«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»
O’ZBEKISTONDA MUSTAQIL TURIZMNI TASHKIL ETISHNING O‘ZIGA XOS
Download 4.24 Mb. Pdf ko'rish
|
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar”
O’ZBEKISTONDA MUSTAQIL TURIZMNI TASHKIL ETISHNING O‘ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI VA HOZIRGI HOLATI Ibragimov Nutfillo Salimovich “Turizm va mehmonxona xo‘jaligi” kafedrasi mudiri, i.f.d., prof., Yuldashev Kamol Sharifovich “Ipak Yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti doktoranti, Turizm va mehmonxona xo‘jaligi kafedrasi o‘qituvchisi Hozirgi vaqtda pandemiyadan keyin mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirish maqsadida yangi turistik yo‘nalishlarni tashkil etishga zarurat tug‘ilmoqda. Global miqyosda mustaqil ravishda sayohatni “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar” 60 tashkil etadigan sayyohlar sonining barqaror o‘sish tendentsiyasi kuzatilmoqda. Sayohatchilar uyushtirilgan tur mahsulotini tanlashdan ko‘ra, o‘zlarining sayohatlarini mustaqil tashkil qilishni afzal ko‘rishmoqda. O‘zbekistonda turizm industriyasining rang-barangligi va jozibadorligini oshirish, turistik yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, turizm sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlarining o‘z xizamatlarini to‘g‘ridan – to‘g‘ri sotish imkoniyatlarini kengaytirish vaqti keldi. Bugungi kunda mustaqil turizmni tashkil etish texnologiyasi sezilarli o‘zgarishlarga duch kelmoqda ammo, mamlakatdagi aksariyat turlar, sayyohlik agentliklari orqali dam olishni tashkil etish tizimi ma’lum ustuvor pozitsiyalarga ega bo‘lmoqda. Biroq, zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi hozirgi vaqtda mustaqil turizm kategoriyasiga mansub sayyohlar uchun imkoniyatlar chegarasini kengaytirmoqda. Xorijiy sayohatchilar o‘z tur yo‘nalishlarini tuzishda barcha xizmatlarni internet orqali birma-bir mustaqil tanlash imkoniyatiga ega. Jahon miqyosida sayohatni mustaqil uyushgan turistlar sonining barqaror o’sish tendensiyasi kuzatilmoqda. 2022-yil boshida Boooking.com elektron band qilish platformasi sayti bergan ma’lumotlariga ko‘ra, pandemyadan oldingi davrda 14% sayohatchilar yakka tartibda sayohat qilishgan. Ammo pandemiyadan keying davrda 2021-yilning o‘rtalariga kelib, ularning soni 23% ni tashkil etgan [1]. 2021-yil dekabr oyida booking.com sahifasidan 346.6 million kishi foydalanishgan bo‘lsa, 2022-yil avgust oyiga kelib, ularning soni 677.9 millon kishini tashkil etgan [2]. Bu borada mamlakatmizda mavjud bo‘lgan turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish, mustaqil sayyohlar oqimini oshirish maqsadida rahbariyat tomonidan ko‘plab o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Birgina viza siyosatining 86 ta mamlakat uchun yengillashtirilishi bunga misol bo‘la oladi. Bu bilan mustaqil sayohatchilar O‘zbekistonga istalgan vaqtda vizasiz tashrif buyurishiga imkon yaratadi. Ushbu yangi segment haqida 18.07.2019-yildagi O‘RQ-549-son Turizm to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasining qonuni, Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 16-aprelda qabul qilingan va Senat tomonidan 2019-yil 21-iyunda ma’qullangan qonunida mustaqil turizm atamasi haqida 3-modda asosiy tushunchlarda ta’kidlab o‘tilgan. Unda, mustaqil turizm – turistlar tomonidan turoperatorlar va turagentlar ishtirokisiz mustaqil ravishda tashkil etiladigan sayohatdir deb ta’kidlab o‘tilgan [3]. Oxirgi yillarda mamlakat katta hajmdagi xorijiy sayyohlarni qabul qilishda ko‘pgina muammolarga duch kelgan. Joylashtirish vositalarining tanqisligini eng avvalo misol qilib ko‘rsatsa bo‘ladi. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va Madaniy meros vazirligi sahifasida bergan statistik ma’lumotiga ko‘ra 01.01.2019- yilga qadar joylashtirish vositalarining soni 914 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilga kelib, ularning soni deyarli 5 baravarga oshirildi [4]. Download 4.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling