O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi


Bino va inshootlar/ishlab chiqarish infrastrukturasini yaratish


Download 0.69 Mb.
bet52/112
Sana20.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1628793
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   112
Bog'liq
3. Маъруза матни

Bino va inshootlar/ishlab chiqarish infrastrukturasini yaratish


Biznes rejaga eng samarali bo‘lgan texnologiyani tanlash lozim. Agar biznes loyiha chet el valutasi hisobiga texnologiya bilan ta’minlanadigan bo‘lsa, unda xalqaro ko‘lamda shu texnologiyani ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida tanlov e’lon qilinadi. Mutaxassislar tilida bunday tanlov tender deb ataladi.


Ishlab chiqarish rejasida eng qulay bo‘lgan texnologiyalar, loyihadan manfaat ko‘rishi mumkin bo‘lgan aholi kontingenti, mahalliy sharoitlar, kapital, xomashyo va ishchi kuchidan foydalanish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi.
Ishlab chiqarish rejasini tuzish uchun quyidagi omillarni hisobga olish kerak:

      1. Texnika va texnologiyani marketing rejasiga monandligi.

      2. Ishlab chiqarish tizimini (sexlar, omborlar, ishlab chiqarish infrastrukturasining inshootlari) muqobil joylashganligi.

      3. Xomashyo, ishchi kuchi va boshqa resurslardan foydalanish imkoniyatlari va ularning yetarliligi.

      4. Mahsulotni sifatining yuqoriligi.

      5. Mahsulot tannarxini maqbulligi va shu tannarxda korxonaning foyda olish imkoniyatlari aniqlanganligi.

      6. Texnologiya quvvati va bozor sig‘imining optimalligi.

      7. Ko‘zda tutilmagan omillarni hisobga olgan holda ishlab chiqarish xarajatlarini qoplanish darajasi.

Ishlab chiqarish sexlari, omborlar va boshqa infrastrukturani optimal joylashtirish xarajatlarini kamaytirish va unumdorlikni oshirishga katta ta’sir etadi. Biznes reja uchun NPV(Net Present Value) sof keltirilgan qiymat ko‘rsatkichini maksimallashtiradigan ishlab chiqarishni joylashuvi eng yaxshi joylashuv deyiladi.
Masalan, sanoat korxonasini xomashyo bazasi yaqiniga yoki boshlang‘ich energiya manbai yaqiniga joylashtirish yoki mahsulot bozori yoniga yoki tegishli infratuzilmaga yaqin joyda joylashtirish mumkin. Har bir variant o‘z afzalliklari va kamchiliklariga ega. Maksimal NPV ni ta’minlaydigan joylashish o‘rnini tanlanishi uchun bu afzalliklar va kamchiliklar baholanishi hamda taqqoslanishi mumkin.
Kichik biznes loyihalarida arzon va yetarli miqdordagi xom - ashyo bilan ta’minlanish loyihaning asosiy shartlaridan biridir. Xom - ashyoning yetarli miqdorda emasligi texnologiyaning quvvatidan past darajada foydalanishga olib keladi.
Texnologiyaning quvvati uni yetkazib beruvchi/qurib ishga tushiruvchi injinering kompaniyalari tomonidan ko‘rsatiladi. Misol uchun bir soatda makaron ishlab chiqarish quvvati yoki bir yillik makaron ishlab chiqarish quvvati sifatida miqdoriy ko‘rsatkichlarda ifodalanadi.
Misol. Kichik makaron ishlab chiqarish texnologiyasining quvvati 200kg/soat. Ikki smenada makaron ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Kunlik ishlab chiqarish quvvati= 200kg*16= 3200 kg. Korxona oyiga 20 kun ishlaydi.
Oylik ishlab chiqarish quvvati=3200kg.* 20= 64 000 kg. Korxona yiliga 10 oy ishlaydi.
Yillik ishlab chiqarish quvvati = 10*64 000 kg.= 640 000 kg. (640tonna).
Marketing tadqiqotlari asosida makaronning narxi 800so`m/kg deb belgilangan. Korxonaning xaridorlari bilan 500 tonnalik shartnoma ham tuzilgan.
Korxonaning umumiy tushumi/daromadi = 500 000kg.* 800 so‘m=400 000 000 so`m. Endi shu mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash kerak.


    1. Download 0.69 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling