yilgacha idora qildi. 1756-yildan boshlab Buxoro xonligi endilikda Buxoro amirligi deb ataladigan bo‘ldi.
****Amir Muhammad Rahim markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslikka urinayotgan qabilalarni yashab turgan
joyidan ko'chirtirib yuborish amaliyotini ham qo’lladi.
****Muhammad Rahim vafotidan so‘ng uning amakisi Doniyolbiy otaliq hokimiyatni o‘z qo’lga oldi (1758-
1785). Barcha mang‘it beklariga katta yer-mulkni tanho qilib berdi.
****Uning davrida Balx, Hisor, Ko‘lob, O‘ratepa viloyatlarining mustaqillikka intilishlari kuchaydi.
**** Doniyolbiy shunday sharoitda taxtni o‘g‘li Shohmurodga (1785-1800) topshirdi.
****Shohmurod darveshona hayot kcchirar, shayx maslahati bilan bozorda yuk tashuvchilik qilardi. Keyin esa
pichoqqa qin yasab sotib, shu orqali ro‘zg‘or tebratdi. Amir Shohmurod yoshligidan xudojo‘y, porso (pokiza)
bo’lib o‘sdi. Madrasani bitirib, darveshlik jamoasi targ‘ibotchisidan biriga aylandi. Xalq uni hurmat bilan „amiri
ma’sum" (begunoh amir) deb atadi.
****1)Buxoro aholisiga Tarxon yorlig‘i yozib berdi. Unga ko‘ra, aholi savdo daromadidan to‘laydigan boj
solig’idan ozod etildi.
****2) Asosiy soliq - xiroj miqdori kamaytirildi.
****3)Shuningdek, urush kelib chiqqanida qo‘shinning xarajati uchun - jul deb ataluvchi yangi soliq joriy etildi.
****4)Zarafshon vodiysida, Amudaryo va Qashqadaryo vohalarida sug‘orish tizimlarini qayta tiklatdi.
****5)Rais (muhtasib) va qozi askar (harbiy sud) mansablarining nufuzini yanada orttirdi.
****6)Ashtarxoniylar davrida zarb qilingan tangalarda kumush miqdori kamaytirib yuborilgan edi. Islohotga
ko‘ra, sof kumush tanga muomalaga kiritildi. Shuningdek, kimda kumush bo’lsa, zarbxonaga kelib undan pul
zarb ettirib olishiga ruxsat etildi. Bu kumush chayqovchiligining oldini oldi.
****Shohmurod faoliyati haqida Ahmad Donish shunday yozgan edi: „ U amirlik qalamini kambag‘allik kiyimi
bilan bezadi. Jahon bog'idan dushmanlik va yomonlikni tomiri bilan sug'urib tashladi va adolat nihollarini
o‘tqazdi“.
Do'stlaringiz bilan baham: |