7
Kichik guruhlar va jamoalar psixologiyasi. Bu sohadagi tadqiqot ob
’ektlarida odamlarni
guruhda va yakka holdagi xulq-atvorlarini o`rganish, kichik
guruhlarning psixologik
tuzilishi, ularga ro`y beradigan dinamik jarayonlar (uyushqoqliq, o`zaro moslik va
hokazolar); guruhlardagi peshqadamlik va boshqarish psixologiyasi;
konformizm hodisasi;
jamoalarning shakllanish shartlari, turli guruhlararo munosabatlar. Guruhlardagi kishilar
o`rtasida o`zaro muloqot, o`zaro
bir- biriga ta
’sir usullari, odamlarni samarali muloqotga
o`rgatish ham guruhlar ijtimoiy psixologiyasining muhim vazifasi hisoblanadi.
Ushbu sohani o`rganish tufayli ajralib chiqqan tadbiqiy fan
sohalariga ishlab chiqarish
ijtimoiy psixologiyasi va boshqarish psixologiyasi kiradi.
Shaxsni ijtimoiy psixologik jihatdan o`rganish. Shaxs ijtimoiy
psixologik
tadqiqotlarning ob
’ekti sifatida qaralganda,
avvalo uning xulq-atvori, ijtimoiy motivlari,
uning yo`nalishlari, xulq-atvor normalari, shaxsning jamiyatda turli ijtimoiy rollari, mavqei,
ijtimoiy qo`shilish omillari - ijtimoiylashuvi; shaxsning o`z-o`ziga bahosi,
munosabati,
hurmati hamda ijtimoiy, tarixiy va madaniy shart-sharoitlarning shaxs ongiga ta
’siri, shaxs
tiplari o`rganiladi.
Ommaviy ijtimoiy psixologik hodisalar. Ijtimoiy psixologiyaga ommaviy hodisalar
deganda turli kishilar guruhiga shaxslararo munosabatlar va o`zaro ta
’sir jarayonlari; milliy
etnopsixologiya hamda sinflar
psixologiyasi muammolari; milliy madaniyat, urf-odatlar,
an
’analar, udumlar, aqidalarning
shaxs shakllanishidagi roli, olomon psixologiyasiga oid
psixologik qonuniyatlar; turli guruhlarda odamlarning bir-birini idrok qilishlari va
tushunishlari, o`zaro ta
’sir masalalari tushuniladi. Hozirgi murakkab ijtimoiy hodisalar
sharoitida ommaviy ijtimoiy psixologik qonuniyatlarni bilishning hamda ularni
boshqarishning ahamiyati juda kattadir.
Do'stlaringiz bilan baham: