«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»
Download 4.24 Mb. Pdf ko'rish
|
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C
Ключевые слова: система высшего образования, высшие образователные учреждения,
рейтинг высшего образователного учреждения, конкурентоспособност, критерий, задачи, управление, знания, квалификация, финансовая независимост, учения степен, ученое звание, показател, академическая независимост Abstract. In the article, among the task defined in the Concept of the Development of the Higher Education System of the Republic of Uzbekistan until 2030, the issues of increasing the coverage level with higher education to 50-60%, improving the quality of education, increasing the scientific potential of pedagogic staff, providing employment to graduates based on the rational organization of the admission process in higher education institutions are researched. Since these factors are related to the rating of higher education institutions, the article contains opinions on increasing the rating of higher education institutions. Keywords: higher education system, higher educational institutions, higher educational institution rating, competitiveness, criterion, tasks, management, knowledge, qualification, financial independence, academic degree, academic title, indicator, academic independence O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni talablariga muvofiq tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasida oliy ta’lim tizimining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda tanilishi, va raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadi ko‘zda tutilgan. Respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish, bunda mazkur oliy ta’lim muassasalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish vazifalari belgilangan. Bundan tashqari, mazkur Konsepsiyaning mantiqiy davomi sifatida amaldagi me’yoriy hujjat talablariga muvofiq, oliy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingi nufuzini oshirish maqsadida: milliy reytingda so‘nggi 3 yil davomida doimiy ravishda birinchi 3 ta o‘rindan birini egallab kelayotgan oliy ta’lim tashkilotlariga oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash bo‘yicha akademik va moliyaviy mustaqillik berish, mustaqillik mezonlari Yevropa universitetlari assotsiatsiyasi standartlariga muvofiq qabul qilinishi; milliy reytingda birinchi 10 ta o‘rindan birini egallagan oliy ta’lim tashkilotiga mavjud ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy unvonlarni mustaqil berish vakolatini berilishi belgilangan. Shuningdek, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va tizimida oliy ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralarga 2021-yil 1-fevralga qadar 2030-yilgacha xalqaro reytinglarda 2 ta oliy ta’lim tashkilotini – birinchi 500 ta o‘rindagi, 8 ta oliy ta’lim tashkilotini – birinchi 1000 ta o‘rindagi oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatiga kiritish uchun tegishincha “2+500” va “8+1000” loyihalarini ishlab chiqish vazifasi topshirilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6108-son Farmonida oliy ta’lim sohasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-sentabrga qadar har bir hududda nodavlat, jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida kamida bittadan oliy ta’lim tashkilotini tashkil qilish vazifasi yuklatilgan. Oliy ta’lim muassasalarining mavzuga oid muammolari va ularni tizimli bartaraf etish, muassasalarda oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oqilona tashkil etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, muassasalar reytingi, imiji, mavqei, jozibadorligi va raqobatbardoshligini oshirish, professor- o‘qituvchilarni ilmiy-pedagogik salohiyatini va bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalalari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling