O zbekiston respublikasi so g L iq n I saqlash


Download 2.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/44
Sana10.11.2023
Hajmi2.12 Mb.
#1763906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44
Bog'liq
Anatomiya 1 jild

Abu Bakr Ar-Roziy (865-925-y.) - buyuk hakim, klinisist, Bag‘- 
dodda shifoxona va uning qoshida tibbiyot maktabi tashkil etgan.
0 ‘rta asrlar (V -X I) da 0 ‘rta Osiyodan ham bir qancha mashhur 
olimlar yetishib chiqdi. Ana shulardan biri har taraflama yetuk olim 
Abu Ali ibn Sinodir (980 - 1037). Yevropada Avitsenna nomi bilan 
mashhur bo ‘lgan bu olim falsafa, matematika, astronomiya, kimyo, 
adabiyot, musiqashunoslik va tibbiyot bilimidan xabardor bo ‘lgan. 
U Buxoro shahri yaqinidagi Afshona qishlog‘ida tug‘ilgan. Dastlabki 
bilimni Buxoroda olgan va 17 yoshidayoq ko‘p fanlami mukammal 
egallagan. Abu Ali Ibn Sino Xorazm va Eronda saroy tabibi b o ‘lib 
xizmat qilgan. Tibbiyot sohasidagi buyuk xizmatlari va kashfiyotlari 
uni butun dunyoga mashhur qilgan. Ibn Sino 450 dan ortiq asar 
yozganligi qayd etilgan, lekin uning 242 tasi bizgacha yetib kelgan. 
Shulardan 43 tasi tabobatga oiddir.
Ibn Sinoning tabobatga oid eng yirik shox asari «Tib qonunlari» 
1012-1023-yillarda yozilgan. U o ‘zining buyuk va o ‘lmas asarida 
tibbiyot sohasidagi barcha m a’lumotlami to ‘plab qolmasdan, o‘z 
kuzatishlari, tekshirishlari va tushunchalari bilan asami boyitgan. 
Kitob besh jildlik bo ‘lib, birinchi jildi anatomiya va fiziologiyaga 
bag‘ishlangan. Kitob turli tillarda 40 marta qayta nashr etildi va 
dunyodagi barcha mamlakatlarda 600 yildan ziyodroq vaqt ichida 
tibbiyot bilim yurtlarida asosiy o ‘quv qo‘llanma b o ‘lib xizmat qilib 
keldi.
Ibn Sino odam organizmini o ‘rganishda uning konstitutsiyasiga 
birinchi bo‘lib e ’tibor berdi. “Tib qonunlari” jildlarida ichki kasal- 
liklar, xururgiya, farmakologiya, gigiyena va tibbiyotning barcha 
sohalari to ‘g‘risida m a’lumot berilgan. «Tib qonunlari» birinchi 
marta 1954—56-yillarda o ‘zbek tilida Toshkentda bosilib chiqqan.
Ibn al Nafis (ХП1 asrda yashagan) birinchi b o ‘lib o ‘pka qon 
aylanish doirasini ochgan.
Anatomiya faniga qiziqish uyg‘onish davrida (XII-XVI asrlar- 
da) Italiyada, keyinchalik Fransiyada ochilgan tibbiyot maktablari-
10


da boshlanadi. Olimlar talabi bilan har besh yilda bir marta murdani 
ochib o ‘rganishga roxsat beriladi. Natijada dunyoda birinchi marta 
aniq m a’lumotlar asosida yozilgan anatomiya darsligi paydo bo‘ldi. 
ХШ asrdan boshlab universitetlarda tibbiyot fakultetlari tashkil etildi.

Download 2.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling