O zbekiston respublikasi so g L iq n I saqlash
secunda) tashqi yuzasida oldingi tishsimon mushak g ‘adir-budurligi (tuberositas musculi serrati anterioris)
Download 2.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Anatomiya 1 jild
secunda) tashqi yuzasida oldingi tishsimon mushak g ‘adir-budurligi
(tuberositas musculi serrati anterioris) bor. Rentgenoanatomiyasi. Ko‘krak qafasini hosil qiluvchi suyak- lardan to‘g‘ri rentgenogrammada faqat qovurg‘alaming soyasi ko‘- rinadi. Qovurg‘alaming soyasi rentgenogrammada qiya yo‘nalgan hoshiya shaklida ko‘rinadi. Qovurg‘alar qiya yo‘nalgani uchun rent genogrammada uning orqa qismi soyasi, oldingi qismi soyasiga qavatlanadi. Shuning uchun rentgenogrammada qovurg‘alar ichida o‘pka to‘qimasi ko‘ringan to‘rtburchak shaklidagi katakchalar hosil qiladi. Qovurg‘aning orqa qismi soyasi gorizontal joylashib, umurt- qadan ko‘krak qafasining lateral chetiga boradi va qovurg‘a o ‘zining bo‘ylama o ‘qi atrofida buralib pastga tushaboshlaydi. Qovurg‘aning oldingi qismi soyasi ko‘krak qafasining lateral chekkasidan bosh- lanadi va pastga qiyshiq yo‘naladi. Uning qavariqligi pastga qaragan. Qovurg‘aning oldingi qismi soyasi o ‘z yo‘nalishida uning orqa qismi soyasini kesib o ‘tadi. Qovurg‘alaming tog‘ay qismi yaxshi ko‘rinmaydi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda 7 juft chin, 2 ju ft soxta va 3 juft yetim qovurg‘alar boiadi. Ulaming qovurg‘asi ikki: suyak va tog‘ay qismlardan iborat. Bu qismlaming bir-biriga nisbati kattalamikiga o ‘xshaydi. Qovurg‘a boshchasi va do‘mboqchasi tog‘aydan iborat. Qovurg‘a bo ‘yinchasi suyak va tog‘ay qismlardan iborat bo‘lib, uning tog‘ay qismi qovurg‘a boshchasi va do‘mboqchasini bir-biri bilan qo‘shib turadi. Qovurg‘aning tanasi yumaloq, qovurg‘a egati va burchagi yaxshi bilinmaydi. Erta bolalik davrida qovurg‘alar o ‘sishi tezlashadi. Uning orqa qismi bo‘yinchasi hisobiga uzayadi. Oldingi qismi tez o ‘sib tanasi 48 yassilanadi va ichkariga qarab buriladi. Bolalikning birinchi davrida qovurg‘a o ‘sishda davom etadi va uning burchagi aniq bilinadi. Bolalikning ikkinchi davrida qovurg‘a boshchasi va do‘mboqchasi uchun ikkilamchi suyak nuqtalari paydo bo‘ladi. U tana bilan 1 8 - 2 5 yoshda birikadi. X qovurg‘a tog‘ayi qovurg‘a ravog‘i bilan qo‘shiladi va bu davrda 7 ju ft chin, 3 juft soxta va 2 juft yetim qovurg‘alar bo ‘ladi. Balog‘at davrida qovurg‘alarning relyefi paydo b o ‘lib, bo‘yincha tog‘ayi yo‘qoladi. Suyak nuqtalari o ‘zaro birikadi. Download 2.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling