O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI YOSHLAR SIYOSATI VA SPORT VAZIRLIGI HUZURIDAGI
YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGINING
SURXONDARYO VILOYATI BANDIXON TUMANI BO‘LIMI
100011, Bandixon t. Bektepa mahallasi 11-uy, tel.: (+998) 99-017-43-95
e-mail: toshpolatov.muxriddin@mail.ru, www.yoshlar.gov.uz, e-xat: yoshlar_agentligi@exat.uz
2023-yil 27-mart 01-21/18-son
Bandixon tumani Oila va xotin-
qizlar bo’limi boshlig’i
I.Mamasolayeva
Hurmatli Intizor Turobovna!
Sizga shuni yozib ma’lum qilamizki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi 92-sonli qaroriga asosan Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tuzilgan. Ushbu qarorga asosan Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasining 2023 yilning birinchi choragi yakuni bo’yicha o‘tkazilgan yig’ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o’rinbosari Q.Q.Kuranbayev hamda Respublika Davlat xavfsizlik xizmati raisi o'rinbosari J.T.Jo‘rayev tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig`ilishida alohida nazoratda turuvchi yoshlarni viloyat hokimi, viloyat sektor rahbarlari, viloyat hokim o’rinbosarlari, viloyat tashkilot rahbarlari, tuman hokimi, tuman sektor rahbarlari, hokim o’rinbosarlariga, Respublika vazirlik va idoralariga biriktirish tizimini yo`lga qo`yish topshirig`i berildi.
Shu munosabat bilan Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasining topshirig’iga binoan alohida nazoratda turuvchi 2 nafar yoshlar sizga biriktirilganligini, yil davomida har bir yosh bilan amalga oshirilgan ishlarni har oyning 25-sanasiga qadar tumanda tashkil etilgan yoshlar shtabiga taqdim etishingiz so‘raladi.
Izoh:(Taqdim etilgan hujjatlar Davlat xavfsizlik xizmatiga taqdim etib boriladi).
Ilova:(1-varoq)
Bo‘lim boshlig‘i O.Eshpo‘latov
Baj:M.Toshpo’latov
93-717-43-95
Do'stlaringiz bilan baham: |