerak. Shunda zararni oldini olish va qaltislikni boshqarish mumkin. Sug‘urtalash. Qaltislikni boshqarishda keng qo‘llaniladigan usullardan biri sug‘urtalash usulidir. Bu holda korxona qaltislikni bir qismini sug‘urta kompaniyasi zimmasiga o‘tkazadi. Sug‘urta kompaniyasi korxona ko‘rgan zararni bir qismini to‘lab beradi. O‘z o‘zini sug‘urta qilish. Buning uchun zararlarni qoplash uchun korxona o‘zining sug‘urta fondini tashkil etadi. MisolKorxona qaltislik darajasini aniqlab uni foizlarda quyidagicha baholadi deylik. Vaqtni yo‘qotilishi – 15% Mulkni yo‘qotish qaltisligi – 50% Pul bilan bog‘liq qaltislik – 40% Ishchi kuchi bilan bog‘liq qaltislik – 10% Sog‘likni saqlash bilan bog‘liq qaltislik – 8% Korxonaning ishonchini yo‘qotish bilan bog‘liq qaltisliklar – 60% Transport qaltisliklari – 15% Fors major bilan bog‘liq qaltisliklar – 40% 23-jadval Investitsiya loyihasining qaltisliklarini analitik holda quyidagicha jadvalda ham aniq ko‘rsatish mumkin:
Ushbu qaltisliklarni kelib chiqish manbalari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: Ma’lumotlarni yetarli darajada emasligi Marketing tadqiqotini malakasiz tashkilot yetkazganligi Raqobatchilarni yetarli darajada baholay olmaganligi Shu mahsulotga talabni pasayib ketishi Fors major qaltisligi Yuqori inflatsiya Ushbu muammolar va qaltisliklarni hal qilishda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish biznes rejada nazarda tutilishi kerak. Barcha kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lish Pul oqimlarini qat’iy nazorat qilish Qisqa muddatli harakat dasturlari. Strategik harakat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish Bozorni muttasil nazorat qilish va o‘rganib borish Qaltisliklarni tarqatish Yuqori aniqlikda maqsad sari harakat qilish Shunday qilib, biznes rejada qaltislikni oldini olish va samarali boshqarish aniq va ishonarli ifodalangan bo‘lishi kerak. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling