Образец листа A4 с рамкой и большим штампом гост


Sheyelit konsentratini parchalash texnologiyasi


Download 0.67 Mb.
bet8/12
Sana20.03.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1285071
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
ABBOSJON

1.6 Sheyelit konsentratini parchalash texnologiyasi
Ko‘pchilik sanoat korxonalarida sheyelit konsentratini parchalash orqali volfram olinadi. Bunda quyidagi texnologik usullar qo'llaniladi:
soda bilan parchalash,
sodaning suvli eritmasi
avtoklavda parchalash va kislotalar bilan parchalash
Bunda biz soda bilan parchalash texnologiyasini ko’rib chiqamiz Soda bilan parchalash texnologiyasi. Bu jarayon quyidagi reaksiya asosida olib boriladi:
CaWOqattiq+ Na,2CO suyuq = Na2,WO4, + CaCO3
Bu reaksiya to‘liq oxirigacha borishi reaksiyaning muvozanat konstantasiga bog‘liq, ya’ni jarayon 20°C haroratda [Na2CO3]/ [Na2WO4]=0,78 ga teng bo‘lib, jarayon davomida to'liq sheyelit konsentratini parchalash uchun, ya’ni 294 g Na2W 04 hosil qilish uchun reaksiya bo‘yicha 106 gr Na2CO3 olish kerak. Lekin jarayonni oxiriga yetkazish uchun eritmada ko‘p miqdorda soda [Na2CO3]/294=0,78 yoki [Na2,CO3]=0,78-294=230 gr kerak bo‘ladi. Shunga ko‘ra reaksiya to‘liq borishi uchun sodaning umumiy miqdori 230+106=336 grammni tashkil qilishi kerak. Bu sodani stexeometrik jihatdan 3,17 marta ko‘p sarflanishini ko‘rsatadi. Shuning uchun bu jarayonda soda minimal qiymatidan ko‘proq olinishi kerak. Bu reaksiyada cho'ktirish jarayonini to'liq olib borish uchun ma’lum miqdorda kvars qumi hamda qisman chiqindilardan qo'shish lozim. Unda shixtada kechadigan jarayon quyidagi reaksiyalar ko‘rinishida bo'ladi:
CaWO4 + Na2CO2 + SiO2 = Na2WO4 + CaSiO,3 + CO2
Bu reaksiya ikki bosqichda boradi, ya’ni:
Na2C03 + Si02 = Na2Si03 + CO2
CaW04 + Na2Si03 = Na2W04 + CaSi03
Ko‘rinib turibdiki, sheyelitni sodali parchalashda shixtaning tarkibi maydalangan sheyelit konsentrati 50—100% miqdorda ko‘p bo‘lgan Na2C03 kvars qumi va chiqindilardan iborat bo‘lishi kerak Demak, bu texnologik jarayonda ko‘p miqdorda soda sarflashga to‘g‘ri keladi. Bu esa olingan mahsulot tannarxiga ta’sir qiladi. Shuning uchun hozirgi vaqtda sheyelit konsentratini parchalashda boshqa usullardan foydalaniladi. Bu texnologik jarayon quyidagi 2- chizma orqali amalga oshiriladi va unda ushbu reaksiya sodir etadi:
Ca2WO4qattiq + Na2CO3 eritm aNa2WO4 eritma+ CaCO3

Sodaning suvli eritmasi bilan avtoklavda parchalash texnologiyasi



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling