O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi


Mahsulotni sotilishini rag‘batlantirish


Download 0.69 Mb.
bet50/112
Sana20.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1628793
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   112
Bog'liq
3. Маъруза матни

Mahsulotni sotilishini rag‘batlantirish


Mahsulotni sotilishini rag‘batlantirish uchun eng avvalo qancha mablag‘ shu maqsadda ishlatilishini bilish kerak. Mahsulotni sotilishini rag‘batlantirish uchun “doimiy xarajatlar” moddasidan foydalanish maqsadga muvofiq. Mahsulotni samarali reklama qilish va sotilishini ta’minlash bu korxonaning investistiya xarajatlaridir. Uni oddiy xarajatlar deb qabul qilish kerak emas. Buning asosiy sababi shundaki, mahsulotni reklama qilish va sotilishini rag‘barlantirish bilan korxonaning foydasi ko‘payadi, hissadorlarning dividendi ko‘payadi. Foydaning ko‘payishi esa korxonaning modernizatsiya qilinishi va ishlab chiqarishni diversifikatsiyasi bilan bog‘liqdir. Agar korxonani siz yangi tashkil qilayotgan bo‘lsangiz alohida moddada mahsulotni reklama qilish va sotilishini rag‘batlantirish ko‘rsatilishi kerak. Korxona barqaror ishlay boshlagach, siz tovar aylanmasidan ma’lum foizni/hissani ajratishingiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.


Reklamani va tovarni xaridorgirlashtirishni kim tashkil etishi hamda kimlarga shu tadbirni qaratilganligi juda muhimdir. Tovarni sotilishini rag‘batlashtirish uchun quydagi chora va tadbirlarga asosiy e’tibor qaratilishi kerak.
Salohiyatli xaridorni aniqlash kerak.(Kim o‘sha xaridor? Qanday aniqlash mumkin? Qanday ularga tovarni yetkazish mumkin kabi savollarga javob izlash kerak bo‘ladi).
Xaridorni aniqlagach, qanday qilib uni tovarga qiziqtirish mumkin? Qanday qilib xaridorni rag‘batlantirish mumkin? Xari- dorning qanday ehtiyojlari mavjud? Sizni tovaringiz shu ehtiyojni qondira oladimi? Bu kabi savollarga javoblar biznes rejaning tarkibiy qismida o‘z javobini topishi lozim.
Mahsulotni sotilishini rag‘batlantirish uchun foydali ekspri- mentlar, sinovlar o‘tkazish maqsadga muvofiq. Buning uchun bir necha usullar mavjud:

  1. Tovarni sotilishi va reklamasi vositasini to‘g‘ri tanlash. Buning uchun nimaga sizning salohiyatli xaridoringiz qiziqishini va undan ma’lumotlar olishi mumkinligini bilishingiz kerak. Ular radio, gazeta, televidenie, maxsus reklama jurnallari, kataloglar, reklama e’lonlari, ko‘rgazmalar, shaxsiy ishontirish va hokazolar. Shulardan qaysi biriga sizning xaridoringiz qiziqadi, kuzatadi va sizni ma’lumotingiz yetib boradi. Bu vositalarni tanlash ma’lum tajriba va ijodkorlikni taqozo etadi.

  2. Promo kompaniyalar o‘tkazish.

  3. Xaridorlarga seminar- treninglar tashkil etish va hokazolar.




    1. Download 0.69 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling